Minorai Kalon haqida ma’lumotlar Buxoroda joylashgan me’moriy yodgorlik. Arslonxon buyrug’I bilan me’mor Baqo loyihasi asosida 1127-yilda qurilgan. Minori kalon o’rnida oldin ham minora bo’lgan, u qulab tushgandan keyin hozirgisi mustahkam qilib qurilgan. Oradan bir asr o’tib, 1220-yilda Chingizxon bosqinidan Buxorodagi atigi 2 ta inshoot saqlanib qolgan. Buxoroda joylashgan me’moriy yodgorlik. Arslonxon buyrug’I bilan me’mor Baqo loyihasi asosida 1127-yilda qurilgan. Minori kalon o’rnida oldin ham minora bo’lgan, u qulab tushgandan keyin hozirgisi mustahkam qilib qurilgan. Oradan bir asr o’tib, 1220-yilda Chingizxon bosqinidan Buxorodagi atigi 2 ta inshoot saqlanib qolgan. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Yer sathidan 9 metr chuqurlikda, balandligi 50 metr, kursisi qirrador, tepasi gumbazli davra qafasa-ko’shk bilan bog’langan, tanasi esa g’o’lasimon. Minora yuqoriga torayib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalardan kuzatish mumkin. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Yer sathidan 9 metr chuqurlikda, balandligi 50 metr, kursisi qirrador, tepasi gumbazli davra qafasa-ko’shk bilan bog’langan, tanasi esa g’o’lasimon. Minora yuqoriga torayib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalardan kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 pilpoya aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi kalon tomonidan minoraga o’tiladigan. Ko’prikcha bo’lgan. Minorai Kalon masjidining tomi bilan kichik ko’prik orqali bog’langan. Bu minoraning qo’nish joyiga kirish, 105 qadam yuqori. G’ishtdan yasalgan zinapoya yuqoriga ko’tarilib, minora diametri 9 metrdan 6metrgacha bo’lgan sayin asta sekin torayib boradi. Tepaga minora ichidagi 104 pilpoya aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi kalon tomonidan minoraga o’tiladigan. Ko’prikcha bo’lgan. Minorai Kalon masjidining tomi bilan kichik ko’prik orqali bog’langan. Bu minoraning qo’nish joyiga kirish, 105 qadam yuqori. G’ishtdan yasalgan zinapoya yuqoriga ko’tarilib, minora diametri 9 metrdan 6metrgacha bo’lgan sayin asta sekin torayib boradi. Minorai Kalonning o’zagi ham, bezagi ham chorsi g’isht ya’ni o’lchami 27x27x4x5sm bo’lgan ganchxok loyida terilgan. Bezak g’ishti o’rniga qarab turli shaklda, sirtqi silliq pardozlangan. Ustma-ust joylashgan turli xil handasiy shakldagi bezakli halqalari g’ishtin dandanalar bilan hoshiyalangan. Bezaklar orasida tarixiy va diniy mazmundagi ko’fiy yozuvlar uchraydi. Muqarnas ostidagi moviy rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasiy shaklda bezatilgan. Hozirgi kalon minorasi 8 burchakli asosda joylashgan. Minorai Kalonning o’zagi ham, bezagi ham chorsi g’isht ya’ni o’lchami 27x27x4x5sm bo’lgan ganchxok loyida terilgan. Bezak g’ishti o’rniga qarab turli shaklda, sirtqi silliq pardozlangan. Ustma-ust joylashgan turli xil handasiy shakldagi bezakli halqalari g’ishtin dandanalar bilan hoshiyalangan. Bezaklar orasida tarixiy va diniy mazmundagi ko’fiy yozuvlar uchraydi. Muqarnas ostidagi moviy rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasiy shaklda bezatilgan. Hozirgi kalon minorasi 8 burchakli asosda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |