Milliy tiklanish



Download 32 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi32 Kb.
#20102
O’zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifatni yanada chuqurlashtirishni milliy tiklanish jarayonida butun jamiyat va davlatning muhim vazifasi deb hisoblaydi. Partiya ushbu fundamental vazifaning hal etilishi jamiyatda va inson salohiyatining rivojlanishida tub o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini berishiga ishonch bildiradi. Shu munosabat bilan milliy g'ururni mustahkamlash partiyaning muhim vazifasiga aylanmog'i kerak. Bu - aholining katta qismi, shu jumladan yoshlar qalbidan joy olgan va undan huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurish ishida foydalanish lozim bo’lgan buyuk tuyg'udir. 
          Partiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asosini milliy g'oya tashkil etishi to’g'risidagi konsepsiyani har tomonlama qo’llab-quvvatlaydi. Partiya milliy g'oya asosida va buyuk kelajak yo’lida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning birlashishiga, fuqarolarni vatanparvar va o’z mamlakatining taqdiri uchun mas’ul bo’lishga undashga har tomonlama ko’maklashadi. 
          Shu munosabat bilan partiya vatanparvarlik bugungi kunda - nafaqat mamlakatni tashqi dushmanlardan himoya qilishiga ichki jihatdan shay turishgina emas, shu bilan birga salbiy ijtimoiy hodisalar, ijtimoiy illatlar bilan kurashishga chuqur tushunib etilgan tarzda qaror qilganlik hamdir, degan konsepsiyani har tomonlama qo’llab-quvvatlaydi. Haqiqiy vatanparvar birinchi navbatda butun xalq farovonligi haqida o’ylashi lozim. Shuningdek adolatli huquqiy davlat jamiyatda vatanparvarlikni mafkuraviy jihatdan asoslab berishga hamda insonda olijanoblik va yuqori axloqiy his-tuyg'ularni jo’sh urishiga xizmat qiladi. Vatanparvarlar nafaqat jamiyat va davlatning xavfsizligini himoya qilishi, balki xalqning farovonligi haqida ham qayg'urishlari lozim, bu ijtimoiy siyosatning samaradorligiga hamda turmushning yuqori darajasi, sifati va uzviyligini, jamiyatning muhtoj qatlamlarini aniq maqsadli qo’llab-quvvatlashni ta’minlash kabi moddiy omillarga bog'liq. 
          Partiya, shuningdek O’zbekiston singari ko’p millatli mamlakatda milliy g'oya ijtimoiy va millatlararo totuvlikni mustahkamlashda asosiy yo’nalishga aylanishi, jamiyat va davlat qurilishida ishonchli poydevor bo’lib xizmat qilishi lozimligini uqtiradi. U birinchi galda, omma ongida mustahkamlanishi, ayniqsa, yoshlar muhitini qamrab olishi va, pirovardida, aholining barcha vatanparvarlik kayfiyatidagi qatlamlarini o’z tomoniga og'dirishi lozim. 
          Aynan milliy g'oyaning zafar quchishi O’zbekistonning milliy va ijtimoiy yaxlitligini saqlab qolish, uning jahon siyosiy va iqtisodiy makondagi o’rni va maqomini mustahkamlash imkoniyatini kengaytiradi. Ushbu jarayonlar O’zbekistonda milliy tiklanishga ko’maklashishiga partiyaning ishonchi komil. 
          Xalqimizning milliy o’zligi asrlar mobaynida shakllandi va hamma vaqt adolatning fundamental g'oyalariga, ezgulik, mehr-muruvvat va shafqat g'oyalariga xizmat qilishga tayandi. Hozirgi sharoitda jamiyat, davlat va qonun ushbu jihatlarni inson huquqlarining hozirgi tushunchasiga monand uyg'unlashtirishi lozim. Bu esa milliy tiklanish g'oyasi O’zbekiston xalqining milliy o’ziga xosligi va madaniyatini saqlab qolish hamda yanada rivojlantirish, O’zbekistonning kelajakka kirib borish strategiyasini amalga oshirish uchun real imkoniyatlar yaratgan holda taraqqiyotning qudratli vositasiga aylanishi uchun xizmat qiladi.
Bizning tushunchamizda milliy tiklanishning bosh prinsipi - bu an’analar va taraqqiyotning birdamlik prinsipidir. Qarama-qarshi qo’yish emas, aynan birlik. 
          Biz milliy tiklanishning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil qiluvchi millatning o’ziga xos ijtimoiy-madaniy jihatlarimizni saqlab qolishga intilishimiz lozim. Shu bilan bir qatorda shuni yodda tutishimiz zarurki, milliy tiklanish jarayonlari nafaqat o’zbeklar ichida, balki bir vaqtning o’zida o’zini, o’zining etnik madaniy asoslarini anglashning faol jarayonlari O’zbekistonda yashovchi boshqa millatlar vakillari ichida ham kechmoqda. 
          Partiya O’zbekistonning barcha elatlarining milliy-ma’naviy jihatdan yanada tiklanishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratishni o’z majburiyati deb hisoblaydi, chunki ularning har biri bizning umummilliy va jahon madaniyatini boyituvchi jihatlarni o’zida mujassam etgan. Partiya shuni chuqur anglab yetadiki, o’z millatiga, umumiy Vatanimiz - mustaqil O’zbekistonga muhabbat va kelajak uchun mas’uliyat sa’y-harakatlarni umumiy vazifalarni hal etish yo’lida birlashtirishni kafolatlaydi, bizning millatni ko’tarish borasidagi harakatlarimizga mazmun-ma’no bahsh etadi. 
          O’zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi, boshqa partiyalardan farqli o’laroq, milliy g'urur va sha’n tuyg'usini mustahkamlagan holda, xalqimizda milliy o’zlikni anglashni o’stirish masalalariga hamma vaqt katta e’tibor qaratadi. "Biz kimmiz? Bizning ajdodlarimiz kim? Bizning millatimiz nima hisobidan yuksaldi va butun jahonga mashhur bo’ldi? Bugungi kunda jahon arenasiga chiqish uchun qanday imkoniyatlar mavjud? Biz kelajagi buyuk davlatni qurishni istar ekanmiz, u holda buning uchun qanaqa hayotiy shart-sharoitlar mavjud?" kabi savollar hamma vaqt O’zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining diqqat markazida bo’ladi. 
          Bunda partiya ma’naviy madaniyatning umuminsoniy mazmuni rivojlangan milliy shakllarga asoslanadi, shuning uchun milliy tiklanish butun xalq ma’naviyatining tiklanishidir deb hisoblaydi.
Partiya O’zbekiston xalqlari an’anaviy qadriyatlarining ma’naviy-axloqiy ahamiyatini tushunish bilan bir qatorda, mamlakatni izchil va jadal rivojlantirishning dolzarb vazifalarini zamonaviy taraqqiyot yutuqlaridan foydalanmasdan turib, intellektual oshkoraliksiz, jahon fani va ta’limi tizimlari bilan ijodiy integratsiyasiz hal etib bo’lmaydi deb hisoblaydi. 
          Partiya milliy-ma’naviy tiklanish jarayonlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlab, ularda faol ishtirok etgan holda quyidagilar tarafdoridir:
- faol ma’naviy-ma’rifiy va xayriya faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- O’zbekiston shaharlarining madaniy yodgorliklarini, tarixiy qiyofasini muhofaza qilish, tarixiy inshootlar va me’moriy yodgorliklarni saqlash hamda restavratsiya qilish;
- milliy davlatchiligimizning minglab yillik tarihini, shuningdek uning asosida tiklangan yangi o’zbek davlatchiligini rivojlantirishning hozirgi prinsiplarini chuqur o’rganish va tahlil qilish, jamiyatni yangilash va mamlakatni modernizatsiya qilishning asosiy maqsadlarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash, ajdodlarimizning jahon ilmiy tafakkurining rivojlanishiga qo’shgan bebaho hissasini anglab etish, ular tomonidan yaratilgan huquqiy ta’limotdan zarur bilimlarni olish;
- O’zbekiston xalqlarining tarixi, falsafasi, ma’naviy-ma’rifiy merosi bo’yicha kitoblar nashr qilishni rivojlantirish, bunday nashrlarni targ'ib qilish va ularni turli tillarda tarqatish;
- O’zbekistonda yashovchi turli millatlar va etnik guruhlar vakillarining o’z milliy-madaniy o’ziga xosligini saqlashga bo’lgan intilishlarini qo’llab-quvvatlash;
Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish