Milliy istiqlol g`oyasi fanidan ma'ruza matnlari



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana02.10.2019
Hajmi1 Mb.
#22869
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi fanidan maruza matnlari


O`zbеkiston Rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi  
Navoiy davlat pеdagogika instituti  
Tarix fakultеti  
«Milliy istiqlol g`oyasi, huquq va ma'naviyat asoslari»  
kafеdrasi 
 
 
MILLIY ISTIQLOL G`OYASI  
FANIDAN 
 
MA'RUZA MATNLARI 
 
 
 
 
O`qit. Daminov N. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Navoiy - 2010 
 

 

 
 
 
 
Mas'ul muxarrir: 
 
prof. S.Inoyatov 
 
 
 
Tuzuvchi:   
 
 
ukit. N.Daminov 
 
Takrizchi:   
 
 
ukit. N.Sharipova  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ushbu ma'ruza matnlari “Milliy istiqlol g`oyasi, huquq va ma'naviyat 
asoslari”  kafеdrasining  2009  yil  2  sеntyabrdagi  1-sonli  yig`ilishida 
tasdiqlandi va nashrga taviya qilindi.   
 
 

 

 
SO`Z BOSHI  
 
Biz  o`rganishga  kirishayotgan  “Milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy 
tushuncha va tamoyillar” – mustaqillik yillarida shakllangan yangi fandir. 
Bu  fan  ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  barpo  etayotgan 
xalqimizning  maqsad-muddaolari  va  orzu-intilishlarini,  bir  so`z  bilan 
aytganda, 
jamiyatimizning 
shakllanib 
kelayotgan 
milliy 
istiqlol 
g’oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini o`rgatadi. 
Mazkur  kitob  Prezident  Islom  Karimov  asarlari  asosida  tayyorlangan 
“Milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar”  risolasiga 
tayangan  holda  yozildi.  Ushbu  ma`ruza  matnlari  to`plamida  risolada  ban 
qilingan  tushuncha  va  tamoillar  ancha  keng  yoritilgan.  Mulohazalarning 
mantiqiy davomiyligini ta`minlash maqsadida risolaning zarur o`rinlaridan 
olingan fikrlari kursiv bilan ajratilib, yoritilayotgan mavzu mohiyatini ana 
shu iqtiboslar asosida sharhlashga harakat qilindi.  
Milliy  istiqlol  g’oyasi  jamiyatimiz  taraqqiyotining  mafkuraviy 
tamoyillarini  ifoda  etadi.  Shu  ma`noda,  bu  g’oya  mamlakatimiz 
mustaqilligini  mustahkamlash,  yurtimizda  ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va 
farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan mafkura to`g’risidagi yaxlit 
va  izchil  ta`limotdir.  Bu  ta`limot  o`z  tushuncha  va  tamoyillariga,  tarixiy 
negizlari, ilmiy, falsafiy, dunyoviy va diniy ildizlariga ega muayyan tarixiy 
zarurat  mujassam  bo`lgan  nazariya  hamdir.  U  aynan  shunday  nazariya 
sifatida  ijtimoiy  voqelikning  ifodasi  tarzida  namoyon  bo`ladi.  O`ziga  xos 
shakllanish  qonuniyatlari  va  xususiyatlariga  ega  umummilliy  hodisa 
hisoblanadi. 
Milliy  istiqlol  g’oyasining  asosiy  tushuncha  va  tamoyillarini 
o`rgatishda quyidagilarga alohida e`tibor berish zarur:  
-o`quv  mashg’ulotlarini  olib  borishda  talabalarning  yoshi,  tafakkuri, 
dunyoqarashi va qiziqishlarini hisobga olish; 
- ta`lim-tarbiyaning ilg’or, ta`sirchan vositalaridan, zamonaviy o`qitish 
texnologiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish;  
-  ayrim  tushunchalarni  haddan  ziyod  soddalashtirish,  ta`limning 
eskicha uslub va tamoyillarini qo`llash natijasida fanning qadrsizlanishiga 
yo`l qo`ymaslik; 
-  ta`lim  jarayonida  tazyi  o`tkazmasdan  ma`rifiy  asosda  ish  tutish, 
yoshlarning  mustaqil  va  erkin  fikrlash,  bahs-munozara  yuritish 
ko`nikmalarini oshirishga e`tibor qaratish; 

 

- o`qituvchi va tinglovchilar o`rtasida o`zaro hamfikrlik va hamkorlik 
muhitini shakllantirish, mavzuning tushuncha va tamoyillarini sharhlashda 
hayotiy  misollar,  bugungi  dunyoda  ro`y  berayotgan  voqealar  tahlilidan, 
matbuot materiallaridan keng foydalanish; 
-  yoshlarga  g’oyalar  o`z  ma`no-mohitiga  ko`ra  bunyodkor  yoki 
vayronkor  bo`lishi  haqidagi  hayotiy  va  haqqoniy  tasavvurlarni 
shakllantirish; 
-  milliy  istiqlol  g’oyasining  insonparvarlik  mohiyatini  ko`rsatish 
asosida mustaqillik biz uchun eng oliy qadriyat, uni asrab-avaylash esa har 
birimizning  muqaddas  burchimiz  ekanini  talabalarning  qalbi  va  ongiga 
singdirish. 
Milliy  istiqlol  g’oyasiyurtimizda  yashaydigan  har  bir  millat,  ijtimoiy 
guruh,  din,  partiya  yoki  qatlam  vakili  uchun  umumiy  mezondir.  Shu 
ma`noda,  u  130  dan  ziyod  millat  vakillaridan  tashkil  topgan  O`zbekiston 
xalqining, 
mustaqillikni 
mustahkamlash 
yo`lidan 
borayotgan 
jamiyatimizning  umumiy  g’oyasidir.  Jahon  hamjamiyatining  mustaqil 
a`zosi  va  tarkibiy  qismi  bo`lgan  O`zbekistonni,  milliy  davlatchilik 
an`analarimizni  asrab-avaylash,  mamlakatimiz  sarhadlari  yaxlitligi  va 
xavfsizligini  ta`minlash  hamda  fuqarolarimizda  yot  va  begona  g’oyalarga 
qarshi  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirish,  ularni  erkin  fuqarolik 
jamiyati  barpo  etish  yo`lida  birlashtirish.  Vatan  ravnaqi,  yurt  tinchligi  va 
xalq  farovonligi  ishiga  safarbar  etish  bu  g’oyaning  asosiy  maqsad  va 
vazifasidir.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

 
 
1-MAVZU: “MILLIY ISTIQLOL G’OYaSI” FANINING 
PREDMETI MAQSADI VA VAZIFALARI 
REJA:  
 
1.  Milliy istiqlol g’oyasini o`rganishning ob`ektiv zarurati. 
2.  Fanning predmeti, ob`ekti, maqsadi va vazifalari. 
3.  Milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushunchalari. 
4.  Milliy istiqlol g’oyasining turli xil fikr-g’oyalarga munosabati, ijtimoiy-
ma`naviy hayotda aks etishi.  
5.  Milliy istiqlol g’oyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi va uni 
o`rganishning ahamiyati.  
 
1.  Milliy istiqlol g’oyasini o`rganishning ob`ektiv zarurati. 
Mustaqillik  tufayli  O`zbekiston  xalqi  o`zini  milliy-ma`naviy 
yangilanishida  milliy  istiqlol  g’oyasiga  tayanishga  alohida  e`tibor  berdi. 
Mustabid  tuzum  davrida  amal  qilib  kelingan,  xalqimizning  milliy-
ma`naviy ruhiyatiga tamomila zid bo`lgan “Kommunistik g’oya” dan voz 
kechildi. O`zbekiston xalqi o`z milliy g’oyasini negizlariga tayangan holda 
rivojlanish yo`lini tanladi. Uning o`ziga xos sabablari mavjud. Ular asosan 
quyidagilardan iborat; 
Birinchidan.  Mustaqillik  tufayli  mamlakatimiz  xalqi  o`ziga  xos  va 
mos  rivojlanish  yo`lini  tanlash  huquqiga  ega  bo`ldi.  Bu  esa  xalqimizning 
tarixan qaror topgan milliy – madaniy meroslarini, qadriyatlarini ma`naviy 
–  ruhiy  olamini  qayta  tiklagan  holda  o`z  kelajagini  ko`rish  va  qurish 
imkoniyatini berdi.  

 

Ikkinchidan.  “mustabid”  tatalitar  tuzum  davrida  jamiyat  qurilishning 
g’oyaviy  asosi  bo`lgan  kommunistik  mafkura    targ’ibotchilari 
mamlakatimiz 
xalqlari, 
xususan, 
O`zbek 
xalqi 
turmush 
tarzi, 
dunyoqarashi,  tarixi,  urf-odatlari,  an`analari  va  milliy  xususiyatlarini 
hisobga olmasdan bizga begona va yot bo`lgan qadriyatlarini, maqsadlarini 
singdirishga urinib kelgan.  
Buning  asoratlaridan  xalos  bo`lishga  qaratilgan  ma`naviy  ehtiyoj 
mavjud. 
Uchinchidan.  Ma`lumki  har  qanday  davlat  yoxud  jamiyat  maqsadsiz 
yashay  olmaydi.  Urivojlanish  uchun  ma`naviy  asoslarni  belgilab  oladi. 
Tarixiy maqsad xalqning milliy-ma`naviy g’oyalarida o`z ifodasini topadi. 
Shu  ma`noda  o`zining  mustaqil  rivojlanish  yo`lini  tanlab  olgan 
O`zbekistonda  Milliy  g’oyani  o`rganishga  bo`lgan  zaruriyat  deb  qaralishi 
lozim.  
To`rtinchidan. Jamiyat qurilishi tarixida har xil g’oyalar hukmronligi 
bo`lgan.  G’oyaviy  maqsadlar  tufayli  jamiyat  hayotida  turli  xil  voqealar 
ro`y  bergan  tabiiyki,  ular  turli  xil  oqibatlarni  keltirib  chiqargan  bilan 
maqsadning, fikr bilan fikrning farqini bilish va anglash uchun ham Milliy 
istiqlol g’oyasini o`rganish zarur.  
Beshinchidan.  G’oyalar  jamiyatdagi  turli  insonlar,  ijtimoiy  guruhlar, 
qatlamlar,  xalqlar,  millatlar  maqsadi,  orzu  intilishlari,  hayotni  idrok  etish 
ko`nikma  va  malakalari,  xulq-atvor  ko`rinishlari,  qadriyatlari  manfaati 
bilan  uzviy  bog’liq  bo`ladi.  U  yoki  bu  g’oyaga  asoslangan  holda  ifoda 
etishga  qarab  bir-biridan  farqlanadi,  uning  maqsadiga  va  qanday  g’oya 
ekanligiga baho beriladi.  

 

Oltinchidan. G’oyalar ta`sir ko`lami bilan ham biri-biridan farqlanadi. 
Ayrim  g’oya  tarafdorlari  mutloq  haqiqatni  e`tirof  etishga  da`vo  qilishi 
mumkin.  Ular  o`z  maqsadlarini  boshqa  xalqlarning  milliy  xususiyatlarini 
hisobga  olmasdan,  qanday  yo`l  bilan  bo`lmasin  “singdirishga”  urinadi. 
Demak, bu borada har birimizdan ogohlik talab etiladi. Farzandlarimiz o`z 
xalqi,  mamlakatning  tarixini,  milliy-madaniy  merosini,  qadriyatlarini 
toptatmasligi,  o`ziga  xoslikni  yo`qotmasligi  uchun  ham  milliy  g’oyani 
o`rganishi, bilishi kerak bo`ladi.  
Ettinchidan. Milliy  istiqlol  g’oyasini  o`rganishning  zarurligi bugungi 
dunyoda  mafkuraviy  kurashning  davom  etayotganligi  bilan  ham  bog’liq. 
Insonlar  ongi  va  qalbini  egallash  unga  ta`sir  ko`rsattib,  o`z  maqsad  va 
muddaolarini 
bir 
tamonlama 
amalga 
oshirishga 
urinishlar 
to`xtamayotganligidan kelib chiqmadi.  
Milliy  istiqlol  g’oyasini  fan  sifatida  o`rganishning  sabablarini 
mamlakatimiz  Prezidenti  Islom  Karimov  quyidagicha  ta`kidlagan; 
“Oldimizga  qo`ygan  olijanob  maqsad  –  muddaolarimizga  etish,  eski 
mafkuraviy  asoratlardan  batamom  xalos  bo`lish,  g’oyaviy  bo`shliq  paydo 
bo`lishiga  yo`l  qo`ymaslik,  begona  va  yot  g’oyalarning  xurujidan 
himoyalanish  bunday  tajavuzlarga  qarshi  tura  oladigan  har  tomonlama 
barkamol  insonlarni  voyaga  etkazish  zaruriyati  xalqimiz  va  jamiyatimiz 
manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda”.
1
       
Ana  shu  hayotiy  zarurat  milliy  istiqlol  g’oyasining  asosiy  tushuncha 
va tamoyillarini fan sifatida o`rganishni taqozo etadi.  
 
2.  Fanning predmeti, ob`ekti, maqsadi va vazifalari. 
                                                
1
 Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas`ulmiz. 9-jild. T.: “O`zbekiston”, 2001. 220-b.   

 

Milliy istiqlol g’oyasi – mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari Islom 
Karimov  asarlarida  asoslangan  ta`limot.  Uning  mazmuni  quyidagilardan 
iborat;  
-  tarixiy,  xotirani  uyg’otish,  o`tmishdan  saboq  chiqarish  va  o`zlikni 
anglash mezoni bo`lish;  
-  xalqimizni  tub  maqsadlari  ifodasi  va  jamiyat  a`zolarini 
birlashtiruvchi g’oyaviy vazifasini o`tash; 
-  Millat,  xalq  va  jamiyatni  birlashtiruvchi  kuch,  yuksak  ishonch 
e`tiborning manbai bo`lish;  
- O`zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat ijtimoiy qatlam va 
uni vakillariga birday taalluqli bo`lish;  
-  Millatimiz  aholisi  ongi  va  qalbida  “O`zbekiston  –  yagona  Vatan” 
degan tuyg’uni yuksak darajada shakllantirishga xizmat qilish;  
-  Turli  millat,  qatlam,  uning  vakillari,  siyosiy  partiya  va  ijtimoiy 
guruhlar  mafkurasidan  ustun  turadigan  yuksak  fenomin-ijtimoiy  hodisa 
mazmuniga ega bo`lish;  
-  biron-bir  dunyoqarashni  mutloqlashtirmaslik  yoki  biron-bir  kuch, 
partiya yoki guruh qo`lida siyosiy qurolga aylanmaslik; 
-  har  qanday  ilg’or  g’oyani  o`ziga  singdirish  va  har  qanday  yovuz 
g’oyaga qarshi javob bera olish; 
-  sub`ektivizm,  valyuntarizm  kabi  illatlardan  xoli  va  jamiyatimizning 
xolis fikriga tayanuvchi ob`ektiv mafkura bo`lish;  
- so`z ilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish;  
-  davr  o`zgarishlariga  qarab,  o`zi  ifodalaydigan  g’oya  manfaat, 
muddaolarini  amalga  oshirishning  yangi  –  yangi  vositalarini  tavsiya  eta 

 

olish, ya`ni yangicha vaziyatga moslashadigan hozirjavob va ijobiy bo`lish 
va boshqalar.  
Milliy  istiqlol  g’oyasi  ana  shu  qayd  etilgan  sifatlarga  ega  bo`lgan 
taqdirdagina jamiyat hayotida etakchi ma`naviy-ma`rifiy omilga aylanishi 
va  kutilayotgan  muhim  vazifalarni  bajara  olishi  mumkin.  Biroq,  milliy 
istiqlol  g’oyasi  o`z-o`zidan  insonning  ongiga  tafakkuriga  singib,  ishonch 
va e`tiqodiga aylanib qolmaydi.  
Bunga har bir inson o`z hayoti davomida erishib boradi. 
“Har  qanday  fanning  –  deb  yozadi,  -  mamlakatimizning  taniqli 
faylasuf,  milliy  istiqlol  g’oyasini  talabalar  ongi  va  tafakkuriga  singlirish 
jonkuyari  professor  Q.Nazarov  –  muayyan  bilimlar  tuzishi  sifatidagi 
o`ziga  xos  mavzular  tushunchalari,  qonun  va  kategoriyalari  bo`ladi. 
Ularning  barchasi  fan  o`rganadigan  soha,  ya`ni  predmetining  o`ziga  xos 
xususiyatlari  bilan  bog’liq.  Biz  o`rganishga  kritiayotgan  “Milliy  istiqlol 
g’oyasi” fani bundan mustasno emas. Uning ham o`z predmeti, qonun va 
kategoriyalari,  maqsad  va  vazifalari  bor.  “G’oya”  va  “mafkura” 
tushunchalari  ularning  xalqlar  va  davlatlar,  taqdiriga  ta`siri,  hozirgi 
zamondagi  mafkuraviy  jarayon  milliy  istiqlol  g’oyasining  mazmun-
mohiyatini  tushunchalari,  shakllanish  qonuniyatlari,  namoyon  bo`lish 
xususiyatlari  uni  xalqimiz  qalbiga  singish  yo`llari  va  usullari  ushbu 
fanning  mohiyatini  belgilaydi.  Uning  tushuncha  va  kategoriyalari  bir 
butun,  yaxlit  tizim  shaklida  namoyon  bo`ladi.  Milliy  g’oyaning 
odamlarning  hayotidan  joy  olishi  bir  qator  omillarga  bog’liq.  Demak 
bunda ham  muayyan  qonuniyatlar  amal  qiladi.  Milliy  istiqlol  g’oyasining 
fan  sifatida  e`tirof  etilishi  uning  o`ziga  xos  predmeti,  ob`ekti,  maqsad  va 
vazifalari mavjudligini anglatadi.  

 
10 
   
3.Milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushunchalari. 
Milliy  istiqlol  g’oyasi  muayyan  tushunchalarga  asoslanadi.  Ular  turli 
xil  bo`lib,  jamiyatda  shakllangan  va  mavjud  bo`lgan  fikrlar  xilma-xilligi 
bilan  kishilarning  o`zaro  ijtimoiy  munosabatlari  asosida  amaliy  xatti-
harakati orqali namoyon bo`ladi. 
“Milliy  g’oya  va  istiqlol  mafkurasi  haqida  gap  borar  ekan,  -  deb 
ta`kidlaydi  yurtboshimiz,  biz  nihoyatda  keng  qamrovli,  murakkab, 
serqirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodasi, tugal namunasi hali-
hanuz  yaratilmagan  tushunchalarni  o`zimizga  tasavvur  filishimiz  kerak, 
deb  o`ylayman.  Bu  tushunchalar  Vatan  ravnaqi,  yurt  tinchligi,  xalq 
farovonligi  kabi  yuksak  g’oyalarning  ma`no-mazmunini  teran  anglab 
etishga  xizmat  qiladi”.
1
  binobarin,  milliy  istiqlol  g’oyasining  asosiy 
tushunchalari nisbiylik xususiyatiga egadir. 
Milliy  istiqlol  g’oyasini  o`rganishda  quyidagi  tushunchalarni  hisobga 
olish zarur; 
-  turli  jamiyatlar,  xalqlar  hayoti  milliy,  madaniy  qadriyatlari, 
maqsadlari  bilan  bog’liq  bo`lgan  turli  xil  ma`no-mazmunga  ega  umumiy 
tushunchalar:  “g’oya”,  “mafkura”,  “g’oyaning  turli  xil  ko`rinishlari”, 
“bunyodkor g’oyalar” va “yovuz tojovvuzkor g’oyalar”, “Milliy g’oyalar” 
va “Umumbashariy g’oyalar”.  
-  jamiyatning  siyosiy  hayoti  turli  xil  jamoat  birlashmalari  faoliyati 
bilan  bog’liq  maqsad  va  intilishlarni  ifoda  etadigan  turli  xil  siyosiy 
mafkuralar ko`rinishlari;  
                                                
1
 Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas`ulmiz: 9-jild. T.: “O`zbekiston”, 2001, 221-222-betlar. 

 
11 
-  O`zbekiston  xalqining  hayoti  bilan  bog’liq  bo`lgan  uni  o`zida  aks 
ettiradigan  va  unga  xizmat  qiladigan  “Milliy  istiqlol  g’oyasi”,  “Milliy 
istiqlol  g’oyasining  ma`naviy  negizlari”,  “Milliy  rivojlanish  g’oyasi”, 
“Milliy  istiqlol  mafkurasi”,  “Milliy  istiqlol  g’oyasining  bosh  g’oyasi”, 
Milliy  istiqlol  g’oyasining  umumbashariy  tamoyillari  va  boshqa 
tushunchalar. 
Milliy  istiqlol  g’oyasining  tushunchalari  bilan  bir  qatorda  uning 
namoyon bo`lish qonunlari ham mavjud. Bular:  
-  turli  xalqlar,  turli  jamiyatlar  mavjud.  Ularning  maqsadlari  ham 
rivojlanish  yo`llari  ham  turli  xil  ya`ni  rivojlanishning,  ijtimoiy 
taraqqiyotning xilma-xilligi qonuni orqali namoyon bo`ladi; 
-  dunyoning  mafkuraviy  manzarasi  turli  xal  maqsadlar,  turli  xil 
manfaatlar,  qarashlar  bilan  bog’liq  holda  namoyon  bo`lgan  va  bo`lib 
qolmoqda.  Bu  ezgu  g’oyalar  bilan  birga  yovuz  g’oyalarning  ham 
yashaganligini  “dunyoda  mafkura  sohasida  kurashning”  davom  etib 
kelayotganligining asosida yotgan o`ziga xos jihatdir.  
Lekin,  har  bir  xalqning  o`ziga  xos  ma`naviy  ruhiyati,  merosi, 
qadriyatlari  bilan  bog’liq  g’oyasi  ham  mavjud.  Uni  inkor  etib  bo`lmaydi. 
Uni  anglamaslik  u  bilan  bog’liq  bo`lgan  turmush  tarzini  madaniyatidagi 
xususiyatlarini,  tarixini,  tilini,  milliy-madaniy  rivojlanish  qonuniyatlarini 
e`tirof  etmaslikka  olib  keladi.  Bu  oxir-oqibatda  shu  xalqni  yoki 
mamlakatning “o`zligini” tan olmaslikka sabab bo`ladigan yo`ldir.  
-Globallashuv jarayonining milliy g’oyaga ta`sir etishi ham o`ziga xos 
umumiy  qonuniyatdir.  Bu  jarayon  turli  mamlakatlar,  xalqlar,  hayotida 
ularning  bir-biriga  bog’liqligini,  o`zaro  ta`sirini  oshiradi,  ma`naviy-
g’oyaviy hayotida aks etmasdan qolmaydi.  

 
12 
Milliy  istiqlol  g’oyasi  to`g’risida  fikr  yuritganda,  uning  O`zbek 
xalqining hayoti turmush tarzi, tarixi, madaniyati, milliy – madaniy merosi 
va qadriyatlari bilan bog’liq bo`lgan hamda milliy g’oyasida aks etadigan 
o`ziga  xos  qonuniyatlari  ham  mavjud.  Bu  qonuniyat  milliy  istiqlol 
g’oyasining  mazmuni,  maqsadi  va  xususiyati nuqtai nazaridan qaraganda 
alohida,  ustivor  ahamiyatga  ega.  Chunki,  bu  qonuniyatni  hisobga  olish 
O`zbek  xalqining  millatining  kelajagi  bilan  o`zligini  saqlab  qolish  hamda 
o`z negizda rivojlanishni dunyoda o`ziga xos o`ringa ega bo`lishini e`tirof 
etish bilan bog’liq.  
Tarixiy  jihatdan  yondoshganda  bu  sohada  “turli  g’oyalar”, 
“mafkuralar” ana shu qonuniyatlarga zid bo`lgan holatlarni ham kuzatilishi 
ko`rsatildi.  
Shuning  uchun  ham  milliy  istiqlol  g’oyasiga  tayanish  va  unga  amal 
qilish  O`zbekiston  xalqining  o`zligini  saqlab qolish  va  o`ziga  xos  va  mos 
rivojlanish  ehtiyoji  sifatida  namoyon  bo`ladi.  Demak,  milliy  istiqlol 
g’oyasining qonuniyatlari har bir xalq uchun milliy o`ziga xosligini zamon 
yutuqlari  bilan  bog’lanishning  nafaqat  kafolatlari,  balki  rivojlanish 
strategiyasi hamdir. 
 
4. Milliy istiqlol g’oyasining turli xil fikr, g’oyalarga munosabati, 
ijtimoiy-ma`naviy hayotda aks etishi. 
Milliy istiqlol g’oyasining turli xil fikr, g’oyalarga munosabati, uning 
ijtimoiy-ma`naviy  hayotda  aks  etish  usullarini  anglash  uchun  eng  avvalo 
turli  xildaga  g’oya  va  mafkura  tushunchalarining  mazmun-mohiyatini 
o`rganmoq zarur.  

 
13 
Ma`lumki,  har  qanday  tushuncha,  fikr  va  qarash  ham  milliy  g’oya 
bo`la  olmaydi.  Chunki shaxsiy  fikr-o`ziga  xos  qarashdir, ijtimoiy  fikr  esa 
voqelikka  nisbatan  o`zgarish  yoki  harakatni  taqozo  etadigan  faol 
munosabatni ifodalaydi. G’oya ana shu munosabatni harakatga, jarayonga, 
zarurat  tug’ilganda  esa,  butun  bir  davr  tarixiga  aylantiradi.  Jamiyat 
hayotida turli xil fikr va g’oyalarning o`rni muhim. Lekin, ma`lum bir fikr 
mutloqlikka  intilsa  yoki  yakka  hukmronlik  qilsa,  u  jamiyat  rivojiga  katta 
salbiy  ta`sir  ko`rsatadi.  Demoqchimanki,  “Ikki  odam  aynan  bir  xilda 
fikrlamagani  kabi  turli  xalqlar,  mamlakatlar  ham  aynan  bir-biriga 
o`xshashi  ya`ni  bir  xil  tarixiga  madaniyatga  ega  bo`lish  qadriyatlarni 
e`zozlashi  umumiy  maqsadni  ko`zlab  ijtimoiy  rivojlanish  yo`lini  andoza 
sifatida olishi va faqat unga tayanishi mumkin emas. 
Milliy istiqlol g’oyasining o`ziga xos  jihati ham shundaki, u fikrlar va 
g’oyalar xilma-xilligini tan oladi. Jamiyatning yakka – yagona mafkurasi 
sifatida  biron-bir  fikr,  g’oyani  e`tirof  etmaydi.  erkinlik  xususan  fikr 
erkinligi  va  xilma-xillik  principlariga  amal  qilish  Milliy  istiqlol  g’oyasi 
uchun  muhim  fikr  erkinligi  va  g’oyalar  xilma-xilligiga  asoslanish 
taraqqiyotni  ta`minlab  turuvchi,  inson  salohiyatini  oshiruvchi  nayob 
imkoniyatdir.  Jahon  tajribasi  shundan  dalolat  beradiki,  o`z  davlatchiligini 
qo`lga  kiritish, milliy  va  ijtimoiy  ozodlikka  erishish hech  qaerda  engil  va 
osonlikcha  bo`lmagan.  Mustaqillikka  erishgan  har  bir  mamlakat  o`z 
taraqqiyot  yo`lini  izlaydi,  yangi  jamiyat  barpo  etishda  o`z  andozasini 
ishlab  chiqishiga  intiladi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  vaziyat,  odamlar 
o`rtasida  tarkib  topgan  munosabatlar,  ularning  dunyoqarashi,  jumladan, 
diniy  e`tiqodi,  ruhiyati  va  xulq-atvor  normalari  ham  shuni  taqozo  etadi. 
Masalana,  dunyoda  ijtimoiy  taraqqiyot  yo`lining  turli  variantlari  mavjud. 

 
14 
Turkiya, Janubiy Koreya, Shveciya modellari va boshqalar bunga misoldir. 
Bir  qancha  musulmon  mamlakatlari  va  yangi  industrial  mamlakatlarning 
tajribasi  ham  shuni  ko`rsatadi.  Ikkinchi  jahon  urushidan  so`z  Ovrupa 
mamlakatlari va Yaponiya xalq xo`jaligini qayta  tiklash rejasi ham buning 
amaliy namunasi bo`ldi.  
O`zbekiston  boshqa  davlatlar  taraqqiyoti  jarayonida  to`plangan  va 
respublika  sharoitiga  tadbiq  qilsa  bo`ladigan  barcha  ijobiy  va  maqbul 
tajribalardan,  shak-shubhasiz,  samarali  foydalanadi.  Biron-bir  modelni, 
hatto  u  ijobiy  natijalar  bergan  taqdirda  ham,  ko`r-ko`rona  ko`chirib  olish 
to`g’ri emas. Aksincha, aniq-ravshan vositalar va usullar qaysi mamlakat 
uchun mo`ljallangan bo`lsa, o`sha mamlakatning o`ziga xos sharoitdagina 
ijobiy  natija  beradi.  “Jahon  xalqlari  va  o`zimizning  amaliyotimizdagi 
olingan barcha ijobiy tajribani rad etmagan holda, o`z ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy  huquqiy  taraqqiyot  yo`limizni  tanlab  olish  respublikaning  qat`iy 
poziciyasidir.  Bu  –  o`tmish  yillarning  xotimalarini,  davlat  tuzilishining 
shakl  va  usullariga  nisbatan  mavjud  qaqarashlarni  idrok  etish  natijasidir. 
Bu,  tarkib  topgan  ijtimoiy  voqelikga  berilgan  real  bahodir.  Bu  – 
O`zbekiston  xalqining  ijtimoiy  taraqqiyotiga  munosib  turmush  sharoitiga 
intilishdir.  
 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish