«milliy g'oya targ’iboti texnologiyalari» fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim sohasi



Download 0.6 Mb.
bet5/5
Sana21.09.2019
Hajmi0.6 Mb.
1   2   3   4   5

Jamoatchilik fikri –ijtimoiy ongning o’ziga xos ko’rinishlaridan biri bo’lib, kishilarning turmush hodisalari, siyosiy va ijodiy tashkilotlar va alohida bir shaxslarning faoliyati haqida ijobiy yoki salbiy qarashlari majmui.

Ijtimoiy-siyosiy g’oyalar esa millatlar va davlatlarning ijtimoiy va siyosiy sohada qo’lga kiritgan, shu paytgacha hayot amaliyotida o’zini oqlagan ijtimoiy va siyosiy qarashlar majmuidir.



Ilmiy g’oyalar – fan va amaliyotning o’zaro bog’liqligi tufayli olib borilgan kuzatishlar, eksperimentlar, tahlillar, inson bilimi, tafakkuri salohiyatida yaratilgan, kashf etilgan g’oyalardir.

Instrumental texnologiyalar – yuzaki qaraganda faoliyatni mukammallashtirishga xizmat qilayotgandek ko’rinadigan, aslida esa mutlaqo boshqa maqsadlarni yashirish uchun foydalaniladigan texnologiyalar.

Istiqlol mafkurasi — millat va davlatning mustaqil rivojlanashini ta’minlashga qaratilgan g’oyaviy-nazariy qarashlar tizimi. U istiyedot mafkurasi va amaliyotiga qarshi, ozadlikka intilish zarurati tufayli paydo bo’ladi. Milliy istiqlol g’oyasi O’zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobaynida intilib kelgan orzu ideallarini, oliyjanob maqsad – muddaolarini o’zida mujassam etadi. Xalqimiz asrlar mobaynida ezgu niyat qilib kelgan mustaqillikni saqlash va mustahkamlash O’zbekistonning har bir fuqarosining muqaddas burchidir. Buning uchun barcha bir yoqadan bosh chiqarib, muqaddas ona-Vatanning hayotiy manfaatlarini yurakdan his etgan holda ularni ro’yobga chiqarish uchun faol harakat qilishi, kurashishi zarur. Bu jarayon xalqimizning manfaatlarini, ularni o’zida mujassam etadigan milliy g’oyani anglash b-n bog’liq holda kechadi. Vatan manfaati har bir fuqaro manfaatlari b-n uzviy bog’langan. Zero, Vatanning obodligi xalqning farovonligiga bog’liq.

Ko’lankali texnologiyalar – siyosiy jarayonni belgilab bersa-da, kam darajada texnologiyalashtirilgan va shu boisdan, ko’proq faoliyatning tasodifiy, noyob, kamdan-kam uchraydigan usul va vositalarini qamrab oladigan texnologiyalar.

Qadriyatlar – narsa va voqyealar, jamiyat, moddiy va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini ahamiyatini ifodalash uchun qo’llaniladigan tushuncha. Qadriyatlarni G’arbda “Aksiologiya” fani o’rganadi. Aksiologiyani qadriyatlar to’g’risidagi qadriyatlar to’g’risidagi qan yoki to’g’ridan-to’g’ri “qadriyatshunoslik” deb atash ham mumkin. Qadriyatlar axloqiy qoida va me’yorlar, ideallar va maqsadlardagi baholash mezoni va usullarini ham o’zida aks ettiradi. Ular halollik, poklik, o’zaro yordam, adolatlilik, haqiqatgo’ylik, ezgulik, tinchlik, shaxs erkinligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar, burch, vijdon, or-nomus, mas’uliyat kabi axloqiy tushunchalar shaklida namoyon bo’ladi. Qadriyat o’z tabiatiga ko’ra, ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida u o’zgaradi va takomillashadi. Shuning uchun qadriyat to’g’risidagi ta’limotlar ham takomillashib, rivojlanib boradi. Qadriyatlarning xilma-xil shakllari bor: moddiy va ma’naviy, milliy, mintaqaviy, umumbashariy; jamiyat hayotining sohalari bo’yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy; ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy va boshqalar.

Kontinental-hududiy darajadagi texnologiyalar – alohida davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarning muayyan hududdagi (Yevropa, Yaqin Sharq kabi) muammolarni hal qilish yo’lidagi sa’y-harakatlarini qamrab oladigan texnologiyalar.

Lokal texnologiyalar – siyosiy jarayonning qaysidir qisminigina samarali tashkil etishga yo’naltirilgan texnologiyalar.

Mafkura – arabchada fikrlar majmui, muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, jamiyat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g’oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning o’tmishi, bugungi kuni va istiqboli o’z ifodasini topadi. Mafkuralar muayyan diniy-falsafiy ta’limot asosida yaratiladi, ma’lum ilmiy qarash va axloqiy tamoyillarga tayanadi. Mafkuralar o’z mohiyatiga va ta’sir kuchiga ko’ra jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi tomonlarga bo’lib yuborishi, davlatning jahondagi obro’ va mavqyeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka ko’tarishi yoki tanazzulga duchor qilishi mumkin. Masalan, sobiq ittifoq davrida mafkuraga umuminsoniy qarash shakllanmagan, bunga yo’l qo’yilmagan. Unga to’g’ri va xolisona baho berish imkoniyati mustaqillik tufayli amalga oshdi.

Mafkura evolyusiyasi — muayyan maqsad va manfaatlarni ifoda etuvchi g’oyaviy-nazariy qarashlar tizimning vujudga kelishi, rivojlanishi va intihoga yetishi jarayonini ifodalovchi tushuncha. Har qanday mafkura jamiyatda yangi paydo bo’lgan ijtimoiy-siyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari va maqsad-muddaolarini ifoda etuvchi yangi g’oyaviy tizim sifatida vujudga keladi. Mazkur millat yoki harakatning yetakchi kuchlari, siyosiy arboblari, ideologlari ijtimoiy ongdagi orzu-intilish va ruhiyatdagi his-tuyg’ularni bir tizimga soladigan ta’limot va dasturlar yaratadilar. G’oyaviy tarbiya vositalari va faollari orqali bu g’oyalar ongga va ruhiyatga singdiriladi. Bu g’oyalar ko’pchilik ongini egallagach, ularni harakatga keltirib, maqsad sari yetaklaydigan kuchga aylanadi. Mafkura, vaqti kelib, o’z sohiblari tarix maydonidan tushsalar ham, mafkuraviy meros sifatida yangi davrda ham o’z ta’sirini saqlab qolishi mumkin. Bu nafaqat ezgulikka xizmat qiladigan, balki o’z mohiyatiga ko’ra g’ayriinsoniy bo’lgan mafkura shakllariga ham tegishlidir.

Mafkuraviy beqarorlik – kishilik jamiyatiga xos muayyan xususiyatlardan biri; mafkuraviy sohadagi tamoyillarning qaror topmagani, doimiy bo’lmagani, muqim bo’lmagani kabi ma’nolarni anglatadi. Bu tushuncha gohida ijtimoiy hayotda mafkuralarning almashib turishi jarayonini izohlash uchun ham qo’llaniladi. Mafkuraviy beqarorlik, asosan, muayyan bir hududda davlat tizimi bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdan boshqasiga o’tish davrida yuzaga keladi. Shu nuqtai nazardan olganda, M.b.ni — muayyan tarixiy sharoitda yuzaga keladigan g’oyaviy o’zgaruvchan holat deb ham atash mumkin. Jamiyatning yangilanish bosqichlarida odatda eski tizim, eski turmush tarzi bilan birgalikda o’sha tizim mafkurasi ham yuz tuban bo’ladi, bunday hol ma’lum darajada mafkuraviy bo’shliqni yuzaga keltiradi.

Mafkuraviy bo’shliq — jamiyat, davlat va mehnat jamoalarida vujudga kelgan vaziyat, ijtimoiy muhit tarbiyaviy-mafkuraviy ishlarning zaiflashib qolishi. Bunday sharoitda fuqarolar ongi va faoliyatida turli mish-mishlar, safsatalar ustuvorlik qila boshlaydi. Kishilar xatti-harakatini bo’shanglik, loqaydlik, befarqlik egallab oladi. Ruhiyatda hyech narsaga aralashmaslik kayfiyati ustun keladi. Qayerda shunday holat yuz bersa, o’sha yerda M.b. hukmron bo’ladi.

Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi — g’oyaviy ta’sir o’tkazish imkoniyatlarining kengayishi oqibatida unga Yer yuzining barcha mintaqalarida mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etganini ifodalovchi tushuncha. Insoniyat tarixining hozirgi bosqichi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy hayotning barcha sohalarida xalqaro munosabatlarning integrasiyalashuvi va intensivlashuvi bilan xarakterlanadi. Xususan, aloqa vositalarining rivojlanishi, ularning kompyuterlashtirilishi, elektron pochta, internet, kosmik teleradio aloqa tizimlarining texnik-texnologik vositalari kuchayib ketishi bilan axborot almashuv, binobarin, g’oyaviy ta’sir o’tkazish imkoniyatlari ham tobora kengaymoqda.

Mafkuraviy plyuralizm (lot. pluraliq – xilma-xillik, rang-baranglik) – ijtimoiy-siyosiy hayotda turli qatlam, partiya, guruhlar manfaatlarini ifoda etuvchi g’oyaviy rang-baranglikni, qarashlar va fikrlar xilma-xilligini ifodalaydigan tushuncha. Mamlakatda ilg’or g’oyalar, mafkuralar qancha ko’p bo’lsa, ya’ni M.p. hukmron bo’lsa, taraqqiyotning samarali yo’lini tanlab olish uchun imkoniyat shunchalik keng bo’ladi. Fikriy kurash mafkuralarning ma’no va mazmun jihatidan boyishiga, bir-birini to’ldirishiga xizmat qiladi. M.p. ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan yangidan-yangi g’oyalarning paydo bo’lishiga, turli xalqlar, elatlar, millatlar va siyosiy guruhlarning manfaatlarini umumiy tarzda ro’yobga chiqishiga sharoit yaratadi. U muqarrar suratda ko’ppartiyaviylik tizimini taqozo etadi. Siyosiy partiyalar esa o’zlari mansub bo’lgan qatlamlar, siyosiy guruhlarning manfaatlari, intilishlari, orzu-umidlarini umumlashtirgan holda o’z harakat dasturlari orqali namoyon qiladi.

Mafkuraviy poligon – odamlar va xalqlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli g’oyalarning sinov maydoni. Odatda “poligon” deganda qurol-aslaha va texnikani sinash, qo’shinlarni harbiy tayyorgarlikdan o’tkazish yoki harbiy sohada tadqiqotlar olib borish uchun mo’ljallangan maxsus maydon tushuniladi. Tarix o’zga hududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollarining uzluksiz takomillashib borganini ko’rsatadi. U nayzalardan tortib avtomatik qurollargacha, zambaraklardan Yer yuzining har qanday nuqtasiga bexato yetib boradigan qit’alararo ballistik raketalargacha bo’lgan uzoq takomil yo’lini bosib o’tdi. Bu qurollar bosib olinishi kerak bo’lgan hududlar aholisini jismonan yo’q qilishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, o’zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini jisman mahv etish shart emas. Zero, turli mafkuraviy ta’sirlar oqibatida ongi va shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari “ma’qul” yo’nalishga o’zgartirilgan yerlik aholi ko’magida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin. Bu esa shu joy aholisining ongi va qalbi yot va begona g’oyalar sinab ko’riladigan maydonga aylanganini bildiradi.

Mafkuraviy profilaktika – ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi g’oyaviy – tarbiyaviy, ma’naviy – mafkuraviy ishlar majmui bo’lib, u butun g’oyaviy tarbiya tizimini qamrab oladi. M.p. g’oyaviy bo’shliqni tugatish, mafkuraviy parokandalikni oldini olish yoki biror-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli g’oyalar ta’siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda g’oyaviy ta’sirning xilma-xil usul va yo’llaridan foydalaniladi, turli vositalar qo’llaniladi. M. p. tezkor va qisqa sur’atlarda yoki asta-sekin, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Birinchi holatda zudlik bilan chora-tadbirlar qo’llash lozim bo’lsa, ikkinchi holda, doimiy va sobit qadamlik bilan ish olib borish ko’proq natija beradi. Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda ham M.p.ning o’rni katta. Zero, u mohiyatan, yot g’oyalarning kirib kelishining oldini olish va ularni yo’qotishga qaratilgan chora-tadbirlarga tayanadi

Mafkuraviy siyosat – muayyan g’oyaviy qarashlar tizimini odamlar ongiga singdirish, zararli ma’naviy–mafkuraviy ta’sirlar, turli ko’rinishdagi tazyiqlarning oldini olishga qaratilgan uslub va vositalar hamda ularni ishlab chiqish, tartibga solish va boshqarish bilan bog’liq faoliyat majmui. M.s.ni mafkuraviy vazifalarni amalga oshirish uchun bo’lgan harakat tarzida ham tushunish mumkin. Bu vazifalar muayyan mamlakat yoki xalqning dunyo hamjamiyatida tutgan o’rni, nufuzi, xalqaro iqtisodiy, siyosiy, diplomatik aloqalardagi mavqyei, taraqqiyot darajasi kabi bir qator ko’rsatkichlardan kelib chiqadi. Masalan, mustaqil O’zbekiston sharoitida milliy istiqlol mafkurasini yaratish orqali milliy xavfsizlikni ta’minlash va mustahkamlash masalasi dolzarb ahami - yatga ega. Odatda ichki hamda tashqi M.s. bir-biridan farqlanadi.

Mafkuraviy tamoyillar — har qanday mafkuraning tarbiyaviy qudrati, uning ta’sirchanligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mushatarakligiga asoslanishi b-n belgilanadi. Milliy mafkura esa jamiyat a’zolarining millat manfaatlari, orzu-umidlari, istak-xohishlarini o’zida mujassamlashtiradi. Milliy mafkura, Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek, quyidagi tamoyillarga asoslanadi. Birinchidan, mamlakatimizning bugungi hayoti, o’tmishi, kelajagi butun taqdiri uchun qayg’uradigan, Vatan qismatini o’z qismati deb biladigan keng jamoatchilikning ilg’or dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanadi. Ikkinchidan, milliy tariximiz va umumbashariy taraqqiyot rivojiga unutilmas hissa qo’shgan olimu fozillarning ilmiy merosiga asoslanadi. Uchinchidan, jamiyat mafkurasi shu jamiyatning fuqarosi bo’lmish oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda etishi, fuqarolarning bexavotir, tinch-omon, farovon yashashini ta’minlash uchun kuch-g’ayrat manbai bo’lmog’i lozim.

Mafkuraviy tahdid — ijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch o’z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qo’rqituv, zo’rlik yo’li bilan boshqalarga tiqishtirish. M.t. jamiyat, davlat yoki xalq, millat yoki elat taqdiriga xavf solib turgan, fojeali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan mafkuraviy xavf-xatarlar majmuasi. O’zbekistonda insonparvar, demokratik jamiyat qurilayotgan hozirgi sharoitda fuqarolar ongi va faoliyatiga siyosiy ekstremizm, diniy va fundamentalizm, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va jinoyatchilik, mahalliychilik va urug’-aymoqchilik, ekologik muammolar M.t. shaklida namoyon bo’layotir.

Mafkuraviy tizim — mafkuraviy ishlarni boshqarish, jamiyatning turli ijtimoiy institutlari: oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy ta’lim maktablari, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari, mehnat jamoalari, mahalla kengashlari, jamoat tashkilotlari, madaniy-ma’rifiy uyushmalar tarbiyaviy imkoniyatlarini muvofiqlashtirish, tartibga solish, ularni yagona maqsad tomon yo’naltirish omillari (ish vaqti va ishdan keyingi bo’sh vaqt) va vositalari (fan, adabiyot, san’at, matbuot, radio, televideniye, kino, muzey va hokazo), uslublari (tushuntirish, ishontirish, majbur qilish) va usullarining (alohida, jamoaviy, ommaviy) yaxlit bir butun uyushmasi.

Mafkuraviy xavfsizlik – shaxs, millat, jamiyat, davlatning xilma-xil shakllarda namoyon bo’ladigan mafkuraviy tajovuzlar turli mafkuraviy markazlarning buzg’unchilik ta’siridan himoyalanganlik darajasini tavsiflovchi tushuncha. M.x.ni ta’minlash deganda, jamiyat ma’naviy hayotida bo’shliq paydo bo’lishining oldini olish, o’zining pirovard maqsadlariga mos va unga xizmat qiladigan g’oyalar tizimini shakllantirish, uni muttasil mustahkamlab borish, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishdek jarayonlar nazarda tutiladi. M.x.ka tashqi va ichki omillar o’z ta’sirini o’tkazib turadi. Bugungi kunda, turli xil mafkura markazlari va poligonlarining O’zbekistonda yangi jamiyat qurishga to’sqinlik qilish uchun g’arazli niyatlariga erishishda mamlakatimiz fuqarolaridan “qurol” sifatida foydalanishga intilishlarida M.x. uchun real tashqi tahdidlar mavjudligini ko’ramiz.

Mafkuraning funksiyalari — millatlar va davlatlar, turli ijtimoiy-siyosiy kuchlarning o’z g’oyaviy tizimlarini yaratish va targ’ib qilishdan ko’zlagan maqsad-muddaolari hamda o’z mafkuralari orqali hal qilishi lozim bo’lgan vazifalar majmui. Har qanday mafkura: a) muayyan g’oyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; b) aholining turli guruhlarini birlashtirish; v) ko’zlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; g) ularni ma’naviy-ruhiy rag’batlantirish; d) aholini, ayniqsa hayotga kirib kelayotgan yosh avlodni g’oyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; ye) boshqa mafkuraviy va g’oyaviy ta’sirlardan himoya qilishdek bir qator vazifalarni bajaradi. Yuksak g’oyalarga asoslangan, manfaatlar va fikrlar xilma-xilligini e’tirof etadigan mafkuraviy tizimlar o’z sohiblarini taraqqiyotga eltadi. Tor milliy yo sinfiy talab-ehtiyojlarni boshqa xalqlar yoki guruhlar hisobiga qondirishini niyat qilgan mafkuralar oxir oqibat barbod bo’ladi, o’z tarafdorlarini tanazzul va halokatga duchor etadi.

Metodologiya – 1)biron-bir fanda tatbiq etiladigan tadqiqot usullari majmui; 2) ilmiy bilim va dunyoni o’zgartirish metodi haqidagi ta’limot. Metodologiya ilmiy bilim metodlarining nazariy asoslari rivojlanib borayotgan fanning ehtiyojlari taqozosi bilan yuzaga kelgan bo’lib, u tabiat, jamiyat va inson ongining murakkab hodisalarini to’g’ri obyektiv talqin etishga, fanning tabiiy aloqalarini ochishga imkon beradi.

Me’yoriy texnologiyalar – jamiyat (tashkilot)dagi mavjud qonunlar, me’yorlar, an’analar, urf-odatlar bilan shartlangan faoliyat usullari.

Milliy g’oya – millatning o’tmishi, buguni va istiqbolini o’zida mujassamlashtirigan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g’oya shakli. Milliy g’oya o’z mohiyatiga ko’ra, xalq, millat taqdiriga daxldor, qisqa yoki uzoq muddatda xal etilishi kerak bo’lgan vazifalar va mo’ljallarni aks ettiradi.

Milliy istiqlol g’oyasi – milliy istiqlol g’oyasi o’z mohiyatiga ko’ra xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, uning o’tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog’laydigan, asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan ma’naviy omildir. Milliy istiqlol g’oyasi O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi.

Milliy istiqlol mafkurasining bosh va asosiy g’oyalari — milliy istiqlol mafkurasining bosh va asosiy g’oyalari turli siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan sosial fenomen, ijtimoiy hodisadir. Bu mafkurada biron-bir g’oya mutlaqlashtirilmaydi yoki mavjud hokimiyatni mustahkamlash maqsadida siyosiy qurolga aylantirilmaydi. M. i. m., o’z mazmun mohiyatiga ko’ra O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning - butun xalqning umumiy manfaatlarini ifodalaydi. O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi bosh g’oyasi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu g’oya xalqning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no-mazmunini belgilaydi, har bir inson uchun muqaddas bo’lgan yuksak gumanistik qadriyatlarni o’zida mujassam etadi.

Milliy mafkura – millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud bo’lishi va riojlanishini, erkin va ozod taraqqiyotini g’oyaviy asoslash, ta’minlashga qaratilgan qarashlar tizimi. Shunday bo’lsa-da, “milliy mafkura”ni faqat bitta millat yoki xalqning mafkurasi deb tushunish to’g’ri emas. U muayyan davlat yoki jamiyatning umumiy mafkurasi ma’nosini ham anglatadi. Chunki, “milliy” sifati “millat” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, nafaqat muayyan etnik birlik, balki “davlat” ma’nosini ifodalash uchun ham xizmat qiladi.

Milliy, ma’naviy va ma’rifiy g’oyalar – asrlardan beri avloddan avlodga o’tib kelayotgan ilg’or milliy, ma’naviy va ma’rifiy qarashlar, g’oyalarning yig’indisidir.

Moslashuvchan texnologiyalar – maqsad va resurslarga, o’zgaruvchan sharoitlarga moslashishga imkon beradigan, yangilanish, tubdan o’zgarish va yangi shakllanayotgan algoritmlarga o’tish jarayonini boshidan kechirayotgan texnologiyalar.

Mustaqillik g’oyasi – mustamlakachilik asoratida bo’lgan millat va xalqlarni, ularga mansub bo’lgan ilg’or kishilarni ozodlikka, o’z erkini qo’lga kiritishga undaydigan g’oya. Ana shu g’oya asosida ular ezgulik va ozodlik uchun kurashga otlanadilar, ana shu yo’lda jon fido qiladilar. Bu borada zamon, davr va hududning o’zgarishi voqyealar jarayonini o’zgartirmaydi, ya’ni jamiyat taraqqiyotining har bir davrida mustaqillik g’oyasi asosan bir xil tamoyillarga (erk va ozodlik uchun kurashga) tayangan faoliyat uchun ma’naviy omil bo’lgan. Masalan, millodan ilgari Makeloniyalik Iskandar yoki o’rta asrlarda Chingizxon bosqinidan so’nggi istibdoddan qutilish uchun xalqimizning kurashi ana shunday tamoyillarni aks ettiradi. Mustaqillik g’oyasi asosidagi kurash nihoyasida istiqlolga erishilganidan bu g’oya ushbu mustaqillikni mustahkamlash, avaylab-asrash yo’lidagi ma’naviy omilga aylanadi.

Mustaqillik g’oyasi ana shunday g’oya turiga misolbo’la oladi.

Mustaqillik g’oyasieng buyuk g’oya bo’lib, inson shakllangandanberio’z erki, mustaqil hayoti va hyech kimga qaram bo’lmasligi yo’lida olib borgan kurashla­ri, o’zi hohlagan va o’ziga ma’qul bo’lgan ijtimoiy taraqqiyot yo’lidan borishini belgilovchi mezondir. Kuching uchun ham millat, xalq, tuzumva tizim mav­jud ekan albatta o’zi intilgan maqsad, muddaolari, buguni, kelajagi va orzulari mujassamlashgan g’oyalardir.

Noyob texnologiyalar – faqat aniq belgilangan sharoitlardagina qo’llaniladigan harakat usullaridan iborat bo’lib, biroz o’xshash sharoitlarda ham ulardan foydalanib bo’lmaydi.

Nokonvensional texnologiyalar – qonunda man etilgan yoki siyosiy an’analarga mutlaqo zid usul, uslublarni o’z ichiga olgan texnologiyalar (qo’poruvchilik harakatlari texnologiyasi, terrorizm, jamoatchilik fikrini zaruriy o’zanga yo’naltirish, boshqariladigan saylovlar o’tkazish va h.k).

Ozodlik g’oyasi – bu insoniyatning asrlar mobaynida orzu qilib kelgan g’oyasi bo’lib, eradan avvalgi davrdan boshlab toki bizning kechagi kunimizgacha xalqimizning, millatning mard va jasur o’g’lonlari, ayollarining milliy-ozodlik uchun kurashlarida namoyon bo’lgan Shiroq, Spitamen, To’maris, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik va boshqalarning el, xalq va millat ozodligi va erki uchun olibborgan kurashlari mujassami bo’lib xalqni, yurtni yuqorida qayd etilgan g’oyalarga sodiqlikka yo’llaydi.



Oshkora texnologiyalar – hokimiyatning jamoatchilik bilan ko’p sonli muloqotlarida namoyon bo’ladigan va hokimiyatning omma bilan yaqinligini o’zida gavdalantiradigan texnologiyalar.

Predmetli texnologiyalar – aniq sohalarda qo’llaniladigan texnologiyalar.

Saylov texnologiyalari - kishilarning elektoral fe’l-atvoriga ta’sir ko’rsatib, ularni biror nomzodga ovoz berishga undash uchun qo’llaniladigan vositalarning yig’indisi.

Siyosiy texnologiyalar – ma’lum vaqtda va belgilangan joyda siyosiy subyektning maqsad va vazifalarini eng samarali va oqilona tarzda amalga oshirishga yo’naltirilgan hamda muayyan ketma-ketlikda qo’llaniladigan faoliyat usullari, uslublari va tadbirlar yig’indisi.

Sog’lom mafkura - umuminsoniylikning ustuvorligi tamoyiliga tayanadigan, ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlovchi ezgu va bunyodkor g’oyalar tizimiga asoslanadigan mafkura shakli. Jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan, odatda uning tanazzuli, halokatiga sabab bo’ladigan fashizm, kommunizm, diniy-ektsremizm kabi noS.m. shakllaridan farqli o’laroq, C.m. insoniyat taraqqiyotini tezlashtiradi. Yurt tinchligi, xalq farovonligi, Vatan ravnaqiga imkon yaratadi.

Soxta g’oya yovuzlik va jaholatga xizmat qiladigan, davlat, jamiyat, millat manfaatlariga zid bo’lgan, taraqqiyotga tahdid soladigan g’oyalar majmuini ifodalaydi. U jamiyatni tubanlikka yetaklab, odamlarini g’arazli niyat va qabih maqsadlarga undaydi, xalqlar va davlatlarni tanazzulga, halokatga mahkum etadi. Bunday g’oyalar turlicha bo’lsa-da, aslida ularning maqsad va intilishlari bitta – hokimiyatni qo’lga kiritish, tinch-osoyishta xalq orasida nifoq va ixtiloflar chiqarish. Eng achinarli tomoni bunday yovuzlikni amalga oshirishni maqsad qilib olgan kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz yoshlarni o’z tuzog’iga ilintirib, S.g’.lariga ishontirgan holda, ulardan o’zlarining g’arazli maqsadlari yo’lida foydalanishidir. Sh-dek, S.g’.lar insonparvarlik tamoyiliga zid bo’lgan, bir millatni boshqasidan ustun qo’yadigan, oliy irq da’vosida boshqa xalqlarni qirg’in qilishga chaqiradigan, jamiyatni tarafkashlarga ajratib, bo’lib tashlashga xizmat qiladigan g’oyalar majmuidan ham iboratdir.

Sporadik texnologiyalar – birdaniga qo’llaniladigan texnologiyalar.

Strategik texnologiyalar – siyosiy aktorlarning uzoq muddatli faoliyatiga yo’naltirilgan texnologiyalar

Taktik texnologiyalar – qisqa muddatli maqsadlarni amalga oshirishni ko’zda tutadigan texnologiyalar.

Universal texnologiyalar – sharoitlari o’xshash bo’lgan barcha sohalarda, barcha vaziyatlarda foydalanishga mo’ljallangan texnologiyalar.

Falsafiy va axloqiy g’oyalar esa insoniyatning, asosan Sharq xalqlari, nazarkardalarining asrlar davomidagi ilg’or falsafiy va axloqiy qarashlari, ta’limotlari yig’indisidan iboratdir.




1Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: “Маънавият”, 2008, 4-бет.

2 Қаранг: Ўзбек тилининг изоҳли лўғати. –Т.: 4 жилд, 6 бет.

3 Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Т. “Маъанавият” 2008. 71-бет.

4Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият- енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008, 76 бет.

5 Қаранг: Каримов И.А. Жамиятимиз мафкура халқни –халқ, миллатни – миллат қилишга хизмат этсин. Т.: “Ўзбекистон”., 1998 й. Б.5

6 Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч.-Т:, Маънавият, 2008, 67-бет

7Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008, 67-бет

8 Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008, 72-бет

9 Қаранг: Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Т. Ўзбекистон, 2000. 62-69 бетлар.

10 Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч.-Т.: Маънавият, 2008, 76-бет.

11 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008, 76-77-бет

12Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Т. “Маъанавият” 2008. 75-бет.

13Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. Т.: “Ўзбекистон”., 2008. Б.4

14 Қаранг: С.Расторгуев. Информационная война. 1998 г. C.139-140

15Қаранг:Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунчалар ва тамойиллар. –Т.: “Ўзбекистон”, 2000. -49-50 бетлар

16 Қаранг: Миллий ғоя илмий-тадқиқотларининг назарий-методологик асоси. 1-китоб, Андижон., 2008. 62-66 бетлар

17 Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч.-Т.: Маънавият, 2008, 76-77-бетлар.


18Пахрутдинов Ш. Таҳдид - ҳалокатли куч. Т.: «Академия», 2001. Б.45.


11 Қаранг:Реципиент - ахборотни қабул қилувчи.

22 Қаранг: Коммуникатор - ахборот етказувчи.

19 Қаранг: Соловъёв А.Н.Политология; политическая теория, политические технологии.-М.:Аснек Пресс, 2000,с. 518.

20Қаранг: Соловъёв А.Н.Политология; политическая теория, политические технологии.-М.:Аснек Пресс, 2000,с. 518.

21Қаранг: Филипп А. Буари. Паблик рилейшиз или стратегия доверия.-М, 2001, с. 25-26.

22Қаранг: Каримов И.А Ўзбекистон келажагимиз келажагини ўз қўлимиз билан қурамиз. 7-жилд, Т.: «Ўзбекистон»., 1999 й. 298-б.

23Қаранг: Taylor P.M. mumtions of the mind. History of Propoganda from ancient to present day-Manchester-New York, 1995. P-6

24Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Т. “Маъанавият” 2008. 111-бет.

25 Қаранг: Каримов И.А. Биз танлаган йўл – демократик тарққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. Т., Ўзбекистон, 2003. 275-б.

26Қаранг: Глобализация: проблемы международного сотрудничество и решение общечеловечских задач // ФГОУ ВИО «Поволжская академия государственной службы им. П.А. Столыпина»., 2005 г. С-58.

27 Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Т. “Маъанавият” 2008. 117-бет.


28 Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Т. “Маъанавият” 2008. 62-бет.

11Қаранг: Умарова Н. Глобаллашув шароитида ахборот хуружларига карши кураш. Т., Академия, 2005. –4-б.

29Ўзбекистон Республикаси Концтитуцияси. Т., 2008. Б.14.

11Қаранг: Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халкни –халк, миллатни- миллат килишга хизмат этсин. Т., Узбекистон, 1998. 15-б.

30Қаранг: Глобализация: проблемы международного сотрудничества и решение общечеловеческих задач. //ФГЛУВПО “Поволжская академия государственной службы им. П.А. Столыпина”., 2005 г., с. 16.

31 Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Т. “Маъанавият” 2008. 116-бет.


32 Қаранг: Каримов И.А Баркамол авлод Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. Т.: Шарқ, 1997.Б.5

33 Қаранг: Каримов И.А. Жамиятимиз мафкура халқни –халқ, миллатни – миллат қилишга хизмат этсин. Т.: “Ўзбекистон”., 1998 й. Б.45

34 Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. -Т.: Маъанавият, 2008. 96-б.

35 Қаранг: Каримов И.А. Асосий мақсадимиз-юртимизда эркин ва обод, фаровон ҳаёт барпо этиш йўлини қаътият билан давом эттиришдир. Т.: Ўзбекистон., 2007. 34-б.

36Қаранг: Каримов И.А. Жамиятимиз мафкура халқни–халқ, миллатни – миллат қилишга хизмат этсин. Т.: “Ўзбекистон”., 1998 й. Б.1.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat