Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi



Download 22.51 Kb.
bet1/5
Sana14.05.2020
Hajmi22.51 Kb.
  1   2   3   4   5

Nazorat savollari:

1.Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti, tadqiqot ob’ekti qanday ?

2.  G‘oya – insoniyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi omili, hayotiy maqsadlar ifodasi sifatida qanday izohlanadi ?

3.  Mafkura tushunchasining mazmuni, mafkuraning funksiyalari va shakllari haqida nimalarni bilasiz ?

4. Milliy g‘oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo‘lish xususiyatlari qanday?

5.Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining qanday qonunlarini bilasiz ?

6.Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining huquqiy asoslarinini izohlang.

7. Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining kategoriyalarini asoslab bering.

8. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining qanday tamoyillari mavjud ?

9. Strategiya va taktika, ularning o’zaro farqli jihatlari nimada?

10. O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha Harakatlar Strategiyasi haqida nimalar bilasiz? Harakatlar Strategiyasi yo’nalishlarini ramziy ranglari asosida izohlang.


Javoblar: 


  1. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmetini milliy go‘yaning shakllanish tarixi, rivojlanish qonuniyatlari va amal qilish prinsiplari, “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy tushuncha va tamoyillari haqidagi bilimlar tashkil etadi. 




Milliy g‘oya bilan yoshlarimizni qurollantirish, ertangi baxtli kelajakka ishonch va umid ruhini qaror toptirish milliy mafkuramizning o‘zagini tashkil etmog'i lozim. Yoshlarda sog'lom tafakkur va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularda el-yurt oldidagi ma'naviy burchini to‘g'ri anglashni, milliy g‘oya orqali milliy urf-odat va an'analarimizga mehr-muhabbatni uyg'otishni, ularni mustaqil fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashni taqozo etadi.

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani yoshlarda milliy g'urur, mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, daxldorlik, fidoyilik, vatanparvarlik, xalq ishiga kamarbastalik ruhini shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Mazkur fanning qonun qoidalari, tushunchalarini o‘rganishdan oldin quyidagilarga alohida e'tibor berishimiz kerak:

-             yoshlarimiz ongi va qalbida ezgu g‘oyalarlarga sadoqat tuyg'usini uyg'otish asosida mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;

-             “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy tushuncha va tamoyillarini anglatish;

-             yoshlarni ongli yashashga, o‘z aqli, fikriga, ezgu insoniy mafkuraga, aniq milliy g‘oyaga suyanib yashashga o‘rgatish;

-             globallashuv avj olayotgan davrda mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish;

-             axborot xurujlariga qarshi tura oladigan barkamol inson tarbiyasini kuchaytirish;

-             mafkuraviy profilaktika orqali sog'lom e'tiqodni shakllantirish;

-             yoshlarda Vatan kelajagi, xalq farovonligiga daxldorlik hissini uyg'otish;

-             mafkuraviy tahdidlar va ularga qarshi kurashning samarali yo‘llari, usullari haqida ilmiy asoslangan tavsiyalarga e'tibor qaratishimiz zarur.

Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining asosiy maqsadi yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasining g‘oyaviy asoslari, maqsad va vazifalari, amalga oshirish shart-sharoitlari hamda omillarini o‘rgatish va ularda g‘oyaviy kurashchanlik, mustaqil dunyoqarashlarini yanada mustahkamlashdan iborat.  

  1. “G‘oya” aslida arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida – maqsad, intilish, niyat, qasd degan ma’nolarni anglatadi. 




     G‘oya voqelik va hayot ta’sirida uni aks ettirish asosida inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va insonlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr, dunyoni bilishning  o‘ziga xos shakllaridan biridir. 

U shaxs, jamiyat, ijtimoiy guruh, partiya va boshqalarning muayyan maqsadlarini  ifodalaydi, ularni bu yo‘lda birlashtiradi, uyushtiradi,  faoliyatga undaydi,  safarbar qiladi. G‘oyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari, o‘ziga xos belgilariga quyidagilar kiradi:

1.          G‘oya eng avvalo, muayyan maqsadni ifodalaydi, insonlarni ana shu maqsadga erishish uchun chorlaydi, safarbar etadi.

2.          G‘oya hayotiy va ilmiy dalillarga asoslangan holda ish ko‘radi, faoliyat olib boradi.

3.          G‘oya biron-bir ijtimoiy voqelikning in’ikosi bo‘lib obyekt va subyektning o‘zaro dialektik birligiga asoslanadi.

4.          G‘oya muayyan mafkura uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

5.          G‘oya nazariy va amaliy bilimlar birligiga tayanadi.

6.          G‘oya biron-bir farazni ifodalaydi.

G‘oyalar namoyon bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga: bunyodkor va vayronkor; ilmiy va xayoliy; falsafiy; dunyoviy va diniy; badiiy; ijtimoiy-siyosiy; sinfiy, milliy, umumxalq va umuminsoniy; ma’naviy va ma’rifiy; aхloqiy va estetik; tarbiyaviy va hokazolarga bo‘lamiz.

G‘oyaning jamiyat taraqqiyoti uchun muhim turlaridan biri milliy g‘oyadir. 


  1. Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi. Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman mafkuralar boʻlgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning gʻoyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari oʻzlarining manfaat va mak,sadlaridan kelib chiqib mafkuraviy taʼlimot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday mafkura jamiyatda yangi paydo boʻlgan ijtimoiysiyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda etuvchi yangi gʻoyaviy tizim si-fatida vujudga keladi va, asosan, qu-yidagi vazifalarni oʻz oldiga qoʻyadi: muayyan gʻoyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; aholining turli guruhlarini birlashtirish; koʻzlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; ularni maʼnaviyruhiy ragʻbatlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni gʻoyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va gʻoyaviy taʼsirlardan himoya qilish va shahrik. Mafkura muayyan falsafiy, diniy taʼlimotlar asosida yaratiladi, maʼlum ilmiy qarashlar, axloqiy tamoyillarga tayanadi. Mafkura oʻz mohiyati va taʼsir kuchiga koʻra, jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga boʻlib yuborishi, davlatning jahondagi obroʻ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka koʻtarishi yoki tanazzulga du-chor etishi mumkin. Yuksak maqsadlar, bunyodkor gʻoyalarga asoslangan mafkura ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotga turtki boʻladi, maʼnaviyatnn yuksaltiradi, insonlarni ulugʻvor ishlarga safarbar etadi. Ozodlik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik gʻoyalari asosida shakllangan, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan mafkura bunyodkorlik xususi-yatiga ega boʻladi. Hukmronlik, mustabidlik, tajovuzkor, bosqinchilik, ekstremistik, aqidaparastlik gʻoyalari asosida shakllangan, millat va xa-lkdarni asoratga soladigan mafkura vayronkorlik xususiyatiga egadir. Mafkuraning diniy, dunyoviy, milliy, siyosiy va boshqa koʻrinishlari bor. Aksari-yat rivojlangan mamlakatlar xalqdari erkinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik diniy bagʻrikenglik kabi gʻoyalarga asoslangan mafkuraga tayanmoqda. 


  2. Milliy g‘oya- 




1) millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli.

2) Mustaqillik yillarida shakllangan, o‘ziga xos falsafiy asosi, ilmiy-nazariy va tarixiy ildizlarga ega yaxlit ta'limot. Buyuk davlat va jamoat arbobi I.A. Karimov tomonidan yaratilgan ushbu ta'limot mamlakat taraqqiyotining ob’ektiv zarurati, milliy rivojlanishning qonuniy hosilasi sifatida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan xalqimizning maqsad-muddaolari va orzuintilishlarini ifodalaydi.



Milliy g‘oya – u yoki bu millat, xalq, elatning milliy an’analarini, turmush tarzini va tanlab olgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimni va umuman milliy manfaatlarni himoya qiladigan, qo‘llab-quvvatlaydigan, ularni mustahkamlash uchun ko‘maklashadigan qarashlar majmuidan iborat. O‘z tarixi va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalq kelajagini belgilaydi, unga etishning o‘ziga mos yo‘llarini tanlaydi. Ana shu jarayonga xos ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo‘nalishlar bilan barcha g‘oyaviy tamoyillarini ham belgilab oladi. 


  1. Milliy g‘oya, O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining qonuniyatlari 2 turga bo‘linadi. 





Download 22.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati