Milliy armiyaning shakllanishi mustaqil, tinch va



Download 248,6 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.01.2020
Hajmi248,6 Kb.
#33358
Bog'liq
milliy armiyaning shakllanishi mustaqil tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolati


 

MILLIY ARMIYANING SHAKLLANISHI MUSTAQIL, TINCH VA 



OSOYISHTA HAYOTIMIZNING MUSTAHKAM KAFOLATI 

ToshDSHI magistranti  

HAYDAROV ALISHER 

“Vatanimiz  istiqlolini  yanada  mustahkamlash,  uni  himoya  qilish, 

yurtimiz  sha‟ni  –  shavkatini  yuksaltirish,  adolat,  insof   va  diyonat   hukmron 

bo„lgan erkin jamiyat, mehnatkash xalqimizga munosib farovon hayot qurish 

bizning insoniy va fuqarolik burchimizdir”

1

. 

Islom Karimov 

  

Qurolli  Kuchlarning  mamlakat  suvereniteti  va  hududiy  yaxlitligini  saqlash, 



o‗zbek xalqi tinchligini hamda bunyodkorlik mehnatini himoyalash, yosh avlodni 

vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalashdagi  ahamiyatini  inobatga  olib  hamda  1992-yil 

14-yanvarda  mamlakat  hududidagi  harbiy  qism  va  bo‗linmalarning  davlatimiz 

tasarrufiga  o‗tkazilishi  munosabati  bilan  O‗zbekiston  Respublikasining  1993-yil 

29-dekabrdagi qonuniga binoan 14 yanvar yurtimizda ―Vatan himoyachilari kuni‖ 

deb e‘lon qilindi

2



Jahonga ne-ne betakror alloma-yu shoirlarni yetishtirib bergan o‗zbek xalqi 



o‗zining  mashaqqatlarga  to‗la  tarixi  davomida  benazir  sarkardalarni  ham  voyaga 

yetkazdi.  Yurtimizni  bosqinchilardan  muhofaza  qilish  kabi  maqsad  yo‗lida 

zamonaviy  harbiy  talablarga  javob  beradigan  qo‗shinlar  shakllandi.  Jaloliddin 

Manguberdi,  Temur  Malik  singari  jasur  lashkarboshilarning  nomlari  xalqimiz 

yuragidan  joy  oldi.  Ayniqsa,  dunyoda  birinchi  muntazam  armiya  tuzgan  Amir 

Temurning  harbiy  dahosi  yaqqol  ko‗zga  tashlanadi.  Bu  zotning  harb  ilmidagi 

betakror  zakovati  hanuzgacha  jahon  sarkardalari  uchun  saboq  maktabi  bo‗lib 

kelmoqda.  Amir  Temur  o‗z  jangovar  harakatlarini  doimo  bunyodkorlik  bilan 

bog‘liq  holda  olib  borgan.  Chunonchi,  Sohibqiron:  ―Qaydankim  bir  g‘isht  olgan 

bo‗lsam, o‗rniga o‗n g‘isht tikladim‖, deganlar.  

                                                           

1

Karimov I., Milliy armiyamiz — mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir, T., 



2003; 

2

 Ўзбекистон Республикасининг  ―Ватан  ҳимоячилари  кунини  белгилаш тўғрисида‖ги Қонуни. 1993 йил, 29 



декабрь//  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Кенгашининг  Ахборотномаси,  1994  .№1.    Ўзбекистон 

Республикаси ― 14 январь Ватан – ҳимоячилари куни‖деб эълон қилиниши тўғрисида Қонун (1993). 



 

Vatanimiz  mustaqillikka  erishgach,  hech  shubhasiz,  Vatan  va  istiqlolni 



himoya  qilish  uchun  mustaqil  armiya  tuzish  zarurati  tug‘ilgan  edi.  Mamlakatimiz 

Prezidenti,  Qurolli  Kuchlar  Oliy  Bosh  Qo‗mondoni  Islom  Karimov  rahbarligida 

O‗zbekistonning  yangi,  milliy  armiyasi  shakllandi  va  u  kundan-kunga 

takomillashib  bormoqda.  Bizning  armiyamiz  jahondagi  eng  yetuk  armiyalarning 

tajribalarini  o‗rgangan  holda  zamon  talabiga  mos  professional  qo‗shin  sifatida 

shakllanmoqda

3



Prezidentimiz  har  bir  oddiy  askar  harbiy  texnikani  mukammal  egallashi 



barobarida  uning  qalbida,  va  ongida  yuksak  ma‘naviy,  axloqiy  fazilatlar  ham 

mujassam  bo‗lishi  zarurligini  alohida  ta‘kidlaydilar:  ―Yuragida  o‗ti  bor,  oriyatli 

bahodirlarimiz  bugun  ortimda  Vatanim  bor,  el-yurtim,  ota-onam,  sevimli  yorim 

bor,  deb  yovga  mardona  zarba  berishga  tayyor  bo‗lib  turgani  barchamizga  kuch-

quvvat bag‘ishlab, ruhimizni ko‗tarmoqda‖

4



  

Albatta, bu og‘ir va murakkab jarayonlar oson kechgani yo‗q. O‗zbek xalqi 

boshidan  o‗tgan  bu  voqea-hodisalar  zamirida  qanchadan-qancha  iztiroblar, 

yurtimizga  tashqaridan  bo‗ladigan  tazyiqlar  va  tahdidlar  haqida  uzoq  gapirish 

mumkin.  

Biz  bugun  yangi  jamiyat  qurish,  xalqaro  hamjamiyatda  o‗zimizga  munosib 

nufuzli  o‗rin  egallashdek  ulug‘  maqsad  bilan  yashamoqdamiz.  Shu  o‗rinda 

Yurtboshimiz  aytganlaridek  ―Mamlakatimiz  taqdiri  uchun  g‘oyat  muhim 

ahamiyatga  ega  bo‗lgan  bir  haqiqatni  aytish  va  yurtdoshlarimizni  shunga  da‘vat 

etishni  o‗zimning  burchim,  deb  bilaman:  xalqimizning  tinchligi  va  xavfsizligi, 

sarhadlarimiz daxlsizligining mustahkam qalqoni bo‗lmish armiyamiz har jihatdan 

qudratli,  qurol-yarog‘  va  harbiy  mahorat  borasida  hech  kimdan  kam  bo‗lmasligi 

lozim‖

5



Binobarin,  bu  juda  muhim  masala.  Lekin  armiyaning  kuch-qudratini  to‗la 

namoyon  etish  uchun  avvalo  harbiylarimiz,  askar  va  ofitserlarimiz  –  ―Vatan  va 

                                                           

3

 Karimov I., Milliy armiyamiz — mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir, T., 



2003; 

4

 Vatan himoyasi — muqaddas burch. T., 2001; 



5

 Karimov I., Milliy armiyamiz — mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir, T., 

2003; 


 

xalq  o‗z  xavfsizligini  ishonib  topshirgan  mard  o‗g‘lonlarimizning  ma‘naviy-



ma‘rifiy  tarbiyasiga  alohida  e‘tibor  qaratish  eng  dolzarb  vazifamizga  aylanishi 

darkor. Toki ular mana shu keng dalalar, qadrdon qir-adirlar, musaffo osmon, shu 

go‗zal hayotni o‗zi va oilasi, kelajak avlod uchun ham beg‘ubor va boqiy saqlashga 

mas‘ul ekanini teran his eta olsin‖

6



Shubha  yo‗qki,  shaxsiy  tarkibi  ana  shunday  xususiyatlar  va  mustahkam 



iroda sohibi bo‗lgan, eng zamonaviy talab va andozalarga javob beradigan armiya 

qarshisida hech qanday yovuz kuchlar rahna sola olmaydi. 

Mana shunday fikr va g‘oyalarni jamoatchilik o‗rtasida keng targ‘ib-tashviq 

etish  uchun  biz  14-yanvar  sanasini  faqat  harbiy  xizmatchilar  emas,  balki  ayni 

vaqtda  armiya  saflarida  o‗z  burchini  o‗tab  qaytgan  vatandoshlarimiz  va  ertaga 

xizmatga  boradigan  ming-minglab  navqiron  farzandlarimizning  qutlug‘  bayrami 

deb qabul qilishimiz, uni eng ulug‘, eng aziz ayyom - Mustaqillik bayrami singari 

yuksak darajada nishonlashimiz  kerak albatta. 

Shu  bilan  birga  milliy  armiya  tashkil  topgan  bu  sanani  bayram  qilganda, 

Qurolli  Kuchlarning  tamal  toshini  qo‗ygan  insonlarni,  esga  olish  nafaqat  tarixiy, 

ayni  paytda  tarbiyaviy  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  borada,  avvalo  matbuot,  radio-

televideniya,  madaniyat  va  san‘at  namoyandalari,  ijodkor  ziyolilar,  ta‘lim  sohasi 

xodimlari  faollik  ko‗rsatishi,  Vatan  himoyachilari  kuni  erkin  va  ozod  xalqning 

yangi,  muqaddas  bayrami  ekanini  ta‘sirchan  vositalar  orqali  ochib  berishi  zarur 

bo‗ladi.  Zotan,  bayram  ruhi  va  quvonchi  avvalo  odamning  ko‗nglidan,  ichki 

dunyosidan  chuqur  joy  olgan  taqdirdagina  u  haqiqiy  bayramga  aylanadi  va 

alalxusus u odamlar hayotidan joy oladi.  

O‗z-o‗zidan ravshanki, yangi jamiyat qurish bir kunlik ish emas. Zamonlar 

o‗tib  boraveradi,  lekin  davr  qo‗ygan  muammolar,  ularni  yechish  yo‗lidagi  ishlar 

davom  etaveradi.  Shu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  milliy  armiyani  barpo  etish 

masalasi  davlat  va  jamiyat  qurilishining  g‘oyat  muhim,  uzviy  bir  qismi  ekan, 

bugungi  kunda  Qurolli  Kuchlarimiz,  uning  shakllanish  tarixi,  bugungi  hayoti 

                                                           

6

 Karimov I., Milliy armiyamiz — mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir, T., 



2003; 

 

qanday  aks  ettirilayotgani,  bu  xususda  yosh  avlodga  qanday  darslik  va  kitoblar 



orqali qay yo‗sinda ma‘lumot berilayotgani ham doimiy diqqat markazida bo‗lishi 

davlat siyosati darajasida o‗rin egallaydi. 

Ma‘lumki,  hozirgi  paytda  iqtisodiy  jihatdan  qudratli  ba‘zi  davlatlar  o‗z 

armiyasini  qurishda  katta  moliyaviy  sarmoyalar  evaziga,  asosan  chetdan 

yollanadigan harbiylarga tayanadi. Ammo bunday yondashuv bizning davlatimizga 

to‗g‘ri  kelmaydi,  chunki  bizning  armiyamizning  nufuzi  hozirgi  kunda  dunyoning 

qudratli  davlatlar  armiyalari  safidan  joy  olib  ulgurgan.  O‗zbekiston  armiyasi 

dunyoning  eng  qudratli  Qurolli  kuchlari  reytingida  48-o„rindan  joy  olgan. 

Reytingga dunyoning 126 ta davlati kirgan. MDH davlatlari orasida uchinchi o‗rin 

Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa birinchi o‗rinni egallagan. Ushbu reytingni 

tuzishda  50  ga  yaqin  turli  omillar,  jumladan,  qo‗shinlar  soni,  quruqlik,  havo  va 

dengizda  jangovor  harakatlar  olib  borish  uchun  mo‗ljallangan  harbiy  texnika 

miqdori,  mamlakatlar  sarflashi  mumkin bo‗lgani  iqtisodiy  manbalar  va geografik 

joylashuvi hisobga olingan

7

.  Biz  zamonaviy, professional armiyani  barpo  etishda, 



avvalambor,  millati,  tili  va  dinidan  qat‘i  nazar,  shu  yurtning  suvini  ichib,  tuzini 

tatigan,  shu  zaminda  tarbiya  topgan,  voyaga  yetgan  vatanparvar  fuqarolarimizga 

tayanamiz

8



Boshqacha  aytganda,  o‗z  hayotini  armiyasiz  tasavvur  etolmaydigan,  harbiy 

xizmatni  shunchaki  ish  emas,  Vatan  va  xalq  oldidagi  muqaddas  burch,  deb 

biladigan  mard  jangchilarning  og‘ir  va  mas‘uliyatli  mehnati  munosib 

taqdirlanmoqda. 

Hammaga  ayonki,  bugungi  kunda  zamonaviy  armiyada  xizmat  qilish  eng 

zamonaviy  harbiy  texnika  va  texnologiyalarning  sir-asrorlarini  puxta  egallagan 

bo‗lishi,  ayni  vaqtda  yuksak  aql-zakovati,  intellektual  salohiyati,  mustahkam 

irodasi, o‗z xalqiga sadoqati kabi olijanob xususiyat va fazilatlari bilan ham ajralib 

turishi lozim

9



                                                           

7

 ―Globalfirepover.com‖ saytiga tayanib UzDaliy ma‘lum qiladi 04.04.2016. 



8

 Armiya — davlat tayanchi va tinchlik kafolati, T., 2005. 

9

 Armiya — davlat tayanchi va tinchlik kafolati, T., 2005. 



 

Shuni  unutmaslik  kerakki,  har  bir  xizmatchi  -  u  generalmi  yoki  ofitser 



bo‗ladimi,  serjant  yoki  oddiy  askar  bo‗ladimi  -  bundan  qatiy  nazar,  ularning 

barchasi  dunyoda  yagona  bo‗lmish  O‗zbekistonning  farzandlaridir.  Ularning 

zimmasidagi  mas‘uliyatli  va  muqaddas vazifa  ham  bitta  -  Ona  yurtni,  xalqimizni 

ishonchli himoya qilishdan iborat. 

Ma‘naviy  tarbiya  sohasida  oldimizda  turgan  mana  shunday  muhim 

vazifalarni  bajarishda  biz,  avvalo,  el-yurtimizga  fidoiy  va  sadoqatli,  haqiqiy 

vatanparvar,  chuqur  bilim  va  katta  hayot  tajribasiga  ega  bo‗lgan  insonlarga, 

siyosatshunos  va  tarixchi  olimlar,  ijodkor  ziyolilar,  ommaviy  axborot  vositalari 

xodimlari, Qurolli Kuchlarimiz faxriylarga tayanishdir. 

Harbiy  sohani  isloh  qilish  masalasiga  ana  shunday  jiddiy  va  izchil 

yondashuv  farzandlarini  armiya  safiga  kuzatayotgan  ota-onalarning  ko‗nglini 

xotirjam qilishga, Qurolli Kuchlarimizda xizmat qilish har bir yigit uchun faxrli va 

sharafli  burchga  aylanib  qolishiga  qat‘iy  ishonaman.  Shu  bois  o‗z  taqdiri  va 

hayotini Qurolli Kuchlarimiz bilan bog‘lagan yurtdoshlarimizni qadrlash, ularning 

kelajagi  yorug‘  bo‗lishi  uchun  yo‗lini  ochib  berish,  buning  uchun  bor  kuch  va 

imkoniyatlarimizni  safarbar  etish,  xizmatlarini  qadirlash  biz  uchun  sharaf 

bo‗lmog‘i kerak albatta. 

Xulosa o‗rnida aytadigan bo‗lsam yillar o‗tadi, zamonlar o‗tadi, ammo, hech 

shubhasiz,  milliy  armiyamizni  tashkil  etish  bilan  bog‘liq  jarayonlar  mustaqil 

O‗zbekistonning  solnomasida,  yangi  tarix  sahifalarida  o‗chmas  harflar  bilan 

yoziladigan  buyuk  voqealardan  biri  bo‗lib  qoladi.  Bularning  barchasi  pirovard 

natijada  milliy  armiyamizni  yoshlarning  irodasini  toblaydigan,  ularga  oila  va 

maktabda olib  ulgurmagan  bilim  va  tarbiyani  o‗rgatadigan, o‗z  Vatani  va  xalqiga 

sadoqat, jasorat va matonat maktabiga, har birimiz uchun faxr va iftixor manbaiga 

aylantirish muqarrar. Buni men O‗zbekiston Qahramoni shoir Abdulla Oripovning 

Vatan madhi uchun yozilgan juftligi bilan ifodalab o‗tmoqchiman. 

 

Do‗stim, haq deganni qo‗llagin faqat, 



Parvoz qilar bo‗lsa - osmoni bo‗lgil. 

 

Yovuzlikka qarshi qudrating ko‗rsat,    



Mudom ezgulikning posboni bo‗lgil! 

Download 248,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish