«mikroiqtisodiyot»



Download 0,55 Mb.
bet1/16
Sana16.12.2019
Hajmi0,55 Mb.
#30521
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2 5280882201347490945

« MIKROIQTISODIYOT »

FANIDAN AMALIY MASHG`ULOTLARNI O`TKAZISH UCHUN USLUBIY QO`LLANMA

Farg` ona -2019 yil


1-MAVZU. Kirish. Kurs predmeti va vazifalari.

Reja:

1. Mikroiqtisodiyotni qo’llash va uning chegaralari

2. Kursning mazmuni, predmeti va boshqa fanlar bilan bog’liqligi

3. Fanning axborot manbalari va o’rganish uslublari

Iqtisodiyot fani kishilarning moddiy ehtiyojini maksimal darajada qondirish maqsadida cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish va uni boshqarish muammolarini, kishilaming moddiy nematlar ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimlash va ularni Iste'mol etish jarayonlaridagi munosabatlarini o'rgatadi. Tarkibiy jihatdan bu fan "Mikroiqtisodiyot" va "Makroiqtisodiyot" qismlarga bo'linadi.

Xar qanday jamiyatdagi kishilarning asosiy maqsadi o'zining yashash sharoitini yaxshilash, erkin va baxtli hayot kechirishdan iborat. Ana shu buyuk maqsadni bajarish yo’lida kishilar har doim tabiat va jamivat bilan kurashib kelgan. Lekin ularning bu harakati doimo cheklangan doirada amal qilgan, chunki insoniyatning o'zi cheklangan imkoniyatlar dunyosida yashab kelmoqda. Bunga asosiy sabab esa, mavjud resurslarning cheklanganligidir.

Shuning uchun ham jamiyat va undagi har bir shaxsning asosiy vazifasi chieklangan resurslardan maqsadga muvofiq foydalanishni ta’minlaydigan yo'nalishlarni tanlash va maksimum natijalarga erishishdan iborat.

"Mikroiqtisodiyot" fani ushbu muammolarni alohida bozor subyektlari, korxonalari miqyosida hal etish yo'llarini o'rganadi. Bunda tahlil uchun bozor subyektlari olinib. Ulardagi daromadlar va harajatlar, ishchilar soni va ularning ish bilan ta’minlanganligi, ishlab chiqarayotgan mahsulotlar miqdori, ularning bahosi va shu kabi qator boshqa iqtisodiy ko'rsatkichlari tahlil etilib, tegishli qarorlar qabul qilinadi. Obrazli qilib aytish mumkinki, "Makroiqtisodiyot" fani butun bir o'rmonni o'rgansa, "Mikroiqtisodiyot" fani u erdagi har bir daraxtlarni, ularni ildizi, mevasi, tana tuzilishlarini o'rganadi.

Bu fanning diqqat markazida quyidagi vazifalar turadi. Iste’molchi hatti- harakati, alohida tovarlar va alohida bozordagi narxlar, konkret resurslarni taqsimlash usullari va boshqalar. Bundan tashqari korxona. firmalar mavjud cheklangan imkoniyatlar sharoitida quyidagi uch asosiy vazifani hal etish yo'llarini tushunishga yordam beradi:

—nima va qancha ishlab chiqarish;

—qanday ishlab chiqarish;

—kim uchun ishlab chiqarish.

"Mikroiqtisodiyot" fani ular faoliyatini tahlil etishda, xulosalar qilishda va zarur bo'lgan qarorlar qabul qilishda turli usullardan foydalanadi. Bu usullaming asosini "dialektika" usuli tashkil etadi.

"Dialektika" usuli barcha hodisa va voqealarni doimiy taraqqiyotida va o'zaro aloqadorlikda o'rganish zarurlgini taqozo etadi. Bunda "analiz", "sintez", "indukciya" va "dedukciya" usullaridan fovdalaniladi. " Analiz" ya’ni tahlil usulidan foydalanishda hodisalarni mayda bo'laklarga ajratib ularni tadqiq etilsa, "sintez" usulida hodisalarning mayda elementlarini birlashtirish asosida xulosa qilinadi. "Indukciya" usulida ayrim dalillar asosida unuimiy xulosa qilinadi, "deduksiya” usulida umumiy qoidalar asosida ayrim xulosalar qilinadi.


Mashulotning maqsadi:

1. "Mikroiqtisodiyot" fani predmetini organish.

2. "Mikroiqtisodiyot" va "Makroiqtisodiyot" o'rtasidagi farqni tushuntirish.

3. "Mikroiqtisodiyot" fani hal etadigan uchta vazifa (muammo)ni organish.

4. Fanning o‘rganish usullarini tahlil etish.
Asosiy termin va tushunchalar.

Quyidagi keltirilgan ta’riflarga mos keluvchi termin va tushunchalarni toping:
1.Iqtisodiyot fanining bir qismi bo'lib butun xalq xo'jaligi yoki uning tarmoqlaridagi iqtisodiy qonuniyatlarni, xalq xo'jaligidagi davlat kooperativ, xususiy va shu kabi sektorlarning iqtisodiy faoliyatini o'rganadi.

2.Iqtisodiy qonuniyatlarning real dalillar asosida tushuntirish va shular asosida umumiy xulosaga ega bo'lish usuli.

3."Iqtisodiyot" fanining bir qismi bo'lib, fan sifatida alohida subyektlar, (korxona, firma, uy xo'jaligi) faoliyatini keng miqyosda tahlil etish asosida tegishli xulosalar qilib qarorlar qabul qiladi.

4.Oldindan ko'ra bilish, o'z bilimi, hajmi va xulosalariga, tasodifiy kuzatishlarga asoslangan iqtisodiy prinsiplarga asoslanib. ayrim xulosalar ishlab chiqish usuli.

5.2 turdagi holatlar orasidagi sistemali va o'zaro bog'liq aloqa.

1. Makroiqtisodiyot.

2. lnduksiya.

3. Mikroiqtisodiyot.

4. Dedukciya.

5. Korrelyasiya.

2-mAVZU: Iqtisodiy basis tushunchalar.
Reja:
1. Iqtisodiy ehtiyojlar va ularning cheksizligi

2. Iqtisodiy resurslar hamda ularning cheklanganligi

3. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ularning o’zgarishlari

4. Iqtisodiyotda tovarlar oqimi modeli

5. Bozor iqtisodiyoti va uning amal qilish sharoitlari
Bozor - bu sotuvchilar va haridorlar o'rtasidagi mahsulot sotish va sotib olish bo'yicha erkin munosabatlar tizimidir.

Ehtiyoj – insonni, korxonani faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan barcha narsalar. Ehtiyoj – bu insonlarni iqtisodiy faoliyat bilan shuullanishiga undaydigan ichki kuch.

Iqtisodiy ne’mat – ehtiyojni qondirish vositasi. Ne’matlar cheklangan va cheklanmagan bo’lishi mumkin. Cheklangan ne’matlarga tovarlar, xizmatlar va resurslar kiradi (avtomobil, kiyim-kechak, non, paxta tolasi va boshqalar). Cheklangan ne’matlar iqtisodiy ne’matlarni tashkil qiladi. Cheklanmagan ne’matlarga misol tariqasida havo va suv kirishi mumkin.

Ne’matlar noyobligi deganda - iqtisodiy sub’yektlardagi mavjud ne’matlar zahirasining shu ne’matlarga ehtiyoj sezgan haridorlarning talablarini yetarli darajada qondira olmasligi tushuniladi.

Bir-birini ornini bosuvchi ne’matlar - bu bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne’matlardir. Masalan, shaxsning go'sht mahsulotiga bo'lgan ehtiyojini mol go'shti, qo’y go'shti yoki parranda go'shti bilan qondirish mumkin. Odatda, bir-birini bosuvchi tovarlardan biri narxining oshishi, boshqasiga bo'lgan talabning oshishiga olib keladi.

Ozaro bir – birini toldiruvchi ne’matlar – bu shaxsni yoki ishlab chiqarish ehtiyojini kopmlektlarda qondiradigan ne’matlar. Toldiruvchi ne’matlardan biriga talab oshsa, qolganlariga ham talab oshadi.

Ne’matlar noyobligi - bu biror tovar yoki resurs hajmining ma’lum vaqt oraliida chegaralanganligidir.

Cheklangan ne’matlarni iqtisodiy sub’yektlar ortasida ratsional taqsimlashni amalga oshirish uchun har qanday jamiyat quyidagi uchta iqtisodiy savolga javob berishi kerak:



Nima ishlab chiqarish kerak?

Qanday ishlab chiqarish kerak?

Kimga ishlab chiqarish kerak?

Naflilik – iqtisodiy ne’matlar orqali shaxs ehtiyojini qondirish darajasi. Ne’mat inson ehtiyojini qancha tolaroq qondirsa uning nafligi shuncha yuqori boladi.

Iqtisodiy resurslar – ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar yoki ishlab chiqarish omillaridir.

Ishlab chiqarish omillari cheklangan bolib, ularga mehnat, kapital, materiallar (xom ashyo, butlovchi qismlar, elektr energiya, gaz, suv va hokazo), yer resursi kiradi.



Tadbirkorlik qobiliyati, boshqaruv qobiliyati, axborot – biror ob’ekt togrisida va unda bolayotgan jarayonlar togrisidagi ma’lumotlar.

Harajatlar – mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan sarflar.

Alternativ harajatlar – tanlashda voz kechilgan eng yaxshi al’ternativ variantdan olinadigan natija (qiymat, foyda, naflik). Al’ternativ qiymatni foydalanilmagan imkoniyat deb ham qarashadi: biror ne’mat qiymatini voz kechilgan boshqa bir nechta ne’mat qiymati bilan ifodalanishi.

Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizigi – mavjud bo'lgan ishlab chiqarish resurslaridan to’liq va samarali foydalanish orqali ishlab chiqariladigan tovarlar kombinatsiyasini ifodalovchi chiziq.

Iqtisodiy osish - ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar miqdorini oshirish yoki texnologiyani takomillashtirish orqali jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish.

Firma– jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan shuullanuvchi iqtisodiy sub’yekt.

Institutlar – iqtisodiy sub’yektlar harakatini cheklovchi, ularning o'zaro munosabatlarini tartibga soluvchi me’yorlar, qoidalar hamda ushbu me’yor va qoidalarni bajarilishini nazorat qilish mexanizmlari.

Narx – bir birlik tovarni sotib olish uchun to’lanadigan pul miqdori.

Mavzuga doir masalalar.
1. Hindistonlik bir muhojir ish yuzasidan Fransiyaga bormoqchi. Hindistondan Fransiyaga samolyot va poyezd reyslari har kuni mavjuddir. Fransiyagacha bo'lgan masofani samolyot 8 soatda, poyezd esa 9 kunda bosib o'tadi. Agar Hindistonlik samolyotda borishni ihtiyor etsa parvoz vaqti uning ish vaqtiga to'g'ri kelganligi bois, bir ish kunidan mahrum bo'ladi. Poyezdda boradigan bo'lsa, muhojirning ish kuni dushanbadan jumagacha ekanligini inobatga olsak, u har bir ish kuni uchun 50 ming som pul mablaini olishdan mahrum boladi. Agar, samolyot chiptasi 900 ming som, poyezd chiptasi esa 500 ming som bolsa, muhojir uchun maqbul variant aniqlansin.
Yechimi:

Muhojir Fransiyaga samolyotda borishni ihtiyor etsa kamida 900 ming som pul mablai sarflaydi. Agar u poyezdni tanlasa 9 kunlik safari davomida ko'pi bilan 7 kun ishlashini inobatga olsak, poyezdda ketish unga ko'pi bilan 500+7×50=850 ming somga aylanadi. Bundan ko'rish mumkinki, muhojir uchun poyezdda ketish eng maqbul variantdir.



Javob: Poyezdda ketish.
2. Robinzon kimsasiz orolda istiqomat qiladi. Kun davomida u kokos va baliq ovi bilan shuullanib hayot kechiradi. Agar Robinzon bir soatlik vaqtini kokos terimiga sarflasa 10 ta kokos yonoi yoki xuddi shu vaqt oraliida 5 kg baliq ovlashi mumkin. Robinzon bir kunda 8 soat mehnat qilishini inobatga olsak, Robinzonning bir kunlik ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i grafikda aks ettirilsin va ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i formulasi aniqlansin.
Yechimi:

Mahsulot ishlab chiqarish variantlarini aniqlaymiz: Robinzon 8 soat davomida kokos yonoi terimi bilan mashul bo'lsa u holda 80 ta kokos tera oladi, lekin baliq ovlay olmaydi. Agar u 8 soatning bir soatini baliq ovlashga sarflasa 70 ta kokos yonoi va 5 kg baliq ovlaydi. Robinzonning bir kunlik ishlab chiqarish variantlari quyidagi jadvalda keltirilgan:






Ishlab chiqarish variantlari

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Kokos

80

70

60

50

40

30

20

10

0

Baliq

0

5

10

15

20

25

30

35

40



Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i

Robinzon bir soat kokos yiishdan voz kechsa u 10 ta kokos yonoidan voz kechgan bo'ladi, lekin u qo'shimcha 5 kg baliq ovlaydi. Demak, 10 ta kokos yonoining al’ternativ qiymati 5 kg baliqqa teng.

Robinzonning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i formulasini aniqlaymiz. Robinzon bir kunda L soat ishlaydi deylik. Shundan Lb soatni baliq ovlashga, Lk soatni kokos yonoi yiishga sarflaydi.

Demak, Lb+ Lk=8 (1).

Robinzonning kokos yonoi va baliq ishlab chiqarish funksiyalarini yozamiz:

K=10× Lk B=5×Lb (2)

Bu erda: K – kokos miqdori (donada);

B – baliq miqdori (kg.da)

(2)-chi formulalardan Lk va Lb larni aniqlaymiz

Robinzon bir soat kokos yig’ishdan voz kechsa u 10 ta kokos yong’og’idan voz kechgan bo’ladi, lekin u qo’shimcha 5 kg baliq ovlaydi. Demak, 10 ta kokos yong’og’ining al’ternativ qiymati 5 kg baliqqa teng.

Robinzonning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i formulasini aniqlaymiz. Robinzon bir kunda L soat ishlaydi deylik. Shundan Lb soatni baliq ovlashga, Lk soatni kokos yong’og’i yig’ishga sarflaydi.

Demak, Lb+ Lk=8 (1).

Robinzonning kokos yong’og’i va baliq ishlab chiqarish funksiyalarini yozamiz:

K=10× Lk B=5×Lb (2)

Bu erda: K – kokos miqdori (donada);

B – baliq miqdori (kg.da)

(2)-chi formulalardan Lk va Lb larni aniqlaymiz


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish