Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq to‘lovini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 42,7 Kb.
Sana01.03.2020
Hajmi42,7 Kb.
#41270
Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq to‘lovini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari
Mikrofirmalar va kichik korxonalar, yagona soliq to‘lovini to‘lashni nazarda tutadigan soliq solishning soddalashtirilgan tartibini yoki umumbelgilangan soliqlar to‘lashni tanlashga haqli.

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, oilaviy korxonalar va lotereyalar tashkil qilish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslar faqat soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qollashga haqli.Prezidentimizning 2012 yil 18 iyuldagi PF-4455-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda umumbelgilangan soliqlarni to’lovchi mikrofirmalar va kichik korxonalarni (aksiz to’lanadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib oluvchilardan tashqari) byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga va Respublika yo’l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to’lovchilar toifasidan chiqarildi.

Faoliyat ko‘rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tish uchun keyingi hisobot davri boshlanishiga kamida bir oy qolganda, yangi tashkil etilgan mikrofirmalar va kichik korxonalar esa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmasdan soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda xabardor etadi.

Mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda hisobot davri tugaganidan so‘ng o‘n kun ichida davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilinadigan yozma bildirish asosida keyingi hisobot davridan boshlab umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tadi.

Hisobot yili tugashi bilan belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelmaydigan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar davlat soliq xizmati organlariga yillik moliyaviy hisobot taqdim etish muddatidan kechiktirmay taqdim etiladigan yozma bildirish asosida keyingi hisobot yilidan boshlab umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tadi. Хodimlar soni mezoniga mos kelmaydigan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar yagona soliq to‘lovini to‘lash huquqidan mahrum bo‘lgan o‘tgan hisobot yili uchun umumbelgilangan soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblar asosida yagona soliq to‘lovi yuzasidan qayta hisob-kitobni amalga oshiradi.

Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha qayta hisob-kitob o‘tkazish uchun yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar yil yakunlari bo‘yicha yagona soliq to‘lovi hisob-kitobini taqdim etish muddatidan kechiktirmay soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagilarni taqdim etadilar:

Soliq kodeksida nazarda tutilgan shaklda va tartibda umumbelgilangan soliqlarning har bir turi bo‘yicha hisob-kitoblarni;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda hisoblab chiqarilgan umumbelgilangan soliqlar summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani.

Umumbelgilangan soliqlar summasi hisoblangan yagona soliq to‘lovi summasidan oshib ketgan taqdirda oshgan summa byudjetga to‘lanishi lozim.

Hisoblangan yagona soliq to‘lovi summasi umumbelgilangan soliqlar summasidan oshib ketgan taqdirda, byudjet bilan qayta hisob-kitoblar amalga oshirilmaydi.

Agar Soliq kodeksda nazarda tutilgan shaklda va tartibda umumbelgilangan soliqlarning har bir turi bo‘yicha hisob-kitoblar va DSQ tomonidan belgilangan shaklda hisoblab chiqarilgan umumbelgilangan soliqlar summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma:

-yil yakunlari bo‘yicha yagona soliq to‘lovi hisob-kitobini taqdim etish muddatidan kechiktirmay taqdim etilsa, moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmaydi;

-yil yakunlari bo‘yicha yagona soliq to‘lovi hisob-kitobini taqdim etish muddatidan kechiktirib taqdim etilsa, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.

Alohida-alohida hisob yuritish

Тurli soliq solish ob’ektlari va (yoki) yagona soliq to‘lovi stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar shu faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda soliq to‘lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lashlari kerak. Bunda boshqa daromadlarga asosiy (soha) faoliyat turi uchun belgilangan yagona soliq to‘lovi stavkalari bo‘yicha soliq solinadi.

Lotereya o‘yinlarini tashkil qilish faoliyati bilan birga boshqa faoliyat turlarini amalga oshiradigan yuridik shaxslar ushbu faoliyat turlari bo‘yicha quyidagilarni to‘laydi:

-agar ular mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirsa - yagona soliq to‘lovini yoki umumbelgilangan soliqlarni;

-agar ular mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmasa, -umumbelgilangan soliqlarni.

Maxsus qoidalar

Umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar, kamida o‘n ikki oydan so‘ng yagona soliq to‘lovini to‘lashga qayta o‘tishga haqlidir.

Yagona soliq to‘lovini to‘lashdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan soliq to‘lovchilar umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tilgan birinchi chorak uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i hamda mol-mulk solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinadi.

Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar yagona soliq to‘lovi to‘lash muddatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil muddatga kechiktirish huquqiga ega, kechiktirilgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda imtiyozli davr tugaganidan so‘ng o‘n ikki oy ichida teng ulushlar bilan to‘lanadi (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari) bundan mustasno.

Agar yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar Soliq kodeksning 199-moddasiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan oborotni amalga oshirsalar, qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy asosda to‘lashlari mumkin. Yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tish uchun hisobot davri boshlanishidan kamida bir oy oldin, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar esa, o‘z faoliyatini amalga oshirishni boshlaguniga qadar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yozma bildirish taqdim etadi.

Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni rad etish keyingi soliq davri boshlanguniga qadar bir oydan kechiktirmay soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda taqdim etiladigan yozma bildirish asosida faqat navbatdagi soliq davrining boshidan amalga oshirilishi mumkin.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash Soliq kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar - yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bo‘yicha ijaraga olingan yer uchastkalari uchun byudjetga ijara haqi to‘lashdan ozod qilinadi, umumbelgilangan soliqlar to‘lanadigan faoliyat turlarida foydalanilayotgan yer uchastkalari bundan mustasno.


5. Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar va preferensiyalar


  • Yagona soliq to‘lovini to‘lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941–1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar ozod qilinadi, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Ko‘rsatilgan imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo‘lgan xodimlar kiritiladi.

  • Yangi tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini bir yilga kechiktirish, kechiktirilgan summani imtiyozli davr tugagandan keyin teng ulushlarda 12 oy davomida to‘lash huquqi berilgan.

  • Yagona soliq to‘lovini to‘laydigan mikrofirma va kichik korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan yer maydonlari uchun byudjetga ijara haqi to‘lashdan ozod qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq quyidagilar belgilandi:

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007 yil 19 sentabrdagi PF-3923-sonli Farmonida belgilangan aholiga pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) tibbiyot muassasalari berilgan soliq imtiyozlari 2018 yil 1 yanvargacha uzaytirildi. Bunda, barcha turdagi soliqlar va Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda Тa’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etildi. Bo‘shaydigan mablag‘lar tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashga maqsadli ravishda yo‘naltirilishi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi PQ-325-sonli Qarorida belgilangan soliq imtiyozlari amal qilish muddati yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovidan ozod qilingan. Ushbu imtiyozlar muddati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-sonli qaroriga muvofiq 2014 yil 1 yanvargacha hamda 2012 yil 10 maydagi PQ-1754-sonli qaroriga ko‘ra 2017 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi quyidagi xizmatlarga tadbiq etiladi:

- moliya, bank xizmatlari (lizing, sug‘urta, audit, buxgalteriya hisobini yuritish xizmatlari, mikrokreditlash xizmatlari);

- maishiy xizmatlar (poyafzal va teri mahsulotlarini ta’mirlash, soatlarni ta’mir qilish, maishiy elektron va elektr uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish (televizor, audiovideoapparatlar, kompyuter, printer, muzlatkich, konditsionerlar va boshqalar);

- boshqa xizmat turlari (veterinariya, ta’lim, shu jumladan, kompyuterda ishlashga o‘rgatish, bolalar sport muassasalari va seksiyalar xizmatlari, bolalar, nogironlar, keksalarga qarash bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar, riyeltorlik xizmatlari).

- sanatoriylar, axborot-resurs markazlari, bolalar sog‘lomlashtirish muassasalari, axborot-kutubxona markazlari, shuningdek, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari xizmatlari;

- soliq maslahatchilari xizmatlari.

Quyidagilar 2012 yilning II choragidan boshlab:

- qishloq joylardagi mahallalar hududida maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (sartaroshlar, tikuvchilar, poyafzal maishiy texnika ta’mirlash bo‘yicha ustalar va boshqalar) qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan 3 yil muddatga;

- qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi asosida barpo etilayotgan massivlarda tashkil qilinayotgan kirxonalar xizmatlarini ko‘rsatadigan mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tegishli ravishda yagona soliq to‘lovi hamda qat’iy belgilangan soliq to‘lovini to‘lashdan 5 yil muddatga ozod etildi.

- 2012 yilning II choragidan boshlab, agar imtiyozlar berilgan xizmat turlarini ko‘rsatishdan tushgan tushum umumiy tushum hajmida 80 va undan yuqori foizni tashkil etsa, foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar mikrofirma va kichik korxonalarning barcha daromadlariga tatbiq etiladi.

Хizmat ko’rsatish sohasini YaIMdagi ulushini 2016 yilda 55 foizga yetkazish maqsadida 2013 yil 17 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013-2016 yillarda qishloq joylarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g‘risida”gi PQ-1957-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi PQ-325-sonli qarori bilan belgilangan soliq imtiyozlari tatbiq etiladigan xizmatlar ro’yxati (2012 yil 10 maydagi PQ-1754-sonli qarorning 5-ilovasi)ga qo’shimchalar kiritildi. Shu tariqa, 2017 yil 1 yanvargacha quyidagi xizmatlarni ko’rsatayotgan yuridik shaxslar foyda solig‘i va yagona soliq to’lovidan ozod etildi:

• qishloq joylarda ko’rsatiladigan sartaroshlik va go’zallik saloni xizmatlari;

• qishloq joylarda ko’rsatiladigan kiyim-kechak tikish va ta’mirlash bo’yicha xizmatlar;

• yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun solinayotgan qishloq mavzelarida tashkil etilayotgan kir yuvish bo’yicha korxonalar xizmatlari;

• yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun solinayotgan qishloq mavzelarida tashkil etilayotgan kiyimni kimyoviy usul bilan tozalash (ximchistka) korxonalari xizmatlari;

• qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joy qurish bo’yicha qurilish xizmatlari;

• qishloq joylarda yo’l infratuzilmasi komplekslari xizmatlari;

• qishloq joylarda ko’rsatiladigan kompyuter dasturlash bo’yicha (shu jumladan, maslahatga oid) xizmatlar.



Mikrofirma va kichik korxonalarga soliq yukini yengillashtirish va ularning mamlakat YaIMdagi ulushini yanada oshirish maqsadida, yagona soliq to’lovi stavkasining pasayishi natijasida xizmat ko’rsatish sohasining mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi yildan yilga ortib borishini ta’minladi.


-rasm. Хizmat ko‘rsatish sohasini mamlakat YaIM dagi ulushi % va

yagona soliq to‘lovi stavkasini pasayish tendensiyasi1
10.7-rasm ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkinki, yagona soliq to’lovi stavkasi 2005 yilda 13 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2014 yilda ushbu stavka 6 foizni tashkil etib, 2005 yilga nisbatan 2,5 barobarga kamaygan. Shuningdek, xizmat ko’rsatish sohasining mamlakat YaIMdagi ulushi 2005 yilda 38,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2012 yil yakunlari bo’yicha 52 foizni tashkil etgan yoki 1,4 barobarga o’sgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007 yil 19 sentabrdagi PF-3923-sonli Farmoniga muvofiq, aholiga pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) tibbiyot muassasalari 2018 yil 1 yanvargacha barcha turdagi soliqlar va Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda Тa’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etildi. Bo‘shaydigan mablag‘lar tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashga maqsadli ravishda yo‘naltirilishi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Хalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2010 yil 30 martdagi PF-4210-sonli Farmoniga muvofiq, uy sharoitida xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan shaxslar tomonidan qat’iy belgilangan soliqni to‘lash yuzasidan soliq imtiyozining amal qilish muddati “Hunarmand” uyushmasi a’zolari - yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2014 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi.

Хulosa qilib aytish mumkinki, yuqorida ta’kidlangan Farmon va Qarorlarning qabul qilinishi va ijtimoiy hayotga tatbiq etilishi, o‘z navbatida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yurtimiz iqtisodiyotidagi ulushini yanada ko‘payishiga, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga, tadbirkorlik faoliyati erkinligini va ko‘lamini yanada oshirishga, tadbirkorlik sub’ektlarida soliq tekshiruvlarini qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish hamda nazorat organlarining tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini yanada kamayishiga, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish va mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirishda kichik biznes sub’ektlarining faol ishtirok etishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

Ma’lumki, hozirgi vaqtda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari har chorakda faqat bitta soddalashtirilgan statistik hisobotni taqdim etadilar, moliya hisoboti esa yiliga bir marta taqdim etiladiSo‘nggi yilning o‘zidagina 65 turdagi ruxsat berish tartib-taomillari bekor qilindi.

Shu bilan birga statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarning mavjud tizimi katta bo‘lib, tubdan soddalashtirishni va isloh qilishni talab etadi. Ko‘p miqdordagi litsenziya talablari va ruxsat berish tartib-taomillari iqtisodiyotni yanada liberallashtirish borasida o‘tkazilayotgan siyosatga hamda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos kelmaydi, ko‘pincha davlat yo‘li bilan tartibga solishning boshqa vositalarini takrorlaydi.

Bozor iqtisodiyoti talablariga, xalqaro me’yorlar va standartlarga muvofiq, byurokratik g‘ovlarni bartaraf etish, litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish hamda soddalashtirish, hisobot tizimini va hisobotlarni taqdim etish tartibini tubdan takomillashtirish hisobiga ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4453- sonli Farmoni qabul qilindi.

Ushbu farmonga muvofiq quyidagilar belgilandi:

-2012-yilning 1 avgustidan boshlab ruxsat berishga oid 80 ta tartib-taomilni (ularning umumiy miqdoriga nisbatan 26 foiz), shuningdek, litsenziyalanadigan faoliyat turlarining 15 tasini (umumiy miqdoriga nisbatan 20 foiz), bekor qilish va birlashtirish hisobiga bekor qilish belgilandi;

-2012-yilning 1 avgustidan boshlab, ro‘yxat bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi. Bunda mazkur faoliyat turlarini amalga oshirish uchun avval berilgan litsenziyalarning amal qilish muddatlari cheklanmagan, deb hisoblanadi. Xususan:

- noshirlik faoliyati;

- qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish;

- arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish;

- magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash.

Bunda, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ilgari ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda arizalar takroran taqdim etilgan taqdirda yangi asoslar bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalar berishdan bosh tortish taqiqlanadi.



2013-yil 1 yanvardan boshlab quyidagi tartiblar o‘rnatildi:

-barcha soliq turlari va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha oyma-oy soliq hisobotini taqdim etish bekor qilinadi, qo‘shimcha foyda solig‘i bundan mustasno;

-mikrofirmalar yillik statistik hisobot taqdim etadilar, bunda statistika organlari har chorakda tegishli faoliyat yo‘nalishlari va sohalari bo‘yicha tanlanma o‘rganishlar o‘tkazadi.

Shuningdek, ushbu farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi vazifalar belgilandi:

- tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar va ruxsatnoma xarakteridagi hujjatlarni olishga to‘lanadigan yig‘imlarning miqdorlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish hamda ularning kamida ikki barobar arzonlashtirilishi bo‘yicha qarorlar qabul qilish;

-2014-yilning oxiriga qadar barcha tadbirkorlik sub’ektlarini statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga to‘la hajmda bosqichma-bosqich o‘tkazilishini, shuningdek, 2012-2016 yillar mobaynida ariza beruvchilarga arizalarning o‘tish jarayonini interaktiv kuzatish imkoniyatini yaratgan holda litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun internet tarmog‘i orqali arizalarni berishning elektron shakllari joriy etilishini ta’minlash belgilandi;

-O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda internet tarmog‘ida yagona veb-sayt yaratib, unga litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillari ro‘yxatini, litsenziya va ruxsatnomalar olish uchun talab qilinadigan hujjatlar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, tegishli faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziya va ruxsatnomalar olgan tadbirkorlik sub’ektlari to‘g‘risidagi doimo yangilanib turadigan ma’lumotlarni joylashtirish.
6. Yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish, uning

hisob-kitoblarini taqdim etish va uni to‘lash tartibi
Yagona soliq to‘lovi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Yagona soliq to‘lovi quyidagi formulaga muvofiq yalpi tushumdan hisoblanadi:


YaSТS = (YaТ - ChS) x S

bunda: YaSТS - yagona soliq to‘lovi summasi;



YaТ - yalpi tushum;

ChS - yalpi tushumdan chegiriladigan summalar;

S - soliq stavkasi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun yagona soliq to‘lovi summasi byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga, lekin yagona soliq to‘lovi summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kamaytiriladi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lashga kalendar yil boshidan e’tiboran o‘tmagan to‘lovchilar yagona soliq to‘lovi summasini qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblab chiqarilgan hisobot davriga to‘g‘ri keladigan summaga kamaytiradi.

Yagona soliq to’lovining hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa - yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra soliq solishning sodalashtirilgan tartibini qo‘llovchi mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan Davlat soliq xizmati organlari va statistika qo‘mitasiga har chorakda buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnomani taqdim etadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4453-sonli Farmoniga muvofiq quyidagilar belgilandi:

- 2012 yil III-chorakdan boshlab, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan “Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma (2a-sonli shakl)ni” taqdim etish tartibi bekor qilindi. Ushbu ma’lumotlar statistikaga organlariga taqdim etiladigan Buxgalteriya balansiga ilova qilinadigan muddati o‘tgan qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotda ko‘rish mumkin.

- 2013 yil 1 yanvardan boshlab, yagona soliq to‘lovini to‘lovchi barcha korxonalar tomonidan yagona soliq to‘lovining hisob-kitobini har chorakda taqdim etish tartibi belgilandi.

Yagona soliq to’lovi quyidagicha to’lanadi:

mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay;

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan - har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa - yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay. Yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan tushum soliq to‘lovchining yalpi tushumiga to‘liq miqdorda qo‘shiladi.

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan foyda solig‘ining summasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida yagona soliq to‘lovini to‘lash chog‘ida hisobga olinadi.

Тo‘lov xabarnomasi, chet davlat soliq organining ma’lumotnomasi yoki chet elda soliq to‘langanligi faktini tasdiqlovchi boshqa hujjat chet elda to‘langan foyda solig‘ining summasini hisobga olish uchun asos bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-son "O‘zbekiston Respublikasining 2013 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida"gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 3 martda 2203-son bilan ro‘yxatga olingan Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdorikiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq 2013 yildan boshlab yagona soliq to’lovi to’lovchi barcha shaxslar uchun (chakana savdo korxonalaridan tashqari) yagona soliq to’lovining (keyingi o‘rinlarda YaSТ deb yuritiladi) eng kam miqdorini hisoblash uchun yagona baza – ular egallab turgan yer uchastkasi maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadigan yer solig‘ining 3 karra miqdoridagi summasi belgilangan.

Unga muvofiq, 2011 yilning 1 iyulidan boshlab YAST to’lovchilari YaSTni O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tegishli yil uchun tasdiqlangan stavkalar bo’yicha, lekin eng kam miqdordan - egallab turgan yer maydonidan kelib chiqib, ushbu Nizomning 1-ilovasida ko’rsatilgan pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda hisoblab chiqarilgan yer solig’ining uch baravaridan kam bo’lmagan miqdorda to’laydilar.

Ushbu Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

a) YaSTni Yagona soliq to’lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to’lovini hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga (ro’yxat raqami 2449, 2013 yil 4 aprel) muvofiq chakana savdoni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to’lanadigan qat’iy belgilangan soliq miqdoridan kam bo’lmagan miqdorda to’laydigan chakana savdo korxonalariga;

b) quyidagi yuridik shaxslarga:

YAST to’lovchisi bo’lmaganlarga;

YAST to’lashdan to’liq ozod etilish ko’rinishida imtiyozga ega bo’lganlarga;

ixtiyoriy tugatish to’g’risida qaror qabul qilinganlarga nisbatan;

v) oilaviy korxonalar.

YaSTning eng kam miqdorini hisoblab chiqarishda yuridik shaxslar tomonidan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalari hisobga olinadi, bundan quyidagilar mustasno:

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 280-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solish obyekti sifatida qaralmaydigan yer uchastkalari;

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 282-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari;

O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan tenglik asosida diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari.

Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalanganda YaSTning eng kam miqdori soliq to’lovchi tomonidan foydalanilayotgan yer uchastkasi maydoniga to’g’ri keluvchi ulushdan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan yer solig’i summasidan hisoblanadi.

Agar alohida bino bir nechta yuridik shaxs balansida turgan bo’lsa, YaSTning eng kam miqdori soliq to’lovchi balansida turgan xonalar maydoniga mutanosib ravishda hisoblab chiqarilgan yer solig’i summasidan kelib chiqib hisoblanadi.

Agar yuridik shaxs tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun binoni yoki binoning bir qismini ijaraga olsa, YaSTning eng kam miqdori mazkur yuridik shaxs tomonidan ijaraga olingan xonalar maydonidan kelib chiqib hisoblanadi. Agar yuridik shaxs ko’p qavatli binoning bir qismini ijaraga olsa, YaSTning eng kam miqdori bino egallagan umumiy yer maydoni va mazkur yuridik shaxs tomonidan ijaraga olingan xonalarga to’g’ri keluvchi ulushdan kelib chiqib hisoblanadi. Bunda mazkur yuridik shaxsga mazkur bandning soliq solinadigan bazadan O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 282-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalarini chiqarib tashlash qismida amal qilishi tatbiq etilmaydi.

YaSTning eng kam miqdori kiritilishini hisobga olgan holda YaSTning to’lanishi lozim bo’lgan summasini aniqlash uchun to’lovchilar quyidagilarni hisoblab chiqaradilar:

YaSTning eng kam miqdorini;

YaSTning hisob-kitob summasini;

YaSTning qo’shimcha hisoblangan summasini.

YaSTning eng kam miqdori har chorakda hisoblab chiqariladi va

quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
EKMyast = 3 x S x K1 x K2, bu erda:

EKMyast - YaSТning eng kam miqdori;

S - er solig‘i. Er solig‘ini hisoblab chiqarishda mazkur joy va er toifasi uchun belgilangan eng kam stavkalar qo‘llaniladi.

Misol uchun, Тoshkent shahrida - 1-zona uchun, Samarqand shahrida - 4-zona uchun, Хiva shahrida esa 3-zona uchun belgilangan er solig‘i stavkalari qo‘llaniladi.

Yer solig’i bir chorak hisobida hisoblab chiqariladi ((yer uchastkasi (ijaraga olingan xona) maydoni x belgilangan stavka) / 4).

K1 - amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqib qo‘llaniladigan belgilangan pasaytiruvchi koeffitsiyent;

K2 - yuridik shaxsning joylashgan joyidan kelib chiqib belgilangan pasaytiruvchi koeffitsiyent.

Hisoblangan YaSТ summasini ushbu tartiblga muvofiq hisoblab chiqarilgan YaSТ summasi bilan taqqoslash uchun YaSТning hisob-kitob summasi butun korxona bo‘yicha aniqlanadi.

YaSТning hisob-kitob summasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
HSyast = SYaТ x S, bunda:

HSyast - YaSТning hisob-kitob summasi;

SYaТ - YAST bo’yicha qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar qo’llanilmagan holdagi hisobot choragi uchun soliq solinadigan yalpi tushum (YAST hisob-kitobining "040"-satri ma’lumotlari asosida);

S - YaSТning belgilangan stavkasi.

YaSТning hisob-kitob summasi butun korxona bo‘yicha belgilangan shakldagi Ma’lumotnoma-hisob-kitob (keyingi o‘rinlarda Ma’lumotnoma-hisob-kitob deb yuritiladi) asosida aniqlanadi.

YaSTning hisob-kitob summasi YaSTning eng kam miqdori summasidan kam bo’lgan holdagina YAST qo’shimcha hisoblanadi. Bu holda YaSTning eng kam miqdori summasining YAST hisob-kitob summasidan ortgan qismiga YAST hisob-kitobi bo’yicha hisoblangan YAST summasi qo’shimcha hisoblanadi.

Agar YAST hisob-kitob summasi YaSTning eng kam miqdoridan oshsa yoki unga teng bo’lsa, unda YAST qo’shimcha hisoblanmaydi va YAST O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda to’lanishi lozim, ya’ni YAST hisob-kitobi bo’yicha hisoblangan summa to’lanadi.

Agar hisobot davri yakuni bo’yicha korxonaning asosiy faoliyat turi xuddi shunday faoliyat turini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar to’laydigan qat’iy belgilangan soliq summasi miqdorida YaSTning eng kam miqdori belgilangan chakana savdo bo’lsa, korxona YaSTni Yagona soliq to’lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to’lovini hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga (ro’yxat raqami 2449, 2013 yil 4 aprel) muvofiq to’laydi.

Bunda qo‘shimcha hisoblangan YaSТ summasining o‘sib boruvchi yakuni oldingi hisobot davri uchun YaSТ hisob-kitobi bo‘yicha hisoblangan YaSТning qo‘shimcha hisoblangan summasiga teng deb qabul qilinadi.

Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilangan tartibda YaSТni to‘lash muddatini kechiktirish huquqi berilgan yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalar qo‘shimcha hisoblangan YaSТ summasini yagona soliq to‘lovining kechiktirilgan summalarini to‘lash bilan bir vaqtda to‘laydilar.
Kamaytiruvchi koeffitsiyentlar


Тo‘lovchilar

Koeffitsiyent

Amalga oshirayotgan faoliyat turiga bog‘liq holda (K1)

1. Asosiy faoliyat turi tovar ishlab chiqarish (sanoat sohasi) bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar

0,5

2. Asosiy faoliyat turi quyidagilar bo‘lgan tashkilotlar:

ulgurji savdo (o‘zining yoki ijaraga olgan omborxonalari mavjud bo‘lgan taqdirda);

avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashish bo‘yicha xizmatlar (avtotransportni saqlash uchun er uchastkalari mavjud bo‘lgan taqdirda) ko‘rsatish;

bojxona nazorati ostida bojxona omborlarida tovarlarni saqlash bo‘yicha xizmatlar (o‘zining yoki ijaraga olgan omborxonalari mavjud bo‘lgan taqdirda) ko‘rsatish



0,35

3. Mashina-traktor parklari

0,35

4. Ulgurji, ulgurji-chakana va chakana dorixona tashkilotlariga

0,2

5. Yangi sexlarni qurishni, ularning modernizatsiyasini, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni amalga oshiruvchi, shu jumladan, investitsiya majburiyatlariga muvofiq investitsiyalarni amalga oshiruvchi, ushbu ishlarni amalga oshirish davrida tovarlar ishlab chiqarishni amalga oshirmayotgan mikrofirma va kichik korxonalar - ushbu ishlarni amalga oshirish davriga, biroq ushbu ishlarni amalga oshirishni boshlash sanasidan boshlab 24 oydan oshmagan davrga

0,35


6. Qurilish uchun ajratilgan erlarda uy-joy qurishni amalga oshiruvchi mikrofirma va kichik korxonalar - normativ qurilish davri (u mavjud bo‘lmaganda - 1 yil) uchun

0,35


7. Kon va karerlarni obodonlashtirishni, shu jumladan, ularning rekultivatsiyasini amalga oshiruvchi mikrofirma va kichik korxonalar

0,1


8. Avtovokzallar, avtostansiyalarni tashkil etadigan yuridik shaxslar

0,35

Yuridik shaxsning joylashgan joyiga bog‘liq holda (K2)

Amalga oshirayotgan faoliyat turidan qat’i nazar, borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarda joylashgan tashkilotlar uchun

0,7


1-masala. «Sayqal» nomli sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaradigan kichik korxona tomonidan 2013 yil 1-chorak davomida sotilgan kanselyariya mahsulotlaridan kelgan tushum miqdori (yalpi tushum) 25000,0 ming.so‘mni tashkil etgan. Berilgan ma’lumotlarga asosan korxonaga yagona soliq to‘lovini hisoblang.

Yechilishi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-sonli Qaroriga ko‘ra sanoat sohasidagi korxonalarga yagona soliq to‘lovi stavkasi


5 foiz qilib belgilangan.

2. 25 000 000 *5% =1250,0 ming. so‘m yagona soliq to‘lovi summasi
2-masala. «Nur» nomli lak-bo‘yoq mahsulotlarini ishlab chiqaradigan kichik korxona tomonidan 2013 yilda mahsulot sotishdan tushgan tushum miqdori (yalpi tushum) 32000,0 ming.so‘mni tashkil etgan. Shundan 8000,0 ming.so‘mlik mahsulotlar eksport qilingan. Berilgan ma’lumotlarga asosan korxonaga yagona soliq to‘lovini hisoblang.

Yechilishi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-sonli Qaroriga ko‘ra sanoat sohasidagi korxonalarga yagona soliq to‘lovi stavkasi 5 foiz qilib belgilangan. Shuningdek, mahsulot (tovar) exporti umumiy realizatsiya hajmida 15 foizdan 30 foizgacha bo‘lganda belgilangan stavka 30%ga pasaytiriladi, agar 30 foiz va undan yuqori bo‘lganda belgilangan stavka 50%ga pasaytiriladi

2. Bizning misolda eksportning umumiy realizatsiya hajmidagi ulushi 25 foizni tashkil etadi va soliq stavkasi 30 foizga kamaytirilgan holda, ya’ni 3,5 foiz qo‘llaniladi.

8000,0 / 32000,0 *100 =25 % Eksport ulushi.



32000000 *4,5% =1440,0 ming.so‘m yagona soliq to‘lovi summasi

3-masala. Qurilish mahsulotlarini ishlab chiqaradigan kichik korxona tomonidan 2013 yil 1-chorak davomida mahsulot(tovar) realizatsiyasidan kelgan tushum miqdori (yalpi tushum) 72800,0 ming. so‘mni tashkil etgan. Berilgan ma’lumotlarga asosan korxonaga yagona soliq to‘lovini hisoblang.

Yechilishi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-sonli Qaroriga ko‘ra iqtisodiyotning barcha tarmoq korxonalariga yagona soliq to‘lovi stavkasi 6 foiz qilib belgilangan.



2. 72800,0 *6% =4368,0 ming. so‘m yagona soliq to‘lovi summasi



1 O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va Davlat statistika q’mitasi ma’limotlari

Download 42,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish