Mif va mifologik tasavvurlar haqida nazariy qarashlar



Download 0,81 Mb.
bet1/5
Sana26.06.2022
Hajmi0,81 Mb.
#706421
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mif va mifologogik tasavvurlar haqida nazariy qarashlar

Mif va mifologik tasavvurlar haqida nazariy qarashlar.

Reja: 1. ―Mif atamasining ma‘nolari. Mif haqida umumiy tushuncha. 2. Mif – inson dunyoqarashining ilk badiiy shakli, so‘z san‘atining boshlang`ich namunasi. 3. Mifologik tafakkurning badiiy-estetik tafakkurga o‘tish bosqichlari folklor janrlari misolida. 4. Miflar tasnifi: samoviy miflar, ibtido va intiho miflar. 5. Mifologiya – miflar haqidagi fan.

Mif qadimgi odamning borliq haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui bo‘lib, koinotning yaratilishi, inson, o‘simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo bo‘lishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, ma‘budlar va ilohlar to‘g`risidagi e‘tiqodiy qarashlarni o‘z ichiga olgan. Hali o‘zini tabiatdan ajratib olmagan qadimgi odam o‘z atrofidagi moddiy mavjudlikning paydo bo‘lish sabablarini mifologik tasavvurlar vositasida izohlashga, tushuntirishga harakat qilgan. Mif qadimgi odamning voqelikka bo‘lgan ongsiz hissiy munosabati ifodasi bo‘lib, tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qadimgi tasavvurlar silsilasidir. Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izohlasa-da, mif yaratilgan va ommalashgan joyida o‘z ijodkori va ijrochilari tomonidan haqiqatda bo‘lib o‘tgan voqealar bayoni sifatida qabul qilingan.

O‘tmishda yashagan ajdodlarimizning olam haqidagi tasavvurlarini o‘zida jamlagan, uning dunyoqarashini ifodalagan va avloddan-avlodga etkazishga mo‘ljallangan miflarning ommalashish usullari ham turlicha bo‘lib, asosan jonli og`zaki ijro orqali, ya‘ni so‘z vositasida hikoya qilib berilgan. Ya‘ni mif – afsona janrining badiiy shakli asosida bayon etilgan. Mifologik tasavvurlar ibtidoiy udum va marosimlarda ritual o‘yinlar sifatida namoyish qilingan. Qadimgi tasavvurlar asosida yaratilgan osori atiqalar hamda xalq hunarmandchiligi va amaliy san‘ati asarlaridagi ramziy chizgilarda ham mifik syujetlar aks ettirilgan.

Mif grekcha “myfhos”-so’z, rivoyat so’zidan olingan bo’lib, dunyoning paydo bo’lishi, tabiat hodisalari, xudolar, afsonaviy pahlavonlar; goh inson, goh jonzod qiyofasidagi zulmkor dushmanlar haqidagi to’qima afsonalardir. Mifologiya - miflarni o’rganuvchi fan bo’lib, u ibtidoiy insonning tabiat sirlarini bilishga intilishi tufayli vujudga kelgan. Insonning tabiat stixiyalariga qarshi kurashdagi ojizligi (bo’ron, sel, zilzila, dovul...) tufayli ularga qarshi kurasha oluvchi ғayritabiiy obrazlar yaratishga eҳtiyoj tugilgan. Natijada yaxshilik va yomonlik haqidagi mifologik tasavvurlar paydo bo’lgan. Olam haqidagi bunday ibtidoiy miflar ta‘sirida osmon, oy, quyosh va turli hayvonlar, xudolar, g’ayritabiiy pahlavonlar haqidagi miflar vujudga keldi. Hayvonlar va tabiat stixiyalariga qarshi kurashga qaratilgan (so’z kuchi, afsun “avrash” vositasida ularga ta‘sir etish tufayli, yovuz kuchlarga teng keladigan qurol inson ixtiyorida bo’lmagan bir paytda) miflar yaratildi. Ko’rinib turibdiki, miflar insonga osoyishta yashash, yovuz kuchlarni yengishga ko’maklashuvchi orzular ifodasidir.


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish