Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
orqali o‘zining ham ruhan «aziyat chekayotganini» ma’lum qilib qo‘yish edi. Ammo 
Asadbekning qarashi uni shoshirib qo‘ydi. «Sizga qasd qilganlar past bo‘lsin, qizingizning 
baxti ochilib ketadi, inshoolloh», deb diliga tugib kelgan gaplarini ham unutdi. 
— Bitta xonaga joy qilib namozni boshlab yubordik. Butun mahalla duoi joningizni qilib 
yotibdi. Suvoqchilar xonaqohdan chiqishdi. 
Xabar Asadbekni mutlaq qiziqtirmayotganini sezib Karimulla jimib qoldi. Shu gaplarning 
o‘zini aytib chiqib ketaverish mumkinmasdi. Shu uchun bir oz kalovlandi. 
— Ayvonning... to‘siqlariga temir kerak ekan, borsak bermadi, zang‘ar. Limit-pimit 
deydimi-ey... 
— Temir senga hozir kerakmi? — dedi Asadbek tutoqib. 
Shu topda Asadbekning ko‘ngliga bunday gaplar sig‘masligiga, umuman, mayda-
chuydalar bilan shug‘ullanish boshqa a’yonlarning ishi ekaniga Karimullaning kalta fahmi 
yetarmidi? 
Asadbek shart o‘rnidan turdi. Karimulla «tepib qoladi shekilli», deb qo‘rqib, o‘zini chetga 
oldi. Asadbek eshik yoniga ilingan, shapaloqdek keladigan xorij telefonini olib, chiroyli 
tugmachalarni bosib raqam terdi. 
— Allo, kim bu? — degan erinchoq ayol ovozi keldi. 
— To‘xtasin kerak, — dedi Asadbek jerkib. 
— Uxlayaptilar. 
— Uyg‘ot, g‘aflatni, Asadbek akam so‘rayaptilar, de. 
— Voy, assalomu alaykum, hozir... Ana, turib kelyaptilar... 
Yarim daqiqa o‘tmay xirildoq ovoz eshitildi: 
— Assomaykum, Bek aka, tinchmisiz, omonmisiz, yangam... 
Asadbek uning gapini shart bo‘ldi. 
— Masjidga nima uchun temir bermading? 
— Okaxon, limit... 
— Ikki soatdan so‘ng temirlar masjidda bo‘lsin. 
— Bek aka, ertaga ertalab... 
— Ikki soatdan keyin masjidga chiqib ko‘raman. 
— Axir bugun kranchi... 
— O‘zing qo‘l bilan ortasan. 
Asadbek gapni kalta qilib, telefonni joyiga ildi: 
— Ikki soatdan keyin ustalaring joyida bo‘lsin. 
Karimulla bu gapni eshitib, boshiga g‘avg‘o orttirganini bildi. Kirganiga ming pushaymon 
yedi. Topshiriqdan qutulib qolish uchun bahona izladi. 
— Ustalarning haqiga sal kamxarjroq bo‘lib qoluvdik. Chiqmaymiz, deb xafaroq bo‘lib 
ketishibdi, — dedi mijg‘ovlanib. 
Asadbek mahallaga yordam bo‘lsin, deb pul berardi, biroq sarf-xarajatlarni tekshirtirib 
ko‘rmas edi. Bir hafta burun «mutavalli masjid haqini sichqondek kemirib yotibdi», 
degan gapni eshitib, «etimlarning haqidan qo‘rqmagan, masjid haqidan qo‘rqarmidi», 
deb g‘ijingan, lekin chora ko‘rishga shoshilmagan edi. Hozir shu gap yodiga tushdiyu 
yanada tutoqdi: 
— Ustalarning haqiga sherik bo‘lmaganingda yetardi. 
— Bek aka, unday demang-a, astag‘firulloh! 
— He, seni xudojo‘y qilib tuqqanni... 
Karimulla o‘zini oqlashga kirishishning oqibati yaxshilik bilan tugamasligini anglab, 
boshini egganicha jim qotdi. Mo‘’minlikning shunisi yaxshi-da. G‘azabga mingan odam 
tutoqaveradi, so‘kaveradi, sen esa boshingni egib olib uning yetti pushtini ichingda 
o‘qiyverasan. «Onangni!» deydi u, «onangning onasini qo‘shib...» deysan sen. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat