Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
vaqt bor. Tezgina kiyinib yo‘lga tushdi. 
Anvar tanchaning issig‘ida huzurlanib o‘tirganida akasi kirib keldi. Quchoqlashib 
ko‘rishdilar. 
— Xafa bo‘lma, seni yo‘qlab bormadim, — dedi Habib. U ukasiga «borolmadim» emas, 
«bormadim», dedi. Anvar uning maqsadini tushunib, kulimsirab bosh irg‘ab qo‘ydi. 
Biroq, Risolat kampir «bormadim»ning ma’nosini anglamay, to‘ng‘ichiga tanbeh bera 
ketdi: 
— Voy, omon bo‘lgur, ukang shuncha yotib bi-ir martayam bormadingmi? Senki, 
bormagansan, xotining o‘zingdan besh battar. Voy, man bilganimda sanlarni bi-ir 
qovurib tashlardim-a! Voy, san insofi yo‘qlar... 
— Oyi, — dedi Habib norozi ohangda, — qo‘ying endi. 
— Nimaga qo‘yarkanman? Hali xotining kelsin. Sen unga maslahat solgansan. U 
«qo‘ying, nastraenayz buziladi» degan. San laqma, ko‘ngansan. 
— Oyi, kennayim bordilar, — dedi Anvar vaziyatni yumshatish uchun. — Akamni 
urishmang, ishlari ko‘p. 
— To‘g‘ri aytding, ishlarim ko‘p. Lekin ishim kam bo‘lganida ham bormas edim. Sababini 
o‘zing bilasan. 
Sababini manam bilay-chi, qani ayt-chi, tillaring muncha shirin! 
— Mening tilim shirin, oyi. Mana buningizniki zahar. Shu tili yetaklagan uni u yoqqa. 
Buningiz kasalmas. Buni miyasinimas, tilini davolash kerak. 
— Shunaqa do‘xtir bo‘lsa birga boraylik, — dedi Anvar quvlik bilan, — suyakli tilingizni 
sal yumshatib bersin. Tilingiz «a» kvadrat, «b» kvadratdan boshqani aytishga 
yaramaydi. 
— Oyi, meni urishishga chaqirtiruvdingizmi? — dedi Habib, bir oz achchiqlanib. 
— Seni urishib turish kerak. Hamma ayb o‘zingda. «Ukam o‘zi xohlagan kasbni 
tanlasin», deding, yoningga olmading. O‘zing do‘xtir bo‘lib olib gerdayi-ib yuribsan. Yetti 
yot begona bolalarni olim qilib yubording. Ukangning biri ikki bo‘lmay sarson. 
— Buningiz karra jadvalini bilganda ham mayli edi... Ha, nimaga ishshayasan? 
— Qo‘ying, bu gaplarni. Oyim bir gapirdilar-da. Maskovga ketyapsizmi? 
— Ha, MGUda bir oy dars o‘taman. 
— Domlangiz hali ham chaqiryaptimi? 
— Chaqiryapti. 
— Borasizmi? 
— Balki borarman, senga nima? 
Maskovda haqiqat bor, deb o‘ylaysizmi? 
— Menga haqiqat emas, ilmiy ish uchun sharoit kerak. 
— Haqiqat yo‘q yerda sharoit ham bo‘lmaydi. Domlangiz boshingizni silagani bilgan 
«qora-quralar nasibamizni yeb ketyapti», deydiganlar ko‘p u yerda. 
— Sen safsatangni qo‘y. Hozir bittasi kelib boshimni qotiruvdi. 
Xonzoda kirib, ularning suhbati uzildi. 
— Mehmonxonaga dasturxon soldim. 
— Vo-ey, Xonzodaxon, eringizni olib chiqib ketmaguningizcha ko‘nglingiz tinchimadi-ya! 
— Risolat kampir shunday deb fotiha o‘qidi-da, o‘rnidan turdi. Ikki o‘g‘il ikki qanotida
hovliga chiqdi. 
Onaga ikki qanot bo‘lib turgan o‘g‘illarning faqatgina sohasi boshqa emas, dunyolari ham 
o‘zgacha. Katta qanot ohista uchishni xush ko‘radi. Kichigi charx urishni, o‘zini dovul 
bag‘riga urishni istaydi. Ona uchun esa olimi ham, isyonchisi ham bir — har ikkovi 
farzand! Habib Ingliston qirol akademiyasi a’zoligiga erishib, Nobel mukofoti bilan 
taqdirlangan, Anvar mamlakat jumhurraisi darajasiga yetgan taqdirda ham ona uchun 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat