Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
hammangiz... birsiz... Aslida erkak zoti qolmagan. Hammayoqni xotinchalish bosib 
ketgan. 
«Bu yog‘i zo‘r bo‘ldi-ku? — deb o‘yladi Anvar. — Nimaga shama qilyapti u, yo qarmoq 
tashlamaganimgami? Qani, eshitaveray-chi...» 
— Zo‘r bo‘lsangiz, aqlli bo‘lsangiz, haqiqatparvar bo‘lsangiz nimaga bu yerda miq etmay 
o‘tiribsiz. Bu yerga yuborganlarga qarshi nima uchun bosh ko‘tarmadingiz? O‘rtog‘ingiz-
chi, u kim? Endi Asadbekka malaylik qilyaptimi? Siz chiqib kim bo‘lasiz? Siz ham 
Asadbekning yalog‘ini yalaysiz. Yalamay ko‘ringchi!.. — Tabibboshi erimning kuni 
boshingizga tushadi, demoqchi edi, lekin ro‘parasida hasratdoshi emas, begona erkak 
o‘tirgani uchun bunday demadi. Birdaniga yorilib, shuncha gaplarni aytvorgani ham 
yetarli edi. 
Tabibboshi aslida Elchin kelib-ketganidan so‘ng aytmoqchi edi bu gaplarni. Sirtdan 
qaraganda beg‘am, hayot lazzatlaridan bahramand yashayotganday ko‘ringan bu 
do‘mboq ayolning ichi hasratga to‘la edi. To‘g‘ri, yemoq-ichmoqdan kam-ko‘sti yo‘q. 
Lekin ayol kishiga shuning o‘zi yetarlimi? Qimorboz bo‘lsa ham eri bor edi. Ertaga qaysi 
erkak erkalar ekan, degan o‘yda yashamasdi. Yetim to‘shakka kirganida ko‘kraklari 
o‘rgangan qo‘lni qo‘msab zirillaydi. Kelinlik chog‘lari o‘rganolmay qiynalgan aroq va 
sigaretning aralash qo‘lansa hidini ham sog‘inadi. Uning dardini faqat yostiq biladi. 
Ko‘zyoshlarga aylangan hasratni yostiq bag‘riga singdirgan. Yer qon ichib 
to‘ymaganidek, yostiq ham hasrat ko‘zyoshlarini ichib to‘ymaydi. 
Soppa-sog‘ yigit-qizlarning bu yerga yotqizilishiga u ko‘nika boshlagan edi. Ayniqsa 
jinoyat qilib qo‘ygan yoki harbiydan qochirilganlar bu yerga tez-tez keladi. Tabibboshi bu 
holdan iztirobga tushmasdi. Lekin hech qanday jinoyatga aloqasi yo‘q, faqatgina to‘g‘ri 
gapni aytishni yaxshi ko‘ruvchi odamlar keltirilganda o‘zini qo‘yarga joy topolmay 
qolardi. To‘g‘ri, u ruhiy xastaliklar bo‘yicha mutaxassis emasdi. Lekin odamning ko‘ziga, 
so‘zlariga qarab es-hushi joyidaligini ajratish qiyin emas-ku! Anvarni dastlab ko‘rganida 
ham esi butunligini bildi. Keyin ish joyi, kasb-kori bilan qiziqdi. «Bu yigitning kasali — 
haqiqat», deb o‘zicha tashxis qo‘ydi. Tabibboshi bu esi sog‘ odamga achinsa, u «necha 
kilo go‘sht qilarkinsiz», deb masxaralab yuribdi. Tabibboshining alami shundan edi. 
Gapirib sal xumordan chiqqanday bo‘ldi. 
Anvarga, shubhasiz, uning kechinmalari begona edi. Tabibboshi u uchun zanjirning bir 
halqasi edi xolos. Ayolning gaplarini alamga to‘la yurak sadosi sifatida emas, shunchaki 
gina kabi qabul qildi. Tabibboshining «Asadbekning yalog‘ini yalaysiz», degani 
tovonigacha zirillatib yubordi. «Siz-chi, kimnikini yalaysiz, xalqlar otasinikinimi?» 
demoqchi bo‘ldi-yu, shu gapni aytsa bahs cho‘zilishini bilib o‘zini tiydi. «Jinnixona 
malikasi» deb nom olgan bu do‘mboqqina ayol bir nimalar deb valdirasa javob qaytarish 
shartmi, balki meni sinamoqchidir, balki gap olmoqchidir, balki uchinchi qavatga 
«ko‘tarish» uchun zamin hozirlayotgandir...» Anvar shu fikrlar bilan o‘zini ovutdi. 
Tabibboshi Anvardan sado chiqmagach, gapim ta’sir qildi, degan xulosaga kelib: «Xayr 
bo‘lmasa», dedi. 
Anvar bosh irg‘ab o‘rnidan turdi. Bir-ikki qadam qo‘yib, orqasiga o‘girildi. 
— Ko‘rishgunchami? — dedi kulimsirab. 
Tabibboshi bu gapni eshitib, tutaqib ketdi: 
— Odam emasakansiz! — deb yuzini chetga burdi. 
2 
 
Havo aytarli sovuq emasdi. Ammo qor uchqunlarini o‘ynatib yurgan shamol «ust-
boshingning qalinligi menga cho‘t emas, baribir qaqshataman», deganday odamlarga 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat