Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
Har bir odam dunyoga o‘z ko‘zi bilan qaraydi, har bir narsani o‘z qarichi bilan o‘lchaydi. 
Oqibatda o‘z idrokiga xos ravishda dunyo formulasini yaratadi. Shunday ekan, professor 
bilan bu sohada bahslashishi foydasiz. 
Zohid ustozining hovuri bosilishini kutib, indamay o‘tirdi. Oyoqlari uni bu tomonga 
boshlaganda ko‘ngli taskin istagan edi. Qiziq, haqiqat uchun kurashish foydasiz degan 
aqida bilan yashovchi odam unga qanday taskin berishi mumkin? U bir yil davomida 
ingliz ilm ahlini lol qoldirib yuradi. Bu yerda esa kim kimni o‘ldiradi, kim mansab 
kursisiga intilib hamkasbini yanchib o‘tadi, kim kimni kamsitadi — bu bilan ishi 
bo‘lmaydi. Zohid shuni o‘ylab, ustozidan nafratlana boshladi. Hatto shartta turib, chiqib 
ketgisi ham keldi. Biroq, farishtalar uning qilig‘iga «o‘zingni bos, axir kimdir ilm bilan 
ham shug‘ullanishi kerak-ku? Adolat deb, to‘rt xonalik yaxshi uy olaman, deb, akademik 
bo‘laman, deb bir nodon bilan olishsa, ilm nima bo‘ladi?» deya shivirlab uni shashtidan 
qaytarardi. 
3 
 
Zohid professornikiga kirayotganida qanday tushkun holda bo‘lsa, chiqayotganida 
yelkasidan bosib turgan dard yuki bir misqol ham kamaymagan edi. Mashina g‘ildiraklari 
ostida ezg‘ilanib, kirlanib ketgan qor eriy boshlagan, go‘yo atrof balchiqqa 
belanayotganday edi. Zaif qor uchqunlari esa bu ifloslikni qoplab ulgurmasdi. 
Zohid uyga borsammi yo qishloqqa chiqib ketsammi, deb picha ikkilandi. Qishloqdan 
kecha kechqurun keldi. Bugun borsa ota-onasi «nima bo‘ldi?» deb xavotirlanishadi. Uyda 
hech kim yo‘q — xotini ishda, o‘g‘li boqchada... U yana oyoqlariga erk berdi. Bizga 
shunday tuyuladi: go‘yo oyoqlarimizga erk beramiz, bu erkin oyoqlar bizni qaygadir 
boshlab boradi, go‘yo qayoqqa borayotganimizni bilmaymiz. Holbuki, miyamizdagi 
yashirin bir nuqta bu erkin oyoqlarni boshqaradi, «u yoqqa yurma, bu yoqqa yur», deb 
turadi. Hozir Zohidning oyoqlari uni (go‘yo beixtiyor) vinzavod tomonga yetakladi. 
Bilchillab eriyotgan qorlarni bosib, ko‘lmaklarni chetlab o‘tib, qorovulxonaga ham olib 
kirdi. 
Qorovulxona temir panjara bilan ikkiga bo‘lingan, panjara o‘rtasida bir qulochli aylana 
temir eshikcha bor edi. Panjara ortidagi eski stol atrofida uch yigit davra qurib
choyxo‘rlik qilib o‘tirardi. Ular Zohidga bir qarab qo‘yishdi-yu, indashmadi. Zohid ham 
ularga qarab turaverdi. 
— Ha, ukaxon, xizmat bormi? — dedi qo‘ng‘iz mo‘ylovli yigit. 
— Qilich aka kerak edilar, — dedi Zohid. 
Yaxshiki qorovul «nima ishingiz bor edi?» deb so‘ramadi. So‘rab qolganida Zohidning 
dovdirashi tayin edi. 
— Qilich akamlar bugun ishga chiqmadilar. Toblari yo‘q, — dedi qorovul. 
«Bilmaydimi yo laqillatmoqchimi?» 
— Sharif aka-chi? 
Qorovul kulimsiradi. 
— Sharif akangizga besh-o‘n yildan keyin kelasiz, ukaxon. 
— Nimaga? — dedi Zohid ajablanganday. 
Safarga ketganlar, — dedi gapga aralashmay o‘tirgan qorovul yigitlardan biri. Uning 
so‘zlarini ma’qullab, sheriklari kulishdi. Shu payt zavod hovlisiga olib chiquvchi eshik 
ochilib, yelkasiga suvsar yoqali palto tashlab olgan do‘mboq juvon qorovulxonaga kirib 
barchaning e’tiborini o‘ziga qaratdi. 
— Salimchik, mana buni yopishtirib qo‘y, — dedi juvon qo‘ng‘izmo‘ylovli qorovulga bir 
parcha qog‘oz uzatib. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati