Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
Professor panjasi bilan stolni bir-ikki urib qo‘ydi-da, o‘rnidan turdi. Deraza oldiga borib 
ko‘chaga tikildi. 
— Faqat... sen o‘lma. Ahmoq bo‘lsang ham shu dunyoda yashab yuraver. Bu dunyoda 
ahmoqlar ko‘p-ku, to‘g‘rimi? — U shunday deb orqasiga o‘girilib Zohidga tikildi. — 
Shularning orasida sen ham yursang nima qilibdi?.. Seni nimaga yaxshi ko‘raman, 
hayronman. Ilmni behurmat qilgan odamning basharasiga qaramasligim kerak. Lekin 
seni ko‘rgim keladi. Sen «Habib akam meni yaxshi ko‘rarkan», deb taltayma. Sendan 
nafratlanaman. Lekin... ko‘rgim keladi. Bir kunmas bir kun aqlingni topib olishingga 
ishonsam kerak. O‘zi sen tengilarning hammasi ahmoqqa o‘xshaydi. Nechanchi yilda 
tug‘ilgan eding? 
— Oltmish bir edi shekilli? — Zohid shunday deb gapni hazilga burmoqchi, professorni 
sal shashtidan tushirmoqchi edi. 
— Ha, to‘ppa-to‘g‘ri! Ukam ham oltmish birda tug‘ilgan. U ham qip-qizil ahmoq! Ilmni 
qo‘yib, she’r yozib yuribdi. 
— Tarixchi ukangizmi? 
— Mening bittagina ukam bor. Uning hozir qaerdaligini bilasanmi? Jinnixonada! Lekin 
jinnimas u, miyasi bus-butun. Dunyoning yaralish formulasini yaratibdilar akam. 
Qaragin-a, — professor stol yoniga qaytib, qog‘ozning bo‘sh yeriga yozdi:  
(haqiqat)=xiyonat+riyo (hasad+ochko‘zlik) + shuhratparastlik = mansabparastlik — 
vijdon+imon+diyonat=O. Bunga nima deysan? 
Zohid o‘ylanib qoldi. Bu shunchaki formula emas, dunyo ishlaridan zada bo‘lgan 
yurakning nolasi edi. Bu nola uning dardiga hamohang edi. Zohid professorning ukasi 
bilan bir-ikki marta shu uyda hamsuhbat bo‘lgandi. Uning tarixni buzib talqin 
etilayotganidan kuyinishlari, pichingli gaplari, zamonni turli maxluqlarga o‘xshatishi 
Zohidni hayron qoldirgan edi. «Bu tuzum zahm bilan og‘rigan fohishaning o‘zi. Hammani 
o‘limga giriftor qilib, so‘ng o‘zi ham o‘ladi», degan gapini Zohid ko‘p o‘ylab yurdi. Gap 
mag‘zini chaqqani sayin unga bo‘lgan hurmati ortib bordi. So‘nggi marta uni bir-ikki yil 
oldin qabristonda ko‘rgan edi. Hamkasbining otasi qazo qilib, janozaga borishganida 
uchratgandi. Ko‘zida yosh bilan yurgan ekan. «Bir ajoyib shoir o‘zini osib o‘ldirdi», deb 
yig‘lagan edi. 
— «O‘zbek bo‘lib tug‘ilmaganda, Ko‘rmas edi shunchalar xo‘rlik...» deb yozib, xor bo‘lib 
o‘ldi. Hammamiz ham xorlanib yuraveramizmi?! — degan edi. «Shoir nima uchun 
xo‘rlandi?» deb so‘rashning mavridi emasdi. Zohid keyingi uchrashganimda so‘rarman, 
devdi. Oradan ancha vaqt o‘tib ketdi. U bilan ko‘rishmadi. Ana endi jinnixonada emish... 
Yaratgan formulasi... 
— Yechimi to‘g‘ri, — dedi Zohid, o‘rnidan turib. 
— Aytdim-ku, hammang birsanlar! 
Dunyo ilm ahlining e’tiboriga tushgan, ammo o‘z yurtida turtkilanayotgan olim o‘z 
taqdiridan nolimay, ukasi va Zohidga o‘xshash yoshlarning iqtidorini tutantiriqqa sarf 
etayotganidan kuyardi. Har to‘kisda bir ayb deganlaridek, bu professorga matematika 
ilmi omon bo‘lsa bas, uningcha barcha haqiqat shu ilmda. Shu azim shaharning yana 
qaysidir mavzeida, yana qaysidir ikki xonalik sovuq (balki issiqdir — Xudo biladi!), 
chakka o‘tayotgan (balki chakka o‘tmas) uyda bir fizik (balki kimyogar) haqiqat faqat 
fizikada (balki kimyoda) deb bahs yuritayotgan bo‘lsa ajab emas. Habib Sattorov 
toifasidagi odamlar uchun bu aldamchi dunyoning hiylalari odatiy hol. Ular bu hiylalarga 
bas kela olmasliklarini biladilar. Osmonga otilgan tosh qaytib tushgani qanchalik haqiqat 
bo‘lsa, ular uchun bu yorug‘ olamni tozalash mumkin emasligi shunchalik isbot talab 
etmovchi haqiqat. Adolat istovchilar Sattorov nazarida kamikadze, qaysidir fizik nazarida 
esa shamol tegirmonini dev deb faraz qilib, jangga kirgan nodon Do‘n Kixotlardir. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat