Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
79
osmonda hasrat elagi elanib, hasrat yog‘ilar edi. Tabiat odam ruhiga moslanadimi yo 
odamning ruhi tabiatga moslanib qoladimi — tushunmak qiyin. Harholda ko‘ngil xira 
tortgan mahalda chor atrof ham tundlashib qoladi. 
U ko‘chaga bemaqsad chiqqan edi. Erkni oyoqlariga berdi. Yuziga urilayotgan qor 
uchqunlaridan rohatlandi. «Kechgacha yog‘sa hammayoq oppoq bo‘ladi. Havoda g‘ubor 
qolmaydi. Qor yog‘dirish, tindirish, oftob chiqish — Xudoning irodasi bilanmi? Xudo qor 
yog‘dirgani kabi haqiqat, adolat yog‘dirsa-chi? Bir kungina yog‘dirsa edi. Qor erib 
tuproqqa singib ketishiga o‘xshab, haqiqat bilan adolat odamlarning yuragiga singib 
ketsa... Dunyo bir kundayoq boshqacha bo‘lib qolardi...» Zohid bobosining gaplarini 
esladi: «Olloh taborak va taolo insonlarni sinamoq uchun bu dunyoga yuborgan...» 
Sadaqayrag‘ochdek o‘sgan oq o‘rik ostidagi supaga ko‘rpacha to‘shab o‘tirishni 
xushlaydigan bobosi shu gaplarni ko‘p takrorlardi. Ko‘zoynakning singan bandlari o‘rniga 
ip tortib quloqqa ilib, muk tushib eski kitoblarni o‘qib o‘tiruvchi bobosi ko‘z oldiga keldi. 
Akasiga ergashib ko‘cha changitib yurib yo suv ichgani, yo qorni ochib bir tishlam non 
yegani kirib qolganda bobosi «Qani, do‘ngpeshonalar, o‘tiringlar-chi, eshitinglar-chi...» 
deb eski kitobdan hikoyatlar o‘qishni boshlardi. Ular esa bobosining o‘qishga 
berilganidan foydalanib lip etgancha qochib qolishardi. Zohid hozir bobosini qo‘msadi. 
Eski kitoblardan o‘qib berishini, nasihatlarini, dunyoning tuzilishi, insonlar xulqi haqidagi 
so‘zlarini eshitgisi keldi. Bobosining bu dunyodan rizqi uzilganda Zohid o‘n yoshda edi. 
Ko‘p gaplarni eshitardi, biroq mag‘zini chaqolmasdi. Ulg‘ayib, bu yorug‘ olamning 
qorong‘i ko‘chalariga bexos kirib qolib, nochor tentiragan choqlarida esida qolgan 
gaplarni fahmiga yetmoqqa harakat qilardi. Yillar o‘tgani sayin, dunyo tikonzorlarini 
yalangoyoq kezgani sayin bobosining o‘gitlariga muhtojligi orta bordi. Zohid kamgap 
otasiga dardini aytib dalda ololmasdi. Bu oilani tanimagan kishiga «shu indamas 
ketmonchi o‘sha mulla odamning o‘g‘li», desa ishonishi qiyin. Bobosi urib bo‘lsa ham 
ilmini o‘rgatmagan ekan-da, ketmoningni chopib yurovur, o‘g‘lim, ilm bilan qorin 
to‘ymaydi, degan ekan-da... Mana endi Zohidning akasi o‘lib ketdi, otasida na eskicha, 
na yangicha ilm bor. O‘ylab qarasa, qarindosh-urug‘lari orasida ham bobosi kabi odam 
yo‘q ekan. O‘tin yonib, kul qolibdi, deganlari shumi? 
Bobosini o‘ylab borayotgan Zohid savollariga javob topganday bo‘ldi: «Xudo yog‘dirgan 
haqiqat, adolat — bobomga o‘xshagan odamlar emasmidi ekan? Ular yer yuzidagi 
odamlar qalbiga yaxshilik urug‘i sepishlari lozimmi edi? Bobomga o‘xshaganlar kamayib 
ketyapti-ku! Endi nima bo‘ladi? Endi yuraklar faqatgina qon haydashga yaraydigan hissiz 
buyumga aylanadimi? Haqiqat va adolat tamom qovjirab, kuyib kul bo‘ladimi?!» 
Zohid badbin xulosaga yaqinlashgan edi. U dunyoda bitta yaxshi, bitta to‘g‘ri odam 
qolgunicha adolat va haqiqat yashashi mumkinligini hozirgi kayfiyatida idrok eta olmas 
edi. Yomonlar, munofiqlar nafasidan olov chiqib haqiqat va adolatni kuydiradi, ammo 
yaxshilarning yuragidan quvvat olguchi bu haqiqat, bu adolat yashayveradi. Bu — azaliy 
kurash! Yana necha asr davom etadi — yaratganga ma’lum. Bandasiga bir narsa ayon — 
azaliy kurashning intihosi — qiyomat! 
Erkinlikka erishgan oyoqlar Zohidni avval anhor bo‘yiga, so‘ng suvoqlari ko‘cha 
boshlagan to‘rt qavatli uyga boshladi. Nurab qolgan tosh zinalarni bosib to‘rtinchi 
qavatga ko‘tarildi. Havorangga bo‘yalgan yog‘och eshikka qaysidir bola bo‘r bilan katta 
qilib «prof. Habib Sattorov» deb yozib qo‘yibdi. Shu yozuvni ko‘rib Zohid xayolini 
yig‘ishtirdi. «Nimaga keldim? Hasratimni to‘kish uchunmi? «Bu sohaga o‘tib ovora 
bo‘lma, sen izlagan haqiqat yo‘q u yerda. Bo‘lmagan, yo‘q va bo‘lmaydi ham», deb 
necha marta ta’kidlagan. Endi «Gapingiz to‘g‘ri ekan», deb kirib boramanmi?» Zohid bir 
oz harakatsiz turib, iziga qaytmoqchi bo‘ldi. Endi o‘girilib ketaman, deganida eshik 
ochilib yelkasiga jun ro‘mol tashlab olgan Habib Sattorov ko‘rindi. Zohidning burilib 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat