Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
77
etayotgan prokuror yordamchisi Zohiddan shu iltimosni kutmaganida laqma odamga 
aylanmasmidi, bu dargohdan kavushi allaqachon to‘g‘rilanmasmidi? Dunyoning 
manaman degan olimlari bilan bahslashishga moslab yaratilgan bu fahm-farosat, bu aql 
shu arzimas masalani yechishda ojizlik qilsa-ya! Ha, Zohid ojiz edi. Uning ko‘zlari ochiq, 
ammo fikr ko‘zi bu o‘yinlar, oyoq ostiga tushayotgan to‘rlarni, eng muhimi— qarshisidagi 
odamning qalbini aniq ko‘rolmayotgan edi. Aql hammavaqt ham odamga sharaf 
keltiravermaydi, ba’zan mana shunday xor ham qilib qo‘yadi. Zohid o‘zining beadad 
xorlanayotganini hozir emas, keyinroq his etadi. Boshingizga tosh tegsa, bir oz og‘rib, 
so‘ng bosilganday tuyuladi, ammo oradan vaqt o‘tib shunday og‘riq qo‘zg‘oladi-ki, 
o‘zingizni qo‘ygani joy topa olmaysiz. Ruhiy qiynoq ham shunday. Bir necha soatdan 
so‘ng «men nima uchun unga shunday demadim!» deb o‘zingizni la’natlay boshlaysiz. 
Biroq vaqt o‘tdi — endi bu afsusdan nima naf? 
Zohid soddalik bilan Sulaymonov ishini so‘radi. Prokuror yordamchisi esa pinagini 
buzmay, o‘sha kulimsiragan yoqimtoy ko‘zlarini Zohiddan olmay javob berdi: 
— Bu ishni Keldievga topshirdim. Taniysiz-a, ammamning buzog‘i. Shunaqa mayda-
chuydani topshirmasam, jiddiy ishlarni eplay olmaydi. Sizni zo‘r ishlar kutib turibdi, 
azizim. O‘sadigan odam mayda-chuydaga aralashmasligi tuzuk. Sizdan umidim katta. 
Respublika prokuroriga ham aytdim. Umidli yoshlarni biz har qanaqasiga qo‘llaymiz. 
— Sharipovning ishi oddiy hazilga o‘xshamaydi. Hazil deb yurib uni o‘ldirib ketishlari 
mumkin. 
Jiddiy ohangda aytilgan bu gapni u ermakday qabul qildi: 
Vohma qilmang-e, azizim. O‘ldirib ketadi, deb qamoqda ushlab turishimiz ham to‘g‘ri 
kelmaydi-da. Erkak odam lalaymay o‘zini himoya qilsin. Itday ichib, cho‘ntagiga birov 
nasha solib qo‘ysa ham bilmay yotaveradimi? 
— Men vahima qilayotganim yo‘q. Undan pul talab qilishgan. 
— Qim? Qachon? 
— Kimligini bilolmay qoldim. Harholda qamoqxonada talab qilishgan bo‘lsa kerak. 
Prokuror yordamchisi telefon tugmasini bosdi. Ko‘zlaridagi kulgi yo‘qolib, ko‘rinishi 
jiddiylashdi, hatto biroz asabiy tus oldi. 
— Jonqoraev! Signallar tushyapti, qamoqxonada bevoshlik kuchayibdi. Tekshirib uch 
kundan keyin hisob berasan. Ha, Sharif Namozovdan kim pul so‘raganini ham aniqla. 
Onasini Uchqo‘rg‘ondan ko‘rsatish kerak bunaqalarni, tushundingmi! 
Prokuror yordamchisi «ma’qulmi, ko‘ngling joyiga tushdimi», deganday Zohidga qaradi-
da, o‘rnidan turdi. 
— Hozir respublikaga chiqishim kerak. Siz bilan xotirjam bi-ir gaplashamiz. O‘zim 
chaqirtiraman. 
U Zohidning yelkasiga qo‘lini qo‘yib, g‘oyat ulug‘ bir mehr ko‘rgazib ostonagacha kuzatib 
qo‘ydi. 
2 
 
Zohid xonasiga qaytdi. Usti choynak izlaridan dog‘ bo‘lib ketgan o‘sha stol, oshiq-
moshig‘i arang ilinib turgan o‘sha bo‘m-bo‘sh kitob javoni... Zohid o‘rniga o‘tirib halqa 
dog‘lar sirini o‘rganmoqchi bo‘lganday stol ustiga tikilib qoldi. Bu dog‘lar nimalarga 
guvoh? Achchiq choy damlanib, shopirib-shopirib qaytarilib, xo‘rillatib ichilgan damlarda 
kimlarning taqdiri hal etilgan? Qanday xo‘rliklarning, qanday g‘irromliklarning guvohi bu 
dog‘lar?.. Zohid tikilib o‘tirgani bilan xayoliga bu gaplar kelmaydi. Uning xayoli Sharif 
Namozov va Qilich Sulaymonov bilan band. Namozovni qamash uchun ishlatilgan hiyla 
endi Zohidni aytarli ajablantirmay qo‘ygandi. Bu kalavaning uchini topganday bo‘lib edi. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat