Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
— U-bu devdi, menam bir nima dedim. 
— Bo‘pti, ko‘z-quloq bo‘lib turlaring. Uyga mayda-chuyda yubordingmi? 
— Bo‘tqaning bolalari olib borishi kerak edi. 
— O‘zing xabar ol. 
— Bek aka, ko‘chada imom turibdi. 
Nima ishi bor ekan, yo tavba qilib kelibdimi? 
— Bilmadim... eshitishimcha, «Volga»sini shumo qilib ketishibdi. 
— Kim? 
— Biznikilarmas. 
— Topib, joyiga olib borib qo‘ylaring. 
— Kirsinmi, yo javob berib yuboraymi? 
— Kiraqolsin, balki boshqa gapi bordir. 
Qotmadan kelgan, ko‘zlari ma’noli boquvchi, o‘zi yosh, biroq qop-qora quyuq soqol-
mo‘ylovi ulug‘roq ko‘rsatayotgan imom — Sobitxon qori nomi bilan shaharda e’tibor 
qozongan edi. U imomlik qiluvchi kichkina, eski masjidga ba’zan odam sig‘may ketardi. 
Qariyalar bu mulla yigitga ixlos qo‘yib, uni mahalla masjidi imomligiga chorlagan edilar. 
Rad javobi olishgach, Asadbekning a’yonlari oraga tushishdi. Sobitxon o‘jar edi. Oxir-
oqibat Asadbekning o‘ziga ham yo‘q deyishdan qaytmadi. Asadbekka bu «olifta 
imomcha»ning dimog‘dorligi yoqmadi. Sobitxonning: «Harom pullarga qurilayotgan 
masjidda men namoz o‘qimayman», deyishi Asadbekni g‘azabga mindirsa-da, chora 
ko‘rishdan o‘zini tiydi. Xalq orasida o‘zi haqida bo‘lar-bo‘lmas mish-mishlar yurganda bu 
e’tiborli qorining boshidan birgina soch tolasi to‘kilsa malomatlarga qolishini bildi. To‘g‘ri 
fikrlagan ekan — imom mashinasini o‘g‘irlatib, undan gumon qilibdi. Bu gap allaqachon 
shaharga tarqalgandir... 
Sobitxon ostona hatlab kirib, qo‘lini qovushtirgan holda, qiroat bilan salom berdi. 
Asadbek beixtiyor ravishda o‘rnidan turib unga peshvoz chiqdi — qo‘shqo‘llab so‘rashib, 
qizil duxoba qoplangan divanga taklif etdi. 
— Keling, qori, qanday shamol uchirdi? — dedi Asadbek, fotiha o‘qilgach. 
— Yaxshilik shamoli emas, — dedi Sobitxon unga tikilib. 
— Hay, hay, qorijon, sovuq nafas qilmang. 
— Sizni insofga chaqirish foydasiz ekanini bilsam-da... 
— Qori, kelishib olaylik: siz meni insofga chaqirmang. Qanday yashashni o‘zimga qo‘yib 
bering. Men haqmanmi yo nohaqmanmi — qiyomatda ma’lum bo‘ladi. Siz menga qozi 
emassiz. Siz gapni chaynamay muddaoga ko‘chavering. Siz «Volga»ngizni o‘g‘irlatib, 
alam bilan kelgan odamsiz. 
— Ha, taqsir, topib gapirdingiz. Ammo siz tomondan g‘irromlik bo‘ldi bu ish. 
— Nima, g‘irromlik?! Qori, avvalgi safar masjidga sarflagan pullarimni harom devdingiz
endi g‘irromlik deysizmi? O‘ylab gapirasizmi gaplaringizni? Siz kimsiz o‘zi? To‘rttagina 
surani ko‘z yumib yodlab beruvchi qorivachchasiz, Xudo emassiz! Sizning kitoblaringizda 
tuhmatchini nima deyishadi? Tuhmatchining tilini kesish kerakmi? 
— Astag‘firulloh! Tuhmat qilayotgan bo‘lsam kalomullo ursin! 
— Kerak bo‘lsa uradi ham. O‘sha kuni indamagan edim. «Volga»ngiz borligini bilganimda 
«xo‘sh, mening pullarim harom ekan, siz «Volga»ni qaysi halol pulga oldingiz?» deb 
so‘rardim. 
— Mening otam... 
— Sizning otangiz Andijonda mashhur telpakfurush, bilaman. Telpakfurushlarning 
nayranglarini ham bilaman. Shuning uchun halollik haqida boshqalar gapirganda siz 
indamay yuravering. Xudoyiga borib, Qur’on o‘qib tugun uchiga necha pul tugilarkin, deb 
yuradigan mo‘ltoni odamsiz-u, yana menga g‘irromdan gapirasizmi? 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat