Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
«Haromi!» deydi u, «o‘zing itdan tug‘ilgansan», deysan sen. Shu holda davom 
etaveradi. Senga yaxshi. Dilingdagini ovoz chiqarib aytding nimayu ichingda aytding 
nima? Farq shundaki, dildagi tilga uchsa joning ketishi mumkin, joningga rahm qilingan 
taqdirda abjag‘ing chiqadi. Tilni besuyak yaratgan Xudoga zorlanib bir-ikki oy, balki bir 
umr ko‘rpa-to‘shak qilib yotarsan. Karimulla tilini tish hatlashiga yo‘l qo‘ymadi. Asadbek 
so‘ka-so‘ka bir tarsaki tushirib qolganini aytmasak, suvdan quruq chiqdi hisob. 
Asadbek tarsakidan so‘ng bu ko‘samulla chiqib ketar, deb o‘ylagan edi. Uning mutelik 
bilan qo‘l qovushtirib, bosh egib turganini ko‘rib: 
— Yana nima darding bor? — dedi. 
— Begim, bir qoshiq qonimdan keching, sizga noto‘g‘ri informatsiya berishibdi. 
— Gapni cho‘zma. Menga qanaqa xabar yetkazishni bilishadi. Haj qilmoqchimishsan, bu 
ham yolg‘onmi? 
— Rost, begim, rost. Men asli shu gapni aytay deb keluvdim. Oqsoqollar Asadbek aka 
ham borsinlar, deyishyapti. Billalashib borsam, biram yarashadi... Siz bilan borsak, ikki 
marta haj qilganday bo‘lamiz. 
— Sen bilan yursam yarashadimi? 
— Men bilan yurmasangiz ham... Asadbek hoji bo‘lib yurishingiz yarashadi. 
— Pulni qaerdan olasan? Kambag‘al-faqir bo‘lsang?.. 
— Begim, qarindosh-urug‘ bor, hozir o‘n besh ming pulmi? Gunohlarni ko‘p qilardik, 
oxiratni o‘ylamasak... 
— Oxiratni degin... O‘n besh mingni to‘lab u yoqdan mayda-chuyda olib kelsam, 
xarajatni qoplarmikin? 
Asadbek bu savolni sinov uchun bergan edi. Buning fahmiga yetmagan Karimullaga jon 
kirdi. 
— Chiqadi, begim, uncha-muncha qoladi ham. 
— Xarajatdan tashqari yigirma ming qolarmikin? 
Karimulla bu savolga o‘ylamay-netmay javob qaytardi: 
Yigirma ming chiqmas-ov, ammo o‘n mingcha qolar. 
— Shunaqa degin, hisoblab qo‘yibsan-da, a? 
— Endi, odamlar aytib yurishibdi-ku... 
Asadbek javonga yaqinlashib, eshigini ochdi. Karimulla taxlanib turgan pullarni ko‘rib, 
entikib ketdi. «Xarajatni ko‘taradi shekilli», deb quvondi. 
— Qarindoshlaringni tinch qo‘y, — dedi Asadbek, pul sanay turib. — Mana senga o‘n 
ming, — u shunday deb beli bukilmagan pullarni Karimulla tomon tashladi. 
Karimullaning pulga uzatgan qo‘llari muallaq qolaverdi. — Sen harom qadamingni 
Makkaga bosma, Makkaga pokiza odamlar borishi kerak. Yo‘qol endi, ko‘zimga ko‘rinma. 
Karimulla pullarni apil-tapil yig‘ishtirib olib, qulluq qilganicha chiqib ketdi. Pullarni 
paltoning keng cho‘ntaklariga sola turib «yigirma ming desam bo‘larkan», deb o‘kindi. 
Asadbek joyiga borib o‘tirib, yostiqqa yonboshladi. Bir dam xayollarga bandi bo‘ldi. 
So‘ng ko‘ziga uyqu ilinib boshini yostiqqa qo‘ydi. Qancha uxlaganini bilmadi. Bir 
uyg‘onganida shom qorong‘isi cho‘kkan edi. Xotini kirib: «Ovqatga chiqasizmi yo shu 
yerga olib kiraymi?» deb so‘radi. Asadbek «chiqaman», dedi-yu, yana uyqu elitib 
o‘rnidan qo‘zg‘olmadi. Xuddi birov ikki yelkasidan bosib, miyasiga qo‘rg‘oshin 
quyayotganday ko‘zlarini ham ocholmay qoldi. Miya sergak, quloq atrofda tiq etgan 
tovushni ham eshitadi. Ko‘z esa g‘alati uyquda — bir jarga qulaydi, yuragi qinidan 
chiqquday bo‘ladi, bir bosinqiraydi, bir chala uyg‘onadi... Shu ahvolda tong ottirdi. 
Nonushtadan keyin Jamshid keldi. 
— Bek aka, hammasi pishdi. Uyiga oborib qo‘ydim,— dedi Jamshid. 
— G‘alva ko‘tarmadimi? 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati