Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
nisbatan shunday mehri borligi olamning ajabtovurligidan edi. 
Asadbek ba’zan «men ham bolalarimni erkalashim kerakmi?» deb o‘ylab qolardi. Ota-
onaga erkalanish nima ekanini bilmay o‘sgan odam uchun bu mushkul savdo ekan. 
Farzandga mehribonlik boshqa, erkalash, taltaytish boshqa. Shu bois Asadbek bolalarini 
erkalatmasdi, deyilganda «u farzandlariga bemehr edi», deb tushunmaslik lozim. 
Alqissa, hozirgina oshxonaga kirib ketgan qizi unga salom berish bilangina kifoyalanar 
edi. Asadbek shunga ko‘nikkan bo‘lsa-da, hozir andak ajablandi. Qizining nomus o‘tida 
kuyib kul bo‘layotgani unga hozircha noma’lum. Buni keyinroq idrok eta boshlaydi. 
Yashin chaqib, chok-chokidan so‘kilib qolgan qora bulutlar orqasidan oy ko‘rinib, 
qorong‘ilik chekingani misol, oshxonadan xotini chiqdiyu ko‘ngli ravshan tortdi. Ko‘pchilik 
nazarida dahshatli odamxo‘r sifatida gavdalanuvchi Asadbek shu onda xotinini bag‘riga 
bosib yig‘lagisi keldi, desam, albatta ishonmaysiz. Lekin siz ishoning. Mol-dunyosi 
behisob, o‘l desa o‘ladigan odamlari bor bo‘lgan holda hasratini eshitadigan hamrozi yo‘q 
kishining holiga siz ham rahm qiling. Bu fojiani hatto g‘animlaringizga ham ravo 
ko‘rmang. 
Yig‘lagisi kelgani bilan Asadbek yig‘lay olmasdi. Xotini unga dalda bergisi kelganda ham 
yupata olmasdi. Og‘ir bo‘lganda shu Manzuraga og‘ir. U ikki o‘t orasida. Bir tomondan 
qiziga achinsa, kuysa, boshqa tomondan erining g‘azabidan qo‘rqadi. «Jahl ustida bir 
nima qilib qo‘ymasalar edi», deb joni halakda. Hozir oshxona ostonasini hatlab chiqdi-
yu, qo‘rquvdan pirpirayotgan ko‘zlarini eriga tikib, salom berdi. So‘ng: 
— Yaxshi keldingizmi, adasi, — dedi. Bu gapini o‘zigina eshitdi. Qo‘rqibgina, astagina 
aytilgan so‘zlar havoga singib ketdi. 
Asadbek uyga qarab yurdi. Manzura unga ergashdi. Ichkari kira turib chaqqonlik bilan 
engashdi-da, eri betartib yechgan tuflini juftlab, bir chetga olib qo‘ydi. So‘ng ichkari 
kirib, Asadbek uzatgan paltoni olib, ilgakka ildi. Bu jarayon kunda takrorlanadi. 
Tashqaridan kuzatgan odam har kuni bir tomoshani aynan ko‘rganday bo‘laveradi. 
Asadbek ichkari kirib o‘zi xush ko‘ruvchi tebranadigan yumshoq o‘rindiqqa emas, deraza 
tomondagi bir qavat ko‘rpachaga o‘tirdi. 
— Voy, to‘xtang, ko‘rpacha solay, — dedi xotini shoshilib. 
Asadbek «kerak emas», degan ma’noda qo‘l ko‘tardi. Manzura bu ishorani ko‘rmaganday 
narigi uyga kirib ko‘rpacha ko‘tarib chiqdi. 
— Birpasga turing, adasi. 
Asadbek o‘rnidan jilmadi. 
— O‘tir. 
Manzura gilam ustiga o‘tirib, ko‘zini yerga tikdi. 
Asadbek gapni nimadan boshlashni bilmay kalovlandi. 
— Tinchlikmi? — dedi u bir oz sukutdan so‘ng. 
Tinchlik, — dedi xotini siniq ovozda. 
— Bir nima dedimi? 
— Yo‘q hali. 
— So‘ramadingmi? 
Manzura eriga shoshilib qarab oldi-yu, boshini egdi. 
— Qanday so‘rayman. 
— Men so‘raymi bo‘lmasa! 
— Voy, adasi... 
— Ha, latta! 
Asadbek shunday deb to‘ng‘illadi-yu, baqirib yuborishdan o‘zini tiydi. «So‘raganining 
nima foydasi bor?» degan fikr uni jilovdan tutdi. Xo‘sh, so‘radi ham deylik, «zo‘rlashdi» 
degan javob oldi nima-yu «tegishmadi» deganda nima? Har ikki holda ham o‘g‘irlangan 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti