Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
qutulib ketadi. Sen esa nomus azobida to‘lg‘anib qolaverasan. Sen hozir uning 
gunohlaridan o‘t. Ammo shunday qilginki, umri azobda o‘tsin. Vaqti kelib oyog‘ingga 
bosh ursin, tavbalar qilsin. Ana shunda o‘ldirsang xumordan chiqasan. O‘lsang, ko‘zing 
ochiq ketmaydi...» 
Shu ovoz Asadbekni ushlab turibdi. Nomus azobiga chidashga majbur etyapti. Jalilning 
uyiga boshlab kelgan ham shu ovoz. Agar oshnasi «ularni qirib tashla» desa bas, yangi 
yilning birinchi kuni qonlar to‘kish bilan boshlanadi. Asadbek Jalilning bunday demasligini 
biladi. Bilgani uchun ham uni qora tortib keldi. 
3 
 
Dunyoda eng shirin narsa nima, deb so‘ralganda «uyqu» deb javob berishgan ekan. Bu 
gap ham to‘g‘ri. Biroq bolalik xotiralarini eslash lazzati uyqudan ham mazaliroqdir. 
Chunki yosh o‘tgan sayin, bolalikdan uzoqlashganingiz sayin o‘tgan kunlarni 
eslayverasiz, entikaverasiz. Ayniqsa jon-jo‘ralar uchrashganda uyquni ham tark etib, 
uzun kechalar xotiralar ixtiyoriga berilishadi. Asadbek bilan Jalilning bunday kechalari 
ko‘p bo‘lgan. 
Jalil oshnasi ko‘nglidagi g‘uborni ana shu xotiralar yordamida quvmoqchi bo‘ldi. Lekin 
eng yorqin voqealar ham Asadbek ko‘ngliga ravshanlik bermadi. U tund qiyofada 
o‘rnidan turib, Jalil bilan xayrlashdi. Jalil uni kuzatib ko‘chaga chiqdi. Asadbek mashina 
sari yurganida orqadan Jalilning ovozi keldi: 
— Ko‘chada Asadbekka o‘xshab yur, shunchalik cho‘kasanmi? 
Bu gapni eshitib Asadbek qaddi bukilib qolganini sezdi. Jalil hech qachon uning qudratini 
pesh qilib gapirmagan edi. Hozirgi aytgani... «Asadbekka o‘xshab yur...» Mana shu gap 
unga dalda berganday bo‘ldi. Qaddini tikladi. Chuqur nafas oldi. Mashina eshigini 
ochgach, orqasiga o‘girildi. 
— Qorangni ko‘rsatib tur. Odamlarning oshnasiga o‘xshab yo‘qlashni qachon o‘rganasan? 
Jalilning sanchib oladigan javobi tayyor edi-ku, ammo birodarining ahvol-ruhiyasini 
o‘ylab tilini tiydi. Jilmayib, bosh irg‘ab qo‘ya qoldi. 
Asadbek hovliga qadam bosgach, oshxonadan chiqayotgan qiziga ko‘zi tushdi-yu
beixtiyor to‘xtadi. Qizi ham uni ko‘rib bir on harakatsiz qoldi. So‘ng past ovozda salom 
berib, shoshganicha iziga qaytdi. Ota bilan qizning nigohlari bir soniyagina uchrashdi. 
Go‘yo to‘satdan yashin chaqnab qorong‘ilik bag‘rida o‘rtanayotgan ikki xasta dilni yoritib 
o‘tganday bo‘ldi. Yashin nuri so‘nishi bilan ularning har biri o‘z jahannamiga, yana o‘tda 
qovurilish, azoblanish uchun qaytdilar. 
Qiz nima uchun otasi oldiga yugurib kelmadi, nima uchun bo‘yniga osilib ko‘z yosh 
to‘kmadi, nima uchun nolalar qilmadi? Nima uchun dardini yutib jahannam azobini o‘ziga 
ravo ko‘rdi? Asadbek qo‘rqib kutgan hodisa ro‘y bermadi. Ha, u qizi bilan uchrashishdan 
qo‘rqayotgan edi. Qizi faryod urgan taqdirda ichini kemirayotgan vulqonning otilishi 
tayin ekanini bilib, tashvishlanayotgan edi. 
Asadbek qizini sira erkalamasdi. Kesakpolvon — g‘azabga minganida otasini ham 
tanimaydigan qahri qattiq odam, oyda bir marta xotinini urib turmasa yegani ichiga 
tushmaydigan jizzaki erkak — bo‘yi yetgan qizini haddan ziyod erkalab, yuzlaridan 
chimdib, o‘pib qo‘yganida Asadbekning g‘ashi kelardi. Ba’zan tanbeh berib, ba’zan 
«qizingni erga berganingda o‘zingni ham qo‘shib berasanmi», deb piching qilardi. 
Kesakpolvon Asadbekning bunday gaplarini, pichinglarini qulog‘iga olmasdi. «Bu qizimni 
o‘zim tuqqanman», deb tirjayardi, xolos. Kim, qanday tug‘ishini yaxshi fahmlaydigan qizi 
otasining bu hazilidan yayrab, battar erkalanardi. Har to‘kisda bir ayb, deganlaridek, 
begunoh odamning jonini sug‘urib olishda kiprigi qilt etmaydigan odamning farzandiga 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati