Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
— Qachon? Topilmadimi? 
— Kecha o‘zlari tashlab ketishibdi. 
— Kimligini bildingmi? 
— Aniq bilmayman. Gumonim bor. 
Jalil o‘yga toldi. Bir necha nafasdan so‘ng xo‘rsindi: 
— Xudodan qaytibdi. 
Asadbek boshini shartta ko‘tardi: 
— Bu nima deganing?! 
— Sen maishat qilgan qizlarning ham ota-onalari bor edi, ular ham ezilgandir, Xudoga 
nolalar qilgandir. Xudo kar emas, bu ohlarni eshitgandir? 
— Og‘zingga qarab gapir! Mening maishat qilganimni ko‘rdingmi?! — Bu safar 
Asadbekning ovozi titrab chiqdi. Jalil uning ko‘zlariga qarab qo‘rqdi: bu ko‘zlarda g‘azab 
uchqunlanayotgan edi. 
— Ko‘rib nima, men sening mahramingmanmi, izingdan yuradigan. Eshitganman, 
hamma gapiradi. 
— Hamma gapirsa ishonaverasanmi, he... s-so‘tak! — Asadbek beixtiyor so‘kindi. 
Boshqa vaziyat bo‘lganda Jalil qarzga botmay, darrov qaytarardi. Oshnasining vajohatini 
ko‘rib, o‘zini tiydi. 
— Bo‘pti, o‘zingni bos, — dedi u. — Qizing tirik ekan, Xudoga shukr qil. 
— Jalil, — dedi Asadbek qahrli ovozda, — bilib qo‘y, men nomard emasman. Men itning 
bolasi emasman, odam bolasiman. Birovlarning burnini qonatib lazzat topaman, deb 
yurganim yo‘q bu dunyoda. Alamim borligini bilasan-ku. Bu ahmoq gapni boshqadan 
eshitsam, xafa bo‘lmas edim. Sen ham shunday deding-a! 
— Sen qilmagan bo‘lsang, bu ishni shotirlaring qilishadi. La’nat esa senga oqib 
kelaveradi. Sen odamlar ko‘ziga bo‘ri bo‘lib ko‘rinasan. Yesang ham, yemasang ham 
baribir og‘zing qon. Sen men bilan gap talashma. Bo‘ladigan gapdan gapir. Tumshayib 
yuravermassan, axir. Nima qilmoqchisan? 
— Hayronman... 
— Gap qaynab chiqmasidan uzatvor qizingni. 
Asadbek kechadan beri xayolning qaysi ko‘chasiga kirmasin, shu to‘xtamga kelayotgan 
edi. Jalildan ham shu fikr chiqishini kutgan edi. Kutilgan fikr aytildi, ammo yengil 
tortmadi. Chunki fikr aytmoq oson. To‘y qilish ham oson. Biroq, qizining yuzi yorug‘ 
bo‘ladimi — mashaqqat shunda. Kuyov bo‘lmish Asadbekning qahridan qo‘rqib hozir 
indamasligi mumkin. Keyinchi? Zamon sahnasidan tushib ketgach, qizi xo‘rlanmaydimi? 
Ko‘chaga haydalmaydimi? Sharmandalik libosiga o‘ralmaydimi? Asadbekning xavotiri 
shunda. Siz «Xo‘sh, o‘zining or-nomusi-chi?» deyishingiz mumkin. Bir dono shoir «ota-
ona mehrisiz ham yashamoq mumkin, ammo mumkin emas nomussiz yashash», 
deganda ming karra haq. Asadbek ota-ona mehriga to‘ymay o‘sdi. Qizining o‘g‘irlanishi 
— uning nomusiga tegishmagan taqdirda ham — ota-ona nomusining toptalishi bilan 
barobar. Shunday ekan, Asadbek bunga qanday chidasin?! Chap yelkada o‘tirgan 
shayton qasosga undaydi: «Qo‘lingni uzatsang yettinchi osmonga ham yetadigan 
insonsan. Birov sening kosangga tuflabdi, oshi halolingni bulg‘abdi-yu, sen ezilib 
yuribsanmi, kimdan gumoning bo‘lsa — yanchib tashla! Bugun qasos olmasang, ertaga 
el oldida basharangga tupurishadi. Otangni olib ketishganda nochor eding. Ana shu 
nochorlik seni bir umrlik armon o‘tida kuydiryapti. Endi ham nochormisan? Qon 
to‘kmasang erkak emassan! O‘zingni ko‘rsat! Nomus uchun qon to‘kish lozimligini 
erkaklarga eslatib qo‘y!!» Ammo qilich yalang‘ochlangan damda o‘ng yelkada o‘tirgan 
Rahmon bila-gidan ushlab to‘xtatadi. Qon to‘kishga yo‘l bermaydi. «Gumoning to‘riga 
o‘ralganlarni tig‘dan o‘tkazishing — ojizliging alomati. Gunohkor osongina jon berib 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat