Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
miyasiga igna sanchilganday bo‘ladi. Taqdirning g‘irrom o‘yini bu «fazilat»larning 
barchasini Haydarga nasib etgan. Yillar mobaynida Asadbek unga tanbeh beraverib 
charchadi. Agar bu tanbehlar molga aytilsa, u tuppa-tuzuk odamga aylanib qolishi 
mumkin edi. Lekin Kesakpolvon yaratgan egam ato etgan bu «fazilat»lariga zarracha 
xiyonat qilmay yashayapti. 
Asab torlari tarang tortilgan Asadbek unga o‘qrayib qarab turib, oxiri portladi: 
— Jim o‘tirsang-chi, birpas! 
Dunyoning oromini shu barmoqlar qisirlashi buzib turganday, xonani birdaniga sukunat 
bosdi. Ikkala a’yon Asadbekka tikilib o‘tiraverishdi. Bir necha nafaslik sukut Asadbekning 
ham joniga tegib, ohista gap boshladi: 
— Uni tinchitish oson... O‘sha yoqda tinchiydi. Men xoinlarni hech qachon kechirgan 
emasman. Yozuvlarni menga Hosilboyvachcha berdi. Nima uchun berdi, o‘ylab ko‘r-chi? 
Meni yaxshi ko‘rgani uchunmi? U «Asadbek Kesakpolvon degan ahmoq oshnasining 
maslahatiga yuradi», deb o‘ylagan. U payt poylayapti. Uning puli ko‘p, ammo aqli kalta. 
— Aqli kaltalardan ko‘proq qo‘rqish kerak, — dedi Chuvrindi. 
Asadbek unga yalt etib qaradi. «Qo‘rqish kerak» degan ibora unga yoqmadi. Chuvrindi 
bu qarashning ma’nosini tushunib, gapiga tuzatish kiritdi: 
— Ehtiyot bo‘lish kerak, demoqchiman. Aqli kaltalar o‘ylab, ishni pishitib so‘ng jangga 
kirmaydi, kutilmaganda chang solib, o‘zini ham, boshqani ham vayron qiladi. 
— Hosilboyvachcha hali-beri menga urush ochmaydi. Yangi paydo bo‘layotgan mayda 
to‘dalardan ehtiyot bo‘lish kerak. 
— Gapingiz to‘g‘ri, — dedi Chuvrindi, — bir hikmat bor: tariqday mamlakatning 
rahbarlari kambag‘allikdan chiqish yo‘llarini izlab, oxiri Amerikaga urush ochmoqchi 
bo‘lishibdi. Urush ochsak, ular bizning yurtimizni bosib olishadi, so‘ng xalqimizni 
boqishga majbur bo‘lishadi, deyishibdi. Shu qarorga kelishganda ulardan biri: «agar biz 
ularni yengsak-chi, xalqini qanday boqamiz?» deb tashvishlangan ekan. 
— Agar katta mamlakat lallaysa har balo bo‘lishi mumkin, — dedi Asadbek. So‘ng 
Kesakpolvonga yuzlandi: — Otarchining qaytganini eshitganmiding? 
— Qaysi otarchi? 
— Elchin. Esingdan chiqdimi? 
— Ha, umi? Eshituvdim. 
— Nega menga aytmading? 
— Chakki qadam bosgani yo‘q. Tinchgina yuribdi. 
— Tinchgina yuribdimi? Sen uning o‘rnida bo‘lganingda tinchgina yurarmiding?! 
— Meni o‘sha so‘takka tenglashtirasanmi? 
— Bo‘pti, gapni chaynama. Endi qarzimizni uzishimiz kerak. U sen o‘ylagan 
so‘taklardanmas. Erkak u, bilib qo‘y! Deputatning qizi bo‘yiga yetib qolganmi? 
Chuvrindi Asadbekning maqsadini anglab, bosh irg‘adi. 
— Haydar, Shilimshiqdan xabar bormi? 
— Yuribdi, Chelyabinskda. 
— Uni qaytarish kerak. Otarchiga ro‘para qilamiz. O‘chini bizdan emas, o‘shandan 
olaversin. Mahmud, Sharifning ishi yosh bolaning qo‘lida ekan. Vinzavodga qiziqayotgan 
emish. Kimligini bilib qo‘y. 
— Bilib qo‘yganman. To‘ytepalik bola. Ota-onasi ketmonchi. O‘ziga ilmdan Xudo bergan 
ekan. Lekin ilmni tashlab bu yoqqa o‘tibdi. 
— Nega? 
— Akasini o‘ldirib ketishgan ekan. Shunga alam qilgandir. 
— Kim o‘ldirgan ekan, aniqlab qo‘y. 
Bu buyruq Kesakpolvonga qarata aytilgan edi. U nima qilish lozimligini tushundi. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat