Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
— Tur, — dedi sovuq ohangda. Sharif turdi. — Qo‘lingni orqaga qil. 
Sharif itoat etib, buyruqni bajardi. 
«Joyingizga borib, o‘ylang» emish, — deb fikr qildi u, qamoqxonaning uzun dahlizidan 
borar  
ekan. — Endi bu yer mening joyim bo‘lib qoldimi? Mening joyim... Yomon emas. 
Lahadga nisbatan shu yer tuzuk. Bolalarim omon bo‘lsa bas. «Katta miqdorda qoradori 
topildi», deydi. Katta miqdori qancha? O‘n ming so‘mlikmi? Yo ko‘proqmi? Shuncha 
qoradorini uyimga tashlab qo‘ygan bo‘lsa, bu tergovchilariga ham sarf-xarajat 
qilishgandir? Agar bu bolaga ham besh-o‘n ming so‘m berilgan bo‘lsa, umumiy 
hisobda... narxim chakki emas ekan-da? O‘n besh, yigirma ming so‘mlik odam 
ekanman-da? Ba’zi birovlarni sariq chaqaga ham olishmaydi. Menga shuncha pul 
sarflashibdi. Boyvachchalar birovni qamoqdan chiqarish uchun pul sochishardi. Menga 
kelganda qamoqqa tiqish uchun sarflashdi. O‘n besh, yigirma ming ularga pulmi? Bir 
kunda chiqarib olishadi. Men ularga yoqmay qolgan ekanman, shuncha ovora bo‘lib, 
nayrang ishlatib, pul ketkazib yurmay, shartta o‘ldirib yubora qolishsa yaxshi emasmidi? 
Yo o‘ldirish qimmatroq tusharmidi? Be, uch-to‘rt yuz so‘m bilan tinchitishardi. Bitta 
alkashni yoki giyohvandni ishga solishsa tamom-da. Lekin qon to‘kkilari kelmabdi. 
Nimaga? Insof qilishdimi? Insofni qayoqdan olishdi? Yo qo‘rqishdimi? Kelib-kelib mendan 
qo‘rqishadimi? Yo mening burnimni yerga ishqab, mulla qilishmoqchi bo‘lishdimi? 
«Mulla» bo‘lgan taqdirimda ular nima naf ko‘rishadi? Baribir endi o‘sha zavodga qaytib 
bormayman-ku?» 
— To‘xta, devorga yuzlanib tur. 
To shu buyruq yangraguncha, kamera eshigi taraqlab ochilguncha mana shu xayollar 
Sharifga hamroh bo‘ldi. 
4 
 
Zohid mahbus chiqib ketganidan keyin ham bir necha fursat o‘rnidan qo‘zg‘almadi. 
Prokuratura tergovchisi bilan jinoyat qidiruv inspektorining ishida katta farq borligini 
mana shu birinchi qadamidayoq aniq his qildi. Uning nazarida prokuraturadagi ish 
osonroq tuyulardi. Prokuratura xodimlari uning ko‘ziga loqayd to‘ralar sifatida ko‘rinardi. 
Uning avvalgi ishi jinoyat iziga tushish, jinoyatchini ushlashdan iborat edi. Qolganini 
jinoyatning katta-kichigiga qarab yo shahar, yo depara prokuraturasiga o‘tkazilardi. 
Tergovchilar savol-javob qilib ishni sudga oshirishardi. Endi esa sobiq hamkasbi — 
jinoyat qidiruv inspektori ushlab bergan jinoyatchining taqdiri uning qo‘lida. Birinchi 
jinoyatchi — olim. Yaqindagina olimlik shohsupasi tomon dadil borayotgan, akasi 
o‘limidan so‘ng shartta burilib, boshqa yo‘lga o‘tgan, dam-badam olimlik ko‘chalarida 
xayolan sarsari kezuvchi yigit yangi ishda ilm odamiga yo‘liqib tursa! Taqdir uni 
sinamoqchimi? 
Zohid yuragi siqilib, daftarga formulalarni beixtiyor yoza boshladi. Uning odati shu — 
yuragi siqilsa, kalavaning uchini yo‘qotib, garang bo‘lsa, beixtiyor ravishda formulalar 
yozib, yechib chiqara boshlardi. Yod bo‘lib ketgan Eynshteyn nazariyalari yoki hisob 
olamining yechimi mushkul raqamlari daftar sahifalarini to‘ldirardi. 
U huquq sohasiga buyuk umid bilan o‘tgan edi. Adolat tiklamoqni istab edi. Bir 
dehqonning bolasiga hayotda nima kerak? Kunda bir kosa ovqatga qorni to‘ygan, ovqat 
bo‘lmagan taqdirda non-choyga qanoat qilgan, egnidagi kiyimining yengi to tirsagiga 
kelib, kalta bo‘lib qolgunicha yangisini ko‘rmay o‘sgan bola podsholik taxtini talab 
qilarmidi? Otasining yonida ketmoniga sig‘inib yashagan, rais buva marhamat etgan 
damda maktabda o‘qib, boshqa payt dalada kesak yalagan bola dunyoga taniluvchi olim 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat