Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
urgandirman... Kayfda bo‘ladi-ku? 
— Birovni urgan bo‘lsangiz, bu ish bilan shahar prokuraturasi shug‘ullanmas edi. 
Adashganimiz yo‘q. 
Namozov yengil tin oldi. Yelkasidan tog‘ ag‘darilganday bo‘ldi. Zohid undagi o‘zgarishni 
sezdi. U Namozov aybnomani darrov rad etadi, isbot talab qiladi, deb o‘ylagan edi. 
Indamay o‘tirishiga qarab, «bo‘yniga oldimi», deb taajjublandi. 
— Nimaga indamayapsiz? 
— Men... ochig‘ini aytsam, odam o‘ldirib qo‘yibmanmi, deb qo‘rquvdim. 
— Qoradorifurushlikni yengilroq jinoyat deb o‘ylayapsizmi? 
— Sizning tilingizda yengilmi yo og‘irmi, bilmayman. Balki unisi uchun ham, bunisi 
uchun ham otarsizlar. Lekin men uchun odam o‘ldirib otildi, degan nomus yomon. 
— Qoradori o‘nlab yosh jonlarni halok qiladi. Bunisiga nima deysiz? 
Nima derdim, bunga qoradori sotadiganlar javob beraversin. 
— Siz-chi? 
— Umrimda qilmaganman bunaqa ishni. 
— O‘zingiz ham iste’mol qilmaganmisiz? 
— Nimani? Qoradorinimi? — Namozov bosh chayqadi. 
— Qoningiz tekshirilganda tarkibida qoradori topilgan. Siz faqat aroqdan emas, 
qoradoridan ham mast edingiz. 
— Yolg‘on. 
— Sizga sudmedekspertiza xulosasini ko‘rsatamiz. Hozir esa... bilagingizga qarang. 
Namozov shoshilib pidjagini yechdi-da, yengini shimarib bilagiga qaradi. Yo‘g‘on tomir 
ustida bilinar-bilinmas igna izini ko‘rib, Zohidga dahshat nazari bilan qaradi. Uning 
yumaloq ko‘zlari yanada kattalashganday bo‘ldi. 
— Tamom! — dedi u titroq ovozda. 
— Nima tamom! — dedi Zohid tushunmagan odamday. 
Namozov boshini egib, xuddi o‘zi bilan o‘zi gaplashayotganday dedi: 
— Men ajal bilan o‘ynashgan ekanman... — u boshini ko‘tarib Zohidga qaradi. — Mening 
bo‘larim bo‘pti. Bola-chaqam omonmi, faqat to‘g‘risini ayting. 
— Xotiningizni ko‘rdim. Bolalaringizni... 
— Bolalarim oyimnikida edi. 
— Siz kimdan qo‘rqyapsiz? 
— Kimdan qo‘rqyapsiz? Men qo‘rqmayman. Qo‘rqqanimda bu yerda o‘tirmas edim... 
Zohid qalin daftar ochib, taomilga ko‘ra Namozovni so‘roq qila boshladi. Ism-sharifini
tug‘ilgan yili, kunini  so‘radi. Namozov savollarga qisqa, sovuq ohangda javob berar edi. 
— Qoradorini sizga kim yetkazib berar edi? — deb so‘radi Zohid asosiy maqsadga 
ko‘chib. 
— Tanimayman, — dedi Namozov gap ohangini o‘zgartirmay. U qamoqqa kimning istagi 
bilan kelib qolganini anglagan, puxta o‘ylangan tuzoqqa tushganini fahmlagan edi. 
Tuzoqdan qanday qutulishni bilmas edi. Tergovchi ham balki ularning odamidir, degan 
o‘y uni nochor ahvolga solib qo‘ygan, na ochiq gaplashishni, na o‘zini go‘llikka solishni 
bilardi. Qisqa muddat ichida tanlanishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘l — «bilmayman» deb 
turish. Zohid uning tutgan yo‘lini ko‘ra bildi. Shuning uchun arqonni uzun tashlab
so‘roqni davom ettirdi: 
— Mijozlaringizni ayting? 
— Tanimayman. 
— Qanchadan olib, qanchadan pullardingiz? 
— Kilosinimi? 
— Aytaylik, kilosini? 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat