Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
Zohid siz bilan biz kabi dunyodan adolat izlardi, haqiqat topmoq istardi. Uning nazarida 
haqiqat qaerdadir kul ostida yoki bir uyum axlat ostida yotgan haykalu uni topib, 
tozalab, tiklab qo‘ysa olam guliston bo‘ladi. Mana shu kuchli istak uni yon atrofidagi 
odamlardan ruhan uzoqlashtirardi. «Izlab ovora bo‘lma», deganlar u uchun ojiz 
maxluqqa aylanardi. Bu odamlardan fazilat izlashga harakat qilmayoq qo‘ygan. Sobiq 
boshliqni ham shular qatoriga qo‘shgan edi. Boshliqning ham odam ekanini, ozgina 
bo‘lsa-da, insoniy fazilatlardan bahramand ekanini o‘ylamasdi. Sobiq boshliq uni yomon 
ko‘rgani bilan taqdiriga befarq qarayolmas edi. Mana, o‘zingiz tasavvur qilib ko‘ring: siz 
ham kimnidir yomon ko‘rasiz. Ha, ha, yashirmay bo‘yningizga olavering. Barchani birday 
yaxshi ko‘rish mumkin emas. Xullas, siz ham kimnidir yomon ko‘rasiz. Lekin o‘sha 
odamni o‘ldirib ketishsa achinmaysizmi? Achinasiz. Hatto uni yomon ko‘rib yurganingiz 
uchun, salomiga alik olmay qo‘yganingiz uchun o‘zingizni la’natlaysiz. Agarchi bu 
fojiadan quvonsangiz, «o‘ldirib ketishgani yaxshi bo‘libdi», desangiz, u holda siz odam 
emassiz. Shu o‘rinda «odam emassiz, hayvonsiz», desam qo‘polligim uchun ranjiysiz. 
Ammo boshqa bir sabab bilan «hayvon» deya olmayman. Buni aytsam, o‘sha begunoh 
jonivorlarni haqoratlagan, balchiqqa bulg‘agan bo‘laman. 
Chekinishni bas qilib, yana depara ichki ishlar bo‘limiga qaytaylik. Endi sizga Zohidning 
tuyg‘usi qisman ma’lum. Sobiq boshlig‘ining gaplari u qulog‘idan kirib, bu qulog‘idan 
chiqmaydi. Bu gaplarni so‘nggi nafasda, jon taslim qilayotganida hali eslaydi... 
3 
 
Zohid ertalab idorasiga kirmay Sharif Namozov bilan gaplashish uchun shahar turmasiga 
keldi. Temir to‘siqlardan o‘tib, tergov xonasiga kirdi. Besh-o‘n daqiqadan so‘ng eshik 
ochilib, soqchi ko‘rindi-da, mahbus olib kelinganini ma’lum qildi. So‘ng qo‘llarini orqasiga 
qilib olgan Namozov kirdi. Uning oyoqlariga kishan urilmagan, lekin qadam bosishi 
zanjirband mahbuslarnikiday og‘ir edi. Ozg‘in, siyrak sochlari to‘zg‘igan bu odamning 
dumaloq ko‘zlari ich-ichiga botgan, qarashlarida esa kishining rahmini uyg‘otuvchi iltijo 
zohir edi. Yelkasidagi dunyo yuki og‘irlik qilayotganday bir oz bukchaygan. U yerga 
mahkamlangan qattiq kursiga o‘tirib, boshini xam qildi. 
Zohid chekmasa ham yonida sigaret olib yurardi. Mahbusga bir necha nafas tikilib 
turgach, cho‘ntagidan sigaret chiqarib, unga uzatdi. 
— Cheking. 
Sharif indamay qo‘l uzatib, titroq barmoqlari bilan qutidan bitta sigaretni ajratib oldi. 
Zohid unga gugurt uzatdi. Sharif avval gugurtga, keyin Zohidga qaradi. So‘ng sigaretni 
stol ustiga qo‘ydi. 
— Uzr, chekmayman. 
Chindan ham Sharif chekmas edi. Hozir nima uchun sigaretni olganini o‘zi ham bilmadi. 
Kayfi tarqagan bo‘lsa ham u hanuz karaxt edi. Turmaga qanday qilib tushib qolganiga 
xayron, xayol uni turli ko‘chalarga haydardi. Berk ko‘chalarning biriga kirib, tentirab, 
undan chiqardi-da, so‘ng yana boshqa berk ko‘chaga ro‘para bo‘lardi. Uning esida 
qolgani — boshqonga shartta-shartta gapirgani, «fosh qilish qo‘limdan keladi!» deb 
katta ketgani. Boshqon «osmon qo‘lingda bo‘lsa tashlab yuboraver», dedi. Sharif «endi 
boshqon bilan yuz ko‘rmas bo‘ldim», deb o‘tirganida, peshinga yaqin xonasiga kirib 
keldi. Boshqon ishi bo‘lsa uni xonasiga chaqirtirardi. Sharif uning kirib kelganini ko‘rib 
«gapim jonidan o‘tibdi-da», deb o‘yladi. Lekin boshqon, uni hayron qoldirib, bir soat 
ilgari bo‘lib o‘tgan noxush suhbatni eslamadi. Yo «sizdan o‘tganini men kechirdim, 
mendan o‘tganini siz kechiring» demadi. Kirdiyu: 
— Yuring, ketdik, — dedi. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat