Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
215
benihoya xizmat etgan edingiz. Endilikda uni parchalab tashlovchi kishilardan bo‘lib 
qolmangiz. Sizlarning bu ishingiz Islom jamiyatini qiyomatga qadar birlasha olmaslik 
fitnasiga giriftor etmasun, o‘zimizdagi ichki adovatga barham bermasak, tashqi 
dushmanlar bizni tezda mag‘lub etajak. Biz mana shunday mag‘lubiyat alamiga 
uchramasligimiz darkor. Biz ichki tortishuvlarni hal etmay, o‘zaro birodarkushlik olovini 
yoqib yuborsak, kelajak avlodlarimiz uchun g‘oyatda ulug‘ xiyonat qilgan bo‘lamiz. Kuch 
faqat birlikdadir. Qaysi millat birligini yo‘qotsa, o‘sha millat kelajagi uchun 
qayg‘urmagan, o‘ziga halokatni lozim etib olgan bo‘ladi. Oradagi ixtilofni Ollohning ulug‘ 
kitobiga hamda Ollohning muborak payg‘ambarining ko‘rsatgan yo‘llariga amal qilgan 
holda bartaraf etmog‘imiz darkor...» 
Sobitxon muloyim ovozi bilan barchaning xayolini o‘g‘irlagan edi. Xizmatchilar sharpasiz 
yurishga urinadilar. Zarur gapi borlar bir-birlari bilan pichirlashib muomala qiladilar. 
Asadbek Sobitxonning shu fazilati uchun o‘zi qurdirayotgan masjidga imom bo‘lishini 
istagan edi. Bu «manman qori» esa rad etdi. Asadbek faqatgina imomning shirali 
ovoziga mahliyo bo‘lmay, aytayotgan gaplarining mazmunidan mast ham edi. Xuddi 
birov kelishidan avval imomga «Asadbekning yuragida shunday yashirin dard bor», 
deganu Sobitxon atayin shu mavzuda ma’ruza boshlagan. Suhbat nihoyasiga yetgandan 
so‘ng ham izdihom ahli voizning so‘zlari ta’sirida bir oz jim o‘ltirdi. Asadbek sovub 
qolgan choyiga qarab o‘yga botdi. «Birligini yo‘qotgan millat kelajagi uchun 
qayg‘urmagan bo‘ladi... Biz-ku, birlasha olmaymiz. Siyosatchilarga nima balo bo‘lgan? 
Biz pul talashamiz. Dardimiz ham, imonimiz ham pul. Ularning imoni — amal. 
Haydarning gapi to‘g‘ri. Haqiqat, millat, deb valdirayotgan xunasalarga bittadan «Volga» 
berilsa ovozi o‘chadi. Bittasi o‘zimizning deputatmi...» 
Choyingni yangilab beray, — dedi Jalil, Asadbekning xayolini to‘zitib. — Vaqtliroq 
kelganingda zo‘r gaplarni eshitarding. Endi hammaning Xudo deydigan vaqti kelibdi, 
oshnam. 
— Vaqt o‘tdi, desang-chi... Biz-ku, Xudo dermiz-a, lekin... Xudo endi bizni bandam 
dermikin? 
— Deydi, nimaga demas ekan? Besh vaqt namoz o‘qiganning hamma gunohidan 
kecharkan. 
— Besh vaqt namoz yetarli bo‘lsa zo‘r-ku? — Asadbek shunday deb hazin jilmaydi. — 
Sobitxonning gapiga qaraganda menga o‘xshaganlar kuniga ellik mahal namoz o‘qisa 
ham gunohini yuvishga kifoya qilmaskan. 
— Qanaqa gunohing borligini bilasanmi? — Jalil «shu gaplarnigni dildan chiqarib 
aytyapsanmi?» deganday unga tikildi. 
Ketma-ket ovqat kiritilaverib suhbatning beliga tepdi. Hozirgina mazmunli ma’ruzaga 
mahliyo bo‘lib o‘tirganlar bir necha nafas ichida qorin bandalariga aylandilar... 
Asadbek uyiga xuftonga yaqin kirib keldi. 
Ertalabki samolyotda ketamiz, — dedi u hovliga kirib kelgach. — Chiqib so‘ra-chi, 
Jamshidni topishibdimi? 
Chuvrindi boloxonaga chiqib, dam o‘tmay qaytib tushdi. 
— Kelgan ekan, Zaynab chaqiribdi. 
— Nimaga chaqiribdi? 
— Sababini bilishmaydi. 
— Ketmay tur, — Asadbek shunday deb uy tomon tez-tez yurdi. Ro‘parasidan chiqqan 
Manzuraning salomiga alik olmay, savolga tutdi. — Qizing qani? 
— Uyida, — dedi Manzura, xavotirlanib. — Nimaga so‘rayapsiz? Hali kelib ketuvdi. 
— Kuyoving yo‘qligini bilarmiding? 
— Yo‘q... aytmadi-ku? 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar