Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
211
— Borish uchun ular chaqirishlari kerak. Dollar kerak. 
Bu gapdan so‘ng Chuvrindi qog‘ozdan bosh ko‘tardi: 
— Bu yog‘ini bizga qo‘yib bering. 
Asadbek «gap tamom» deganday o‘rnidan turdi. «Shu ikki og‘iz gapni telefonda aytib 
qo‘yishsa ham bo‘lardi-ku», deb o‘yladi Sharif, eshik sari yurib. 
— Meni kutib turing, gap bor, — dedi Kesakpolvon. 
— Jamshid qaerda? — dedi Asadbek, Sharif chiqib ketgach. 
— Ertalabdan beri ko‘rganim yo‘q. Maishat qilib yotgandir, — dedi Kesakpolvon. — 
Yangisini topgan ekan, o‘sha bilan ovora. 
— Maishat,  deyaverib hammani buzding. Endi bichib qo‘yishim qoldi. 
— Erkaklar bilan ishlagandan keyin chidaysan, oshna. Yosh yigitlar vaqtida maishatini 
qilib olsin. Vaqtida o‘zing ham... 
— Bo‘ldi, aynima. Jamshidni top. Bugun Maskovga uchsin. 
— Nimaga? 
— Xongirey bilan uchrashib kelsin. — Asadbek shunday deb Zelixon bilan ikki kun avval 
bo‘lgan uchrashuv mazmunini aytdi. 
— Jamshidni yubormang, — dedi Chuvrindi. — O‘zingiz borib kelganingiz ma’qul. Ish 
jiddiyga o‘xshaydi. 
Jamshidni top, birga boramiz. 
3 
 
Qiziga qarab turib, Manzuraning ko‘ngli o‘ksidi. Zaynab turmushidan nolib, hasrat 
qilmadi. Biroq ko‘zlarini shodlik uchqunlari tark etgani onaning ziyrak nazaridan chetda 
qolmadi. Zaynab singari kelinchaklar bunaqa damlarda yayrab-yashnab yuradilar. 
Yuzlariga tushgan dog‘, barmoqlarining to‘lishib, uzuklarning sig‘may qolishi ular husniga 
husn qo‘shadi. Zaynab esa xuddi so‘liyotgan gulga o‘xshaydi. Onasiga dilini yormaydi. 
Manzura uning dardli nigohiga qarab turib, ichida «qiz tug‘mayin men o‘lay», deb 
qo‘yadi. Yotarida ham, turarida ham, duo qilsa Yaratgandan qiziga baxt tilaydi. 
Xudoga shukr qilishi kerak, kuyovi beo‘xshov emas. Yoshi kattaroq bo‘lsa ham 
xushro‘ygina. Zaynabi qaynonaning tergab-tergashlari-yu, qayin egachi, qayin 
singillarning dimoq-firoqlaridan holi. Bir juvonning baxtli turmushi uchun hamma narsa 
yetarli. Lekin baxt faqat yemoq-ichmoqdan iborat emasligini u ham yaxshi biladi. 
Asadbek bilan turmush qurib och, yalang‘och qolmadi. Eri ichib kelib, uni do‘pposlamadi, 
ko‘chaga haydab chiqarmadi. Birin-ketin bolalar tug‘ilishdi. U erining «qimor 
o‘ynamayman», degan so‘ziga ishona bordi. Eri kech qolsa joynamoz ustida 
kutmaydigan bo‘ldi. Uyda hamma narsa to‘kin edi. Ammo unga nimadir 
yetishmayotganday bo‘laverardi. Baxtsizlik faqatgina kambag‘alni ta’qib etmaydi. Boylar 
baxtsizlikni o‘zlari sezmagan holda chaqirib oladilar. Kambag‘al baxtsizlikdan ko‘pam 
kuymaydi, unga ko‘nikib qolgan. Ammo boylarning baxtsizlikka chidashlari qiyin. 
Kambag‘al uchun arzimas bir gap bo‘lib ko‘ringan har bir narsa boylar uchun beqiyos 
baxtsizlikday tuyuladi... 
«Qizimning eriga ko‘ngli yo‘q, — deb o‘yladi Manzura. — Farzand ko‘rsa balki dili 
yumshar... Hozirgi qizlarda sabr degan narsa yo‘q, tavba...» 
Qizi o‘qishga bormayotganini aytganida Manzura «o‘zing bilasan», deb qo‘ygan edi. 
Bugun kelib indamay o‘tiraverishini ko‘rgach, «o‘qishingga borganing durust ekan, qizim, 
dugonalaringni ko‘rib ko‘ngling yoziladi», dedi. Zaynab bu gapni eshitmaganday javob 
qaytarmadi. Ayvonning o‘ymakor ustuniga suyanib, hovliga o‘ychan tikilib turaverdi. 
Zaynab shu hovlida Kumush bo‘lib yashagan edi, xayolidagi Otabegi uni shu hovlida 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat