Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
210
keldi. Sharif uni ko‘rib cho‘chib tushdi. Bo‘tqa esa hech nima ko‘rmaganday, xotirjam 
ohangda: 
— Bek akam kutyaptilar, — dedi. 
2 
 
Kesakpolvon Sharif Namozovning shu yerda ekani, Bo‘tqaga topshirgan vazifasi haqida 
gapirgach, Asadbek uni jerkib berdi: 
— Bu qilig‘ingni boshqa yerda qilmaysanmi? 
— Kimligimizni bilib qo‘ysin. Hayot qanaqaligini bi-ir ko‘rsin. «Haqiqat, haqiqat!» deb 
nima ko‘ribdi. Ana endi bugundan boshlab bor haqiqatga tupuradi. O‘zimizning odamga 
aylanadi. Haqiqat deganning yarmiga amal berib, «Volga»ga o‘tqazib qo‘y, yarmining 
qo‘yniga bittadan jononni solib qo‘ysang, kimligini bilasan. Bugun uni maishatga olib 
qolaman. 
— Haddingdan oshma. Chaqir uni, — dedi Asadbek. 
Sharif bu xonaga yuragi dukuri bosilmagan holda kirib keldi. Asadbek o‘rnidan turmay, 
o‘tirgan yerida unga qo‘l uzatdi. Asadbekning qarashi jiddiy, Kesakpolvon esa ayyorona 
jilmayib boqib turardi. Chuvrindi unga e’tibor bermay, qandaydir qog‘ozlardagi 
yozuvlarni diqqat bilan o‘qirdi. 
— Ishlar qalay, o‘rtoq direktor? — dedi Asadbek, kinoya bilan. — Planlar oshig‘i bilan 
ado etilyaptimi? 
— Ha, bajarmasak bo‘ladimi? 
— Bu akangiz aytmaganmidi? — Asadbek shunday deb Kesakpolvonga qaradi. 
— Aytgandilar. 
— Xo‘sh? Nima uchun planni bajaraman, deb zo‘r beryapsiz? 
— Yuqoridagilar qo‘yishmayapti. 
— Siz uchun yuqori biz bo‘lamiz. Biz aytdikmi, tamom! Bajarishga majbursiz. Sizga kim 
buyruq berdi, ministrmi? 
— Yo‘q, Farhodov degani... 
Asadbek Kesakpolvonga qaradi: 
— Haydar, bilarmiding? 
— Yo‘q, hozir...— Kesakpolvon shunday deb telefon go‘shagini oldi-da, kerakli raqamini 
terdi. 
— Farhodovmi? Ha, men, Haydar akangman. Namozoving nima deyapti? Planni 
bajarasan, deb sen zo‘rlaganmishsan-ku? Majlisda aytdingmi? Unga tegishli emasmi? 
Shuni sekin o‘ziga aytib qo‘ysang o‘lasanmi, he so‘tak. Ha, aytish kerak, qozoqning 
to‘qqiz pulidek tushuntirib, beliga tugib ham qo‘yish kerak. Duoyi salomni oldingmi, endi 
o‘chir ovozingni... 
Kesakpolvon go‘shakni joyiga qo‘yib, Sharifga qaradi: 
— Eshitdingizmi? Direktor degan bunaqa lalaymaydi. 
— Bu oy yetmishdan oshmasin, — dedi Asadbek. — Keyingi oylarda ishchilar maosh 
olmaydi. Kerakli odamlarga pul-mul berib turing. Boshqalar bo‘shab ketaversin. 
— Buning iloji yo‘q, bankda zavodning puli ko‘p. 
— Ko‘p bo‘lsa ham maosh yo‘q, — dedi Kesakpolvon tahdid ohangida. — Lalaymang, 
dedim-ku? 
— Portugaliyadan javob yo‘qmi hali ham? — dedi Asadbek, birinchi masala hal, degan 
ohangda. 
— Jimjit bo‘lib ketishdi. 
— Borib kelish kerak. Ularga yoqmasa boshqalar bilan gaplashamiz. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat