Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   238
XXIV  b o b 
 
1 
 
Sharif Namozov shahar markazidagi uch qavatli qadimgi bino yerto‘lasida shunday saroy 
joylashganini yetti uxlab tushida ko‘rmagan edi. «Asadbek idorasida kutib o‘tiribdi», 
degan xabar kelganida idora deganning shunday hashamdor bo‘lishini o‘ylamagandi. 
Shu paytgacha bunaqa odamlar pinhona ish yuritishadi, degan fikrda edi. Shunday 
saroymonand joyda o‘tirishibdimi, demak, o‘zlariga ishonishadi. Davlat ham ayshingni 
suraver, deb ularga qo‘yib beribdimi, demak, hazillashib bo‘lmaydi. 
Kesakpolvon Sharif Namozovni qanday kutib olish xususida Bo‘tqaga aniq ko‘rsatma 
bergan edi. Bo‘tqa xo‘jayinning topshirig‘ini a’lo darajada o‘rinlatdi: Namozov ostonada 
ko‘rinishi bilan peshvoz chiqib, salom berdi: 
— Bek akam hozir bo‘shab qoladilar, okaxon, ungacha bir piyola choyimiz bor. 
Sharif Namozov Bo‘tqaning izidan yurib, shinam bir xonaga kirdi. Mehmon o‘rnashib 
o‘tirib olgach, kaftdek qutichani qo‘liga olib, televizor tomon to‘g‘rilab tugmachani 
bosgan edi, ekran yorishdi. 
— Siz bahuzur o‘tira turing, — dedi Bo‘tqa unga iltifot ko‘rsatib. 
Televizorda xorijning tamoshasi ko‘rsatilayotgan edi. Namozov shunday behayo 
tamoshalar mavjudligini eshitgandi-yu, ammo ko‘rishga ishtiyoqi ham, vaqti ham yo‘q 
edi. Hozir qaramay desa ham, ko‘zi tamoshaga tortib ketaverdi. Shu zaylda xonaga 
do‘ndiq bir qiz kirib kelganini sezmay qoldi. Kalta ko‘ylakli do‘ndiq qo‘lidagi patnisni 
kursiga qo‘yib, nozli jilmayib qo‘ydi. 
Qahva olib keldim, — dedi-da televizorga qarab oldi. So‘ng devon yonboshidagi 
kursida turgan shishani olib ikkita billur qadahga konyak quyib birini Sharifga uzatdi-da, 
o‘zi ikkinchisini olib, pastga gilam ustiga o‘tirdi. 
— Oling, — dedi ishva bilan. 
Sharif tush ko‘ryaptimi yo kino tamosha qilyaptimi, bilmay garang bo‘ldi. Uning gangib 
qolganini sezgan do‘ndiq tirsagini tizzasiga qo‘yib yana nozlandi. Sharifning ko‘zi yarim 
ochiq ko‘krakning ariqchasiga tushib, yuragi entikib ketdi. Konyakni ichib yuborganini 
o‘zi ham bilmay qoldi. Do‘ndiq qadahni bir xo‘plab, kursi ustiga qo‘ydi-da, Sharifning 
tizzasini quchoqladi. Sharifning ehtirosi jilovini uzib, qo‘llari o‘ziga bo‘ysinmay qoldi. Bu 
dunyoda shunday maishat borligiga endi ishona boshlaganida eshik ochilib, Bo‘tqa kirib 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati