Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
206
otamlashib ketay... 
— O‘zing bilasan. Men bular tinchiguncha Ahadbeynikida bo‘laman. Ahadbey, Farg‘onaga 
hayda. Fedyani topaylik. 
Elchin shaharni kesib o‘tgan soy bo‘yida tushib qoldi. Eski «Zaporojets» mashinalar 
oqimiga qo‘shilib burilib ketgunicha orqasidan tikilib turdi. «Zeli og‘a hozir gap ko‘tara 
olmaydi, — deb o‘yladi u. — Tashlab ketsam ham bo‘lmaydi. Jigarlarim do‘zaxda kuysa, 
men jannatda yayrab yashay olamanmi, dedi. Ko‘ngli yomonlik sezyapti. Nahot, arzimas 
janjaldan katta fojia tug‘ilsa?! Ilgari yigitlar urishmaganmi, bir-biriga pichoq 
tortmaganmi? Nimaga endi qiyomat boshlanishi kerak? Qorabog‘dagi ahvol ma’lum. Til 
boshqa, din boshqa, dil boshqa. Tili bir, dini bir, urf-odati bir odamlar bir-birlarining 
qonlarini nimani bahona qilib to‘kadilar? Zeli og‘a oshirib yuboryapti shekilli? Har nima 
bo‘lganida ham, bir-ikki kun shu atrofda yuray-chi... «Raqib kula boshlar, yaqin do‘sting 
ahvolingga chekmasa qayg‘u...» Elchin shu to‘xtamga kelib, soy bo‘yidagi samovarxona 
tomon      yurdi. 
Elchin yaqindagina bo‘yoqdan chiqqan so‘riga borib o‘tirdi. Soyning loyqa suvi ayqirib
beton qirg‘oqni yalab o‘tadi. «Odamning umri ham shu soyga o‘xshaydi, — deb o‘yladi 
Elchin. — Dam mana shu loyqa suvday zardob to‘lib oqadi. Dardini qayoqqa singdirishini 
bilmaydi... Hayot ikki qirg‘og‘i betonlangan soyning o‘zi. Bir qarich chetga chiqmaysan. 
Ayniqsa loyqa damlarda qiyin. Bu soy ham bora-bora tinchiydi, tinadi. Shunga majbur, 
boshqa iloji yo‘q...» 
— Assalomu alaykum, Hofiz aka... 
Qiroat bilan berilgan salom uni xayol dunyosidan qaytarib, ovoz kelgan tomonga 
o‘girilishiga majbur etdi. Marg‘ilonnuxsa do‘ppini boshiga qiyshiq qo‘ndirgan, qaldirg‘och 
mo‘ylovi o‘ziga yarashiqli, ko‘zlari kulib turuvchi yigit Elchin o‘girilgach, yana bir marta 
salom berdi-da, qo‘shqo‘llab so‘rashdi. 
— Omonmisiz, aka, bugun quyosh qayoqdan chiqdi, deb tursam, sizning kelishingiz 
ekan-da, — yigit ko‘rpachaning bir chetiga o‘tirib, yuziga fotiha tortgan bo‘ldi. — Sizni 
ko‘rib avval ko‘zimizga ishonmadik. Aka, bir lutf ko‘rsatib, bizning so‘riga o‘tsangiz, bir 
cho‘qimgina oshimiz bor edi. 
Elchin bu yigitni tanimagani uchun taklifini qabul qilishga ikkilandi. 
— Siz hech xijolat bo‘lmang, aka, — dedi yigit. — San’at shinavandalari yig‘ilganmiz. 
Men teatruda ishlayman. Xizmatga endigina kirgan vaqtimda bir kelgan edingiz. Shu-shu 
ko‘ngilni egallab qo‘ygansiz. Ismim Tolibjon, aka, marhamat qiling. 
Elchin ko‘pam noz etmay, o‘rnidan turdi. Tengqur hamkasblar ichkarida davra qurishgan 
ekan. Ularning ayrimlari Elchinni avval ham bir-ikki ko‘rgan, ayrimlari dovrug‘ini 
eshitgan edi. Elchin shuhrat otidan barvaqt tushib qolmaganida bunday davrani mensib 
qo‘shilarmidi, yo‘qmi — Xudo biladi. Amaldorlar mansabdan tushgan kunning 
ertasigayoq yolg‘izlanib qoladilar. O‘zini do‘st tutib yurganlar yuz burib ketaveradilar. 
Shuhrati so‘ngan san’atkorlarni esa bu achchiq qismat kutmaydi. Ularning muxlislari 
saqlanib qoladi. Ayniqsa hamkasblar yuzaki bo‘lsa-da, qulluq qilib turadilar. Insofi bor 
san’atchi «osmonda suzib yurganimda buni mensimay durust ish qilmagan ekanman», 
deb xijolat bo‘lishi mumkin. Otdan tushsa ham egardan tushmaydigan xili esa, «meni 
izzat qilishga majburlar», deb yo‘nilmagan tayoqday o‘tiraveradi. Elchin Farg‘onada ko‘p 
bo‘lgan, ko‘p ziyofatlarning to‘rida o‘tirgan. Ko‘p odamlar bilan qo‘l berib so‘rashaverish 
ham erish tuyilgan. Hozir o‘sha qilig‘i esiga tushib odamlarni mensimay ranjitgandirman, 
deb bir oz uyaldi. 
Davradagilar Elchinning tashrifidan astoydil quvondilar. Mehmonni xijolatga qo‘yishi 
mumkin bo‘lgan gaplardan gapirmadilar, xotiralarni tilga olmadilar. Elchin bilgan 
odamlarni bir-bir eslab, so‘rab-surishtirdi. Davradagilar dam hazil bilan, dam afsus bilan 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat