Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
204
Selim darvozadan ichkari kirguncha yalinchoq ovozda shu gaplarni takrorlayverdi. 
Ostona hatlashi bilan Zelixonni oyog‘i ham ishga kirishdi. Go‘shtdor odamning to‘rt-besh 
qadam uchib tushganini orqadan kelayotgan Elchin ham, Ahadbey ham sezmay qolishdi. 
Selim o‘rnidan turishga harkat qilib tipirchiladi. Zelixon unga yaqinlashib, sochini 
tutamlab ko‘tardi-da, jag‘iga musht urdi. Elchin Zelixonning mushtlashishini ko‘p 
ko‘rgan. Bunaqa paytda uni to‘xtatib qolish juda mushkul. Ajratmoqchi bo‘lganlar ham 
uning mushtidan yoki tepkisidan benasib qolmaydilar. Elchin, Selimning kimligini, 
kaltakka loyiqmi yo yo‘qmi, bilmasa-da, Zelixonga erk berish noma’qul ekanini fahmlab
orqasidan quchoqladi. Ahadbey chaqqon yurib kelib, Zelixon bilan Selim orasida turib 
oldi. 
— Ahadbey, qoch, — dedi Zelixon, tishini g‘ijirlatib. 
— Zeli, o‘zingni bos, foydasi yo‘q. 
Bu orada oshxona tomondan ayol kishining faryodi eshitildi. Bir nafas o‘tmay, semiz 
xotin «voy-dod, erimni o‘ldirib qo‘yadi», deganicha lopillab yugurib kela boshladi. 
— Qayt, — dedi Zelixon unga qarab o‘shqirib. — Qayt, deyapman! Joyingda damingni 
chiqarmay o‘tir! 
Xotin uning po‘pisasiga parvo qilmay, erini to‘sdi. Ahadbeyning ro‘parada turishi, 
xotinning qalqon bo‘lib olgani ham foyda bermadi. Zelixon bir siltanib Elchinning 
quchog‘idan chiqdiyu Selimni tepdi. Xotin er bilan ovora, Elchin bilan Ahadbey esa 
Zelixonni mahkam ushlashdi. 
— Guli, milisaga tilpon qil! — deb baqirdi ayol, oshxona tomon qarab. 
— Zeli, qo‘y uni, ketdik, — dedi Ahadbey. 
— Yo‘q, qo‘ymayman, — dedi Zelixon. — Hammasini shu boshlagan. Qo‘yvor meni, — 
Zelixon shunday deb siltandi. — Qo‘yvor, bu xunasaga tegmayman. Sen chiqib 
mahalladagi turklar bilan o‘zbeklarni chaqirib kel. Men buning aybini bo‘yniga qo‘yaman. 
O‘zbeklar buni toshbo‘ron qilishsin. 
Ahadbey itoat bilan chiqdi. U odam to‘plashga ulgurmay Selimning darvozasi ro‘parasida 
milisaning mashinasi kelib to‘xtadi. Undan ikki milisa yigit tushdi. Ular ostona hatlashlari 
bilan Zelixon: 
— Orqaga qaytlaring! — deb buyurdi. 
Milisa yigitlar avvaliga buyruqqa itoat etib, to‘xtadilar. So‘ng «kim ekan bu, bizga buyruq 
beradigan?» deganday yana bir-ikki qadam qo‘ydilar. 
— Qaytinglar! — deb baqirdi Zelixon, so‘ng Selimga o‘girildi. — Kimligimni bilasan, a? 
Aytib qo‘y, qaytishsin! 
Selim Zelixonga qo‘rqibgina qarab olib: 
— Qaytinglar, — dedi. 
Milisa yigitlar ko‘chaga chiqishdi-yu, ammo mashinalariga o‘tirishmadi. Bu orada o‘nga 
yaqin odam to‘plandi. Ahadbey ko‘pchilikni aytgan bo‘lsa ham, cho‘chibmi, mulohaza 
qilibmi, chiqishmadi. Zelixon oq yaktak ustidan mayda qaviq to‘n kiyib, belbog‘ 
bog‘lagan, bir tutam oq soqoli o‘ziga yarashgan cholga yaqinlashib, qo‘sh qo‘llab 
so‘rashdi-da: 
— Ota, — dedi, — mana bu odamni taniysizlarmi? 
— Ha, taniymiz, bolam, — dedi chol, yuzi qontalash Selimga ajablanib qarab. 
Bu odam emas, shaytonning urg‘ochisi, buni ham bilasizmi? 
— Unday demang, bolam, bu ham Xudoning bir bandasi. 
— Xudoning bandasi bunaqa bo‘lmaydi-da, ota. Bu odam tuzingizni ichib, tuzlig‘ingizga 
tupurdi. Kechagi to‘s-to‘polonni shu boshlagan. Otgan bola bilan o‘zim gaplashib 
chiqdim. Men chechenman, ota. Ammo o‘zbekning nonini yeganman, suvini ichganman. 
Turklar bilan qismatim bir. Bu barmog‘imni tishlasam ham og‘riydi, bunisini tishlasam 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
matematika fakulteti
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
bilan ishlash
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
Navoiy davlat
Buxoro davlat
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti