Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
199
xayolining bir cheti «ularning maqsadi ne ekan?» degan savolga javob topish bilan band 
edi. Zelixon voqeani bayon qilayotganida ham, hozir ham shu savolga javob izlardi. 
Zelixonning to‘g‘ri gaplariga ishona qolmasdi. 
Asadbek shu paytgacha ko‘nglini ranjitgan odamni kechirmagan. Tiz cho‘kib tavba 
qilganlar ham uning g‘azabidan benasib qolishmagan. Yo‘q, u gunohkorlarni bir chetdan 
o‘limga hukm qilavermas edi. O‘lim — so‘nggi chora. Bu chorani kamdan-kam hollarda 
qo‘llardi. U joriy etgan o‘ziga xos jazo usullari mavjud. Sulaymonovning taqdiri
Shilimshiqning surgun qilinishi ana shu usullardanki, siz bunga guvohsiz. Asadbek 
keyingi paytda ko‘ngli bo‘shlik qilyaptimi yo ehtiyotkor bo‘lib qolganmi, har nechuk jazo 
usullarini yumshatdi. Ro‘parasida o‘tirgan chechenni uch-to‘rt yil avval bo‘lganida o‘ylab 
o‘tirmay o‘limga hukm qilib yuborardi. Hozir esa uning maslahatlariga quloq tutib 
o‘tiribdi. Uning gunohini kechirish mumkinmi? Gaplariga ishonish kerakmi? Maqsadi 
Hosilboyvachcha bilan urushtirib qo‘yish bo‘lsa-chi?.. 
— Men o‘sha tomonlarning tuzini ichganman, — dedi Zelixon, oradagi sukutni buzib. U 
bu yoqqa kelayotganidayoq Asadbekni ishontirish oson emasligini bilgan edi. 
Asadbekning o‘yga tolganini ko‘rib, fursatdan foydalandi — o‘tmishdan so‘z ochdi. — 
O‘g‘irlikni ham o‘sha yoqda o‘rganganman. Bir kun ustam bilan boyvachcha odamning 
uyini urdik. Hamma narsasini shilib ketayotganimizda ustamning ko‘zlari bir xaltaga 
tushib, menga «qara-chi, nima ekan», dedilar. Qorong‘ida nimaligini bilmay, yalab 
ko‘rsam, tuz ekan. Ustamga «tuz ekan», desam, «qaydan bilding?» dedilar. «Yalab 
ko‘rdim», dedim. «O‘, padarla’nat, kasofat», dedilar-da, to‘plagan mol-matohni uy ichiga 
qaytardilar. «Bu xonadonda tuz ichganday bo‘libmiz, molini o‘g‘irlasak, gunohga 
botamiz», deb, qup-quruq chiqib ketdilar. 
Asadbek bu hikoya nima uchun aytilganini aniq tushunmay: 
— Ha, shunaqa mard odamlar bor edi, — deb qo‘ydi. 
Zelixonning hikoyasi yodiga ustozini soldi. U odam ham g‘oyat mard edi. Ular egasiz 
hovlida oshiq tepishardi. Asadbek bolalarga qo‘shilib tamoshaga kelardi. 
Qimorbozlarning ular bilan ishlari yo‘q. Keyinchalik Asadbekni qanotiga olgan 
Sadirbekkina bolalarni haydagani haydagan edi. Sadirbek buning sababini ancha keyin, 
Asadbek uylanayotgan mahalda tushuntirdi: 
— Qimorbozdan Xudo bezor, bolam, — degan edi u. — Qo‘limdan million-million so‘m 
pul o‘tdi. Ammo birim sira ikki bo‘lmadi. Seni bolam deganman. Vaqti kelsa, bolam 
bo‘lib, bir parcha kafanga o‘rab ko‘mib qo‘ysang bas. Esingdami, bolaligingda nuqul 
senlarni haydardim. O‘shanda men qimorni o‘rganishlaringni istamasdim. Peshonangda 
bor ekan, sen qo‘shilib qolding. Bizni Xudo urgani yetarli... Senga aytadigan gapim bitta: 
nikohingning ertasigayoq qimorni tashlaysan. Ko‘ngil uzolmasang, qozilik qil. 
Tirikchiliging o‘tib turadi. Ammo qimor o‘ynama. Sen bir kuni «nima uchun 
uylanmaysiz?» devding. Savolingga endi javob beray: bir qizni suyib uylangan edim. 
Yigirma kunlik kuyovman, ulfatlarim «supraqoqdi»ga kelishdi. Birpasda bor narsamni 
yutqazdim. Kelinning devorga yoyilgan latta-luttalari ham ketdi. Yigirma kunlik kelin 
«erimning o‘rtoqlari kelibdi», deb xizmat qilib yuribdi. Bir mahal u samovor ko‘tarib o‘tib 
qolmaydimi, ko‘zim unga tushib qolmaydimi, shayton «xotiningni tik», dedi, shartta tikib 
yubordim. Yutqazdim. Men yalindim, xotinim dod dedi, qayoqda, qiy-chuvga parvo 
qilmay, otga o‘ngarib olib ketdi. Shu xotinning uvoli tutadi meni... 
Yig‘lamsirab aytilgan bu gaplar Asadbekning yuragiga mixlanib qoldi. Qimorni tashladi. 
Ammo ustasini odam qatorida dafn qilish unga nasib qilmadi. Rusiya tomonlarga 
ketganicha qaytib kelmadi. Sheriklari ham tayinli javob aytishmadi... 
Hozir Asadbek shuni esladi. Esladi-yu, ammo tiliga chiqarmadi. 
— Men o‘sha joyning tuzini ichganman, — dedi Zelixon, gapini takrorlab. — Urushda 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat