Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
194
amal talashmaydi-ku...» Mo‘ljaldagi bekatda tushib, tor ko‘chaga burilganida ham 
xayolida shu fikr edi. Nazarida hozir u boradi-ku, jinnixona uni quchoq ochib kutib oladi. 
U Asadbek bilan bosh tabib orasida bo‘lib o‘tgan qisqa suhbatdan bexabar, bu dargoh 
eshigi uning uchun taqa-taq berkilganini bilmas edi. 
Tabibboshi uning «tobi qochganini» eshitib, kulimsiradi. 
— Hozir bahor havosi. Hammaning yuragi siqiladi. Ko‘proq ochiq havoda yuring, o‘tib 
ketadi, — dedi muloyimlik bilan. U Anvarning barcha gaplariga ana shunday muloyimlik 
bilan javob qaytardi. 
— Ertaga Elchin bilan birga kelaman. Joy tayyorlab qo‘ying, — dedi Anvar. 
— Kim bilan kelsangiz ham sizga joy yo‘q. Siz soppa-sog‘ odamsiz. O‘zingizni ham, bizni 
ham qiynamang. 
— Ko‘ngul pora-pora, dil jarohatga to‘la... Mirzo Anvar, seni jinnilar ham saflariga qabul 
qilmaslar. Arosatda chiriysan, endi vujuding vahshat ichra tor-mor o‘lajak! — Anvar 
sahnada so‘ylayotgan kabi balandparvoz ohangda gapirib, o‘rnidan turdi. 
Jinnixonadan chiqib tramvay yo‘liga borish uchun qabristonni kesib o‘tgan tor ko‘chadan 
yurish kerak. Qabriston ustidan yurib borayotganlarini bilgan ayrim haydovchilar 
mashinalarini sekinlatadilar, ayrimlar tanga tashlab o‘tadilar, ayrimlar esa tezlikni 
kamaytirmay, yomg‘irdan meros qolgan ko‘lmaklarni sachratib o‘tib ketadilar. 
Qabristonning pastak devoriga qadalgan ensiz yo‘lakchadan borayotgan Anvar beixtiyor 
indamaslar dunyosiga ko‘z tashladi. Yorug‘ dunyoda birov boy, birov kambag‘al 
yashagani bilan, o‘lim topganidan so‘ng tenglashadi, deyishadi. Darhaqiqat, boyga ham, 
kambag‘alga ham o‘sha yer, o‘sha kafan tegadi. Unisi ham, bunisi ham tuproqqa 
qoriladi. Ammo aldamchi bu dunyo xudbinligiga bandi odamlar qabrlarning tepalariga 
marmar toshlar bostirib, qabrda yotgan odamning yorug‘ dunyoda puldor bo‘lganidan 
ogoh etib turadilar. Anvar shu xayolda to‘xtab, bir-biriga mingashib ketgan qabrlarga 
razm soldi: qora marmar, oq marmar... g‘isht sag‘analar... Hech qanday tosh 
o‘rnatilmasdan suvab qo‘yilgan qabrlar usti esa lolaqizg‘aldoqlarga burkangan. Bahor 
o‘zining ne’matlarini faqat shu qabrlar ustiga sochgan. Qaqqayib turgan qimmatbaho 
toshlar bu go‘zallik orasida shumshayib, ko‘zga xunuk ko‘rinadi. Anvarning nazarida 
qabrdagi ruhlar lolaqizg‘aldoqlarga aylanib, bu dunyo ko‘rkamligidan shodlanar, tosh 
ostidagilar esa ezilib, zulmatga bandi edilar... 
«Tiriklik bilan o‘lim o‘rtasida shu past, yupqa devor bor, — deb o‘yladi Anvar. — 
Devorning u tomoni osoyishtalik. Bu tomoni notinchlik. Hasad o‘tida qovurilib, bir-
birimizga xoinlik qilib, oxiri u tomonga o‘tamiz. Riyo, xiyonat, hasad, munofiqlik... 
xastaliklariga tuproq ostida davo bormikin? Umri shu xastalik bilan o‘tgan, bu 
xastaligidan o‘zi lazzat olib yashaganlar u dunyoda nimadan rohatlanar ekanlar?.. Men 
ham bir kunmas-bir kun kelaman. Jismim tuproq ostida, ruhim boshqa tomonlarda 
bo‘ladi. Kimdir devorning narigi tomonidan turib, qabrimga qaraydi. «Bu yerda yotgan 
kim ekan, tirikligida nima karomat ko‘rsatgan, ekan?» deb o‘ylaydi. Qabrim, uning 
ustida ochilgan lolaqizg‘aldoqlar soqov — unga javob berolmaydi. Chayqalib turgan 
lolaqizg‘aldoqlar hozir meni ko‘rib turishibdi. Menga nimadir deyishyapti. «Biz ham 
xolidiylardan kuyganmiz, qo‘y u dunyoni, kel biz tomon», deyaptimi? Odamlar oltmish-
etmish yoshga to‘ldim, deb ziyofatlar beradilar. Bunga quvonish emas, balki qayg‘urish 
kerakdir? Uzoq yashamay, devorning u tomoniga tezroq ketish balki ayni baxtdir?..» 
3 
 
Anvar ko‘chasiga burilib, eshigi ro‘parasida turgan oq «jiguli»ni ko‘rib ajablandi. 
«Mehmon kelibdi shekilli», deb qadamini tezlatdi. Mashinaga yaqinlashgach, undan 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat