Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
193
ma’qulmi? 
Avvalgi suhbatda Anvar «bu mavzu bilan shug‘ullanmayman», deb yozib bergan edi. 
Hozir shuni eslatib piching qildi. Yigit buni to‘g‘ri tushunib, unga bir varaq qog‘oz uzatdi. 
Anvar o‘ylab o‘tirmay tez-tez yozib berdi: «Berurman ushbu tilxatni shul haqdakim, 
sariq chaqaga arzimas «dissertatsiya» deb atalmish matoh hamon o‘zimdadir va uni 
o‘zim birlan go‘rga olib ketgumdir. 
B a y t:  
        Dunyoning ishiga bermoq kerak tan: 
        O‘sgan soch qirqildi, oshgach haddidan!» 
 
Miqti yigit tilxatni o‘qib, kulimsirab qo‘ydi-da, Anvarga ruxsat berdi. 
Anvar bu suhbatda ruhining yanchilganini sezdirmay, o‘zini erkin tutgan bo‘lsa-da, 
dahzilga chiqqanidan so‘ng tomog‘iga bir nima tiqilib, ko‘z oldi qorong‘ilashdi. Deraza 
oldiga yetgach, to‘xtadi. O‘tgan suhbatda bu miqti yigit hamkorlik qilishni taklif etgan 
edi. Idoradagi mayda-chuyda gaplardan, ayniqsa tuzumga, hukumatga qarshi gaplardan 
ogoh qilib turish evaziga katta yordamlar va’da qilib edi. Unga javoban Anvar «Men 
sotqinga o‘xshaymanmi?» degan, miqti yigit esa, «Bu sotqinning emas, chin 
vatanparvarning ishi», deb ta’kidlagan edi. «Bu dargohda nechta «vatanparvar» bor? — 
deb o‘yladi Anvar. — Shaharda-chi? Hammayoqni «vatanparvar»ga to‘ldirib 
yuborishmadimi? Bitta odamning orqasidan nechtasi poylaydi? Gap poylab, gap 
yetkazgandan ko‘ra o‘lgani yaxshi emasmi odamning?..» 
Xonasiga kirgisi kelmay, ko‘chaga chiqdi. Qaerga borishni aniq bilmadi. Yaratganning 
sinovli bu dunyosida to‘g‘ri yashash nihoyatda mushkul. Xolidiyga o‘xshaganlarning esa 
oshig‘i hamisha olchi. Zamon o‘zgaradimi, tuzum o‘zgaradimi, ularga farqi yo‘q. Anvarga 
o‘xshab to‘g‘ri yashayman, deganlar umr bo‘yi ular bilan olishib o‘tadi. Anvarga alam 
qiladigan yeri shundaki, xolidiylar xalq ko‘z oldida ko‘krak kerib, va’z aytadilar, o‘zlarini 
eng fidoyi, millatparvar qilib ko‘rsatadilar. Ochilmish ko‘zlari uyquga zor o‘lmish xalq 
ularning nutqlaridagi soxta ohanglarni darrov payqamaydi. Ularni uzoq vaqt olqishlaydi. 
«Xalqimni sevaman, xalqim uchun kurashaman», degan gaplarga barcha maftun bo‘ladi. 
Har bir odam xalqning farzandi. Farzand burchi ota-onani sevmoq, ota-ona uchun lozim 
bo‘lsa jonini fido qilmoq emasmi?.. Qaysi imonli odam mahalla guzariga chiqib «men 
onamni sevaman!» deb baqiradi?.. Bu odam baqirayotgan mahalda onasi o‘lim 
to‘shagida, og‘zimga kim bir tomchi suv tomizarkin, deb ilhaq yotgan bo‘ladi... Anvar bu 
haqda ko‘p o‘ylagan. Hozir ham xayolida shu fikrlar. «Xalqim» deb yurganlar
«vatanparvarlar» uni yana sotishibdi. Hamkasbini sotgan odam ertaga shu xalqni, shu 
Vatanni sotmog‘i mumkin emasmi? «Hammayoqni sotqin bosib ketgan, hatto bir 
vujudning o‘zida o‘ng qo‘l chap qo‘lni sotadi...» Anvar shularni o‘ylab, tunov kuni 
Sobitxon qori aytgan gapni esladi. Shayton Odam Atoga hasad qilib Ollohning qahrini 
keltirgach, «shu bandangni menga topshir, men uni to‘rt tomonidan o‘rab olay» degan 
ekan. Ollohning «bandamni qanday o‘ramoqchisan?» degan savoliga shayton: «Men uni 
old tomondan amalparastlik pardasi bilan o‘rab, ko‘zini ko‘r qilaman. O‘ng tomonini nafs 
balosi, chap tomonini esa vahshat va fahsh pardasi bilan o‘raymanu o‘zim orqasiga o‘tib, 
asta-asta jahannam sari itarib boraman», deb javob bergan ekan. Anvarning nazarida 
har bir odam orqasida bir emas, bir necha shayton turib olganday. Ko‘zlar bog‘langan, 
odamlarning esa nafs jilovlari yechib yuborilgan... 
Anvar qaysi ko‘chalardan yurgani, qaysi tramvayga chiqqanini dastlab durust idrok 
etmadi. Xayollar to‘foni bir oz bosilib, ko‘chalardagi tanish manzaralarni farqlay 
boshlagach, jinnixonaga borayotganini fahmladi. «O‘sha yerda yotganim ham durust edi, 
— deb o‘yladi u. — Harholda ular bir-birini sotmaydi-ku, bir-birini ig‘vo qilmaydi-ku, 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat