Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
192
gapini ma’qullab, akasi bilan faxrlanishga va’da berdi. U jilovni bo‘sh qo‘yib, miqti 
yigitning maqsadga ko‘chish onini sabr bilan kutdi. 
— O‘zingizning dissertatsiyangiz ham bo‘lay deb qoldimi? 
Musulmonchilik asta-sekin, bo‘lib qolar. 
— Mavzu qanaqa edi? 
— «Kolxozlashtirishda partiya yacheykalarining ro‘li». 
Miqti yigit ajablanib Anvarga tikildi. Anvar to‘ppa-to‘g‘ri gapni aytganday, xotirjam, 
kiprik qoqmay o‘tiraverdi. Yigit kulimsirab, bosh chayqadi. 
— Hazilni ham eshvorar ekansiz. Nazarimda boshqacharoq edi. 
— Esingizda yo‘qmidi? «Rus istilosi va Turkistonda milliy ozodlik harakati»... 
— Ha, ana endi esladim. 
— Bu mavzudan voz kechib, kolxozlashtirish tarixi bilan shug‘ullanishni buyurgan 
edingiz, buni ham esladingizmi? 
Buyruq emas, direktoringizning taklifini aytuvdim. Siz ko‘nmay, to‘g‘ri ish qilgan 
ekansiz. Hamma ham yanglishadi. Biz ham oz-oz adashganmiz. 
— Shuni aytgani keldingizmi? 
— Ha, endi bir suhbatingizni olay, dedim-da. Yordam kerak bo‘lsa, yordam beraylik. 
— Yordammi?... — Anvar unga sinovchan tikildi. — Yordam kerak. Idorangizning 
arxividan foydalanishga ruxsatnoma olib bera olasizmi? 
Miqti yigit qog‘ozchaga telefon raqamlarini yozib, uzatdi: 
— Ertaga soat to‘rtda telefon qiling. Men aniqlab qo‘yaman. Bu qiyin masala emas. 
— Menga ruxsatmi? 
— Yana bir og‘iz so‘z: dissertatsiyangiz haqida gapirmadingiz, yoqlashga tayyormi? 
— Tanishib chiqmoqchimisiz? 
— Agar mumkin bo‘lsa... Xizmat yuzasidan emas. O‘zim tarixga qiziqaman. 
— Tarixga qiziqsangiz men sizga kitoblar ro‘yxatini beray. 
— Dissertatsiya-chi? 
— Tayyor emas. 
— Shuncha yildan beri ishlaysiz-ku. Men tayyor deb eshituvdim. 
— Kimdan? 
— Ha, endi kimligini bilishingiz shart emas. Tayyor qismini o‘qib chiqishim mumkinmi? 
— Yo‘q. Chala ishni birovga ko‘rsatmayman. 
— Dissertatsiya... o‘zingizdami? 
Shu savoldan keyingina Anvar Xolidiy bilan bo‘lgan suhbatni eslab, miqti yigitning 
maqsadini tushunib yetdi. Unga qarab turib kuldi: 
— Uch-to‘rt kunga ammamga berib yuborgan edim. Yo‘qotib qo‘yibdilar. 
— Anvar aka, maynavozchiliksiz gaplashaylik. 
— Maynavozchilik qilayotganim yo‘q. Dissertatsiya yo‘qolgan. 
— Yo‘qolganmi yo... chet elga sotilganmi? 
— Chet elga? Be, bir jinnining himoya qilinmagan dissertatsiyasi kimga kerak? 
— Shunga qiziqadiganlar ham bor. Demak, dissertatsiya yo‘qmi? 
— Kim sizga yo‘q dedi? Dissertatsiya bor. Ammo chala. O‘zingiz zamon o‘zgardi, 
dedingiz. Demak, uni endi yangi zamon ko‘zi bilan qarab chiqish kerak. Tarix fani 
fohishaga o‘xshab o‘zgarib turadi, bilasiz-ku? Yaqinda jinnixonadan tuzalib chiqdim. Endi 
o‘tirib ishlayman. Chet elga sotvorgan deb, sizga noto‘g‘ri ma’lumot berishibdi. Bu 
xabarlari uchun ularga haq to‘lamang. Chet elga bunaqa gaplar besh-o‘n yil oldin kerak 
edi. Hozir ularni boshqa narsa-lar qiziqtiradi. Jinni bo‘lsam ham bunga aqlim yetadi. 
— Dissertatsiyangizni ertaga olib kela olmaysizmi? 
— Tilxat yozib bera qolsam-chi? Dissertatsiya o‘zimda turibdi, chet elga sotmayman, 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat