Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
190
edi. — Odamlaring Farg‘onada yurgan ekan. Turklar bilan pachakilashishibdi. 
— Pachakilashishsa sizga nima? U yerlar mening chekimga tushgan. Kelgindilar izzatini 
bilishi kerak. 
— Men ham kelgindiman. Bir burda noningni tortib olgani kelgan emasman. Xudo nasib 
etsa, hammamiz yurtimizga ketamiz. Sen noningni boshqa kelgindilardan ehtiyot qil. 
Turklarga tegma. 
— Xongirey boshqalarning ishiga aralashmas edi. Senga ham o‘rgatmagan ekan-da, a? 
— Uka, omadingni bersin, qo‘l uzatsang osmondan yulduzlarni terib olasan. Men ham 
rizqimni terib yeyman. Turklar ham och qolmas. Ammo qonning isi kelib turibdi, 
gunohga botma. Odamlaringni chaqirib ol. U yerlar o‘zingga buyuradi, lekin hozircha 
tegmay tur. Ko‘nglim yomon narsani sezmasa, oldingga kelmas edim. 
— Turklar bizni o‘ldirishadimi? 
— Yo‘q. Janjalni senlar boshlaysanlar, qon to‘kishga boshqalar tayyor turishibdi. Ular 
qonlaringni ichib, g‘oyib bo‘lishadi. Baloga senlar qolasanlar. 
— Kim ular? 
— Vaqti kelganda bilib olasan. 
— Shunaqami?.. Men chechenlar mard bo‘ladi, deb eshitardim. Quyonyuraklari ham 
bo‘larkan-da, — dedi Hosilboyvachcha ijirg‘anib. 
Zelixon ko‘zidan uchqun chaqnadi. 
— Chechenlarga til tekkizma! Sen men bilan gaplashyapsan. Agar men senga qarab 
turib, «o‘zbeklar lattachaynar ekan», desam yoqamanmi? 
— Okaxon, men sizni odam deb gaplashishga rozi bo‘ldim. Hamma narsaning chegarasi 
bor. Xongireyga tanishman, deb o‘zingizdan ketmang. 
Zelixon Xongirey tanish emas, shogirdi ekanini aytmoqchi edi-yu, hamma sirni oshkor 
etish shart emas, degan qarorga kelib, tilini tiydi. U Hosilboyvachchaga aytadiganini 
aytib bo‘lgan, endi turib chiqib ketishi ham mumkin edi. Zelixon shahardagi kattalarning 
biri Hosilboyvachcha ekanini dastlab eshitganida uni dadil, cho‘rtkesar yigitdir, deb 
o‘ylovdi. Bir necha daqiqa burun barmoqlariga tilla uzuklar taqqan, o‘ziga zeb bergan 
kibor yigitni ko‘rgach, hafsalasi pir bo‘ldi. U mard odamlarni yoqtirardi. Ro‘paradagi yigit 
sher emas, tulki ekanini fahmlab, suhbatning boshidayoq Xongirey nomini tilga olib 
yanglishmagan edi. 
Hosilboyvachchaga bir chechen odam gaplashmoqchi, deyishganda dastlab Xongireyni 
esladi. Keyin chechenning oddiy o‘g‘rilardan ekanini bilgach, «dodini bir eshitib ko‘ray-
chi», deb ko‘ngan edi. Bu oddiy o‘g‘ri dodini aytish o‘rniga osmondan kelib, ishlariga 
burnini tiqib turibdi. Bu odam Xongireyga tegishli bo‘lmasa ham, chechen degan nomi 
bor. Xongirey bu odamni yoqtirmasligi mumkin, ammo chechenlar odamlarini birovlarga 
xor qildirib qo‘yishmaydi. Hosilboyvachcha shuni bilgani uchun ham tishini tishiga qo‘ydi. 
Agar ro‘parasidagi bu odam chechen emas, o‘zbekmi, qozoqmi bo‘lganida onasini 
Uchqo‘rg‘onning qayqisidan ko‘rsatib qo‘yardi. U Xongireydan qo‘rqishini bildirgisi 
kelmadi. Shu bois Zelixonni qay holda qarshi olgan bo‘lsa, shu holda xayrlashdi. 
Zelixon chiqib ketishi bilan gumashtasini chaqirib «bu taviyaning kimligini aniqlashni» 
topshirdi. Milisaxonada jinoyat ko‘chasiga kirib chiqqan har bir odam haqida ma’lumotlar 
saqlanadi. Jinoyatchilar olamining ham o‘ziga xos ma’lumotnomalari mavjud. Ular ba’zan 
milisalardan tezroq ma’lumot to‘plashlari, muayyan xulosaga kelishlari, lozim bo‘lsa 
hukm chiqarib, ijro etishlari ham mumkin. 
Hosilboyvachcha Zelixon to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni kechga yaqin oldi. 
Zelixonning qamoqda Elchin bilan birga bo‘lgani, ozodlikka chiqqach, aka-ukaday 
yurishlari uning e’tiborini tortdi. 
«Uni Asadbek ishga solmayaptimi? — deb o‘yladi u. — Farg‘ona tomonlarning meniki 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar