Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
188
chiqdi. «Agar ular Komilovni o‘ldirgan kavkazliklar bo‘lsa, menikiga nima uchun 
tashlashadi. Ularni o‘ldirib tashlashganmi yo tirikmi?» 
Mayor Soliev Zohiddan uyning kalitini oldi-yu, to‘qqizinchi qavatga chiqqach, yon 
qo‘shnilarni chaqirib, eshikni ochdi. Dahlizda qo‘l-oyoqlari chandib bog‘langan, og‘ziga 
yelimli tasma yopishtirilgan, yoshi o‘ttizlardan oshgan ikki odam yotardi. Ostonada 
turgan Zohid ularni bir qarashda tanidi: hamqishloqlari. Yanada aniq aytilsa, o‘sha 
mash’um kechada mushtlashib, akasini o‘ldirib qo‘ygan yigitlar. Zohid ostona 
hatlamoqchi edi, Soliev uni to‘xtatdi: 
— Sen kirmay tur. 
— Bularni taniyman. 
— Tanisang ham kirmay tur. — Soliev shunday deb engashdi-da, yigitlarning bosh 
tomonidan bir varaq qog‘oz olib, o‘qidi: — «Erkak bo‘lsang — qasos ol!» Bu xat senga 
atalgan shekilli? 
Zohid voqeaga tushunganday bo‘lib, ikki qadam tislandi. Milisa ichkari kirib, itiga is 
oldirdi. It liftga qadar keldi, so‘ng dumini likillatib turaverdi. Barmoq izlarini olish ham 
samara bermadi. Soliev shunday bo‘lishini oldindan bilsa ham rasmiyatchilik uchun 
ularni boshlab kelgan edi. U Zohidning uyida Komilovni o‘ldirganlarning murdasi yotibdi, 
deb qattiq ishongan, shogirdi bir baloga giriftor bo‘lmasligi uchun ehtiyot choralarini 
ko‘rib qo‘ygan edi. 
Soliev boshlab kelgan mutaxassislar qaytib, qo‘shnilar ham uylariga chiqib ketishgach
Zohid ichkariga kirdi. Mehmonxonada o‘tirgan akasining qotillari uni ko‘rib beixtiyor 
o‘rinlaridan turishdi. O‘sha voqeadan keyin Zohid ularni ko‘cha-ko‘yda uchratib qolsa 
ham salomlashmas edi. Ha, uning ko‘nglida qasos umidi bor edi. Ammo qotillarni 
o‘ldirish xayoliga ham kelmasdi. Undagi qasos o‘ti haqiqat uchun jon olib, jon berishga 
undardi. 
— Zohid, biz tavba qilganmiz. Ota-onang bizni kechirishgan... — dedi qaddi tikroq yigit. 
— Sizlarni kim olib keldi? — deb so‘radi Zohid, uning gapiga e’tibor bermay. 
— Tanimaymiz. Men ishda edim. Ikkita yigit bordi. Gap bor, deb ko‘chaga olib chiqishdi. 
Keyin qornimga bir mushtlab, moshinaga tiqishdi. Eshmo‘minni uyidan chaqirib 
chiqishibdi. 
— Ko‘rinishi qanaqa? 
— Bittasi jingalaksoch, bittasi mallaroq. 
— Mashinalari qanaqa? 
— Oq «Jiguli». 
— Sizlar ketaveringlar. 
— Shu paytda qayoqqa boramiz? Avtobuslar yotib qolgan. 
— Xohlasangiz, mehmonxonaga boring, xohlasangiz, bozorga borib yoting, — dedi Zohid 
quruq ohangda. U avtobus yo‘qligidan emas, ko‘chaga chiqishga qo‘rqib bahona 
qilayotganlarini sezdi. Bu yigitlar yarim kechada ham qishloqlariga bora olishlari mumkin 
edi. Yigitlar Zohidning gapi qat’iy ekanini fahmlab, bir-birlariga qarab oldilar-da, 
baravariga o‘rinlaridan turdilar. 
— Men gunohlaringdan kechmaganman. O‘lgunimcha ham kechmayman. Ammo 
sizlardan qasos olmayman. Nomardlardan qasos olib, past ketmayman, xotirjam 
yashayvering. Agar u dunyo deganlari rost bo‘lsa, akam bilan uchrashganda gapirasizlar 
gaplaringizni. 
Yigitlar boshlarini xam qilib chiqib ketishdi. 
— Nima uchun haydading ularni? — dedi Soliev. — Balki so‘raydigan gaplarim bordir? 
— Nimani so‘raysiz? Bilganlarini aytishdi. Ular akamni o‘ldirishgan. Bittasi qamaldi. 
Uchtasi qutulib ketdi. Kimdir menga yaxshilik qilmoqchi yoki «biz bilan o‘ynashma», deb 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat