Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
187
holiga qo‘y. shug‘ullanaversin. Bizga Sangina kerak. 
— Izini quritishgan bo‘lsa-chi? 
Soliev barmoqlari bilan stolni chertib qo‘ydi. 
— Bo‘lishi mumkin. Ertaga Sanginaning, indinga ikkita noma’lum kavkazlikning o‘ligini 
topishimiz ham mumkin. 
— U holda bu aniq bir to‘daning ishi bo‘lib chiqadi. 
— Mening boshimni shu narsa qotiryapti. Bu bitta to‘da ichidagi gapmi yo to‘dalar 
orasidagi fitnaning boshlanishimi? Bitta to‘da ichida bo‘lsa boylikni topmay qo‘yishmasdi. 
— Boshqa gunohi uchun jazolashgan bo‘lishsa-chi? 
— Bunaqa namoyishkorona osib qo‘yishlariga hayronman. 
— Unda to‘dalar orasidagi fitnami? 
— Fitnaning boshlanishiga picha fursat bor, nazarimda. To‘dalar hozir bizdan oz bo‘lsa-
da, cho‘chishadi. Hali hamma kavaklarga kirib ulgurishgani yo‘q. Bizdan qo‘rqmay 
qo‘yishgach, bir-birlari bilan olishishni boshlashadi. Hozircha, oralarida pinhona adovat 
bor. Oshkora urush yaqin orada boshlanmasa kerak. Hozir boshlansa, bizga osonroq 
bo‘lardi, payini qirqardik. Erta-indin qo‘limiz kaltalik qiladi. Kissavurlarni eplasak ham 
katta gap bo‘lib qoladi. 
— Vahimachi bo‘lib boryapsiz, aka, — dedi Zohid kulimsirab. 
Mayor bosh chayqab, bir oz sukut qildi. 
— O‘lmasak ko‘rarmiz. Katta-kichik idora rahbarlarining jilovi shularning qo‘liga o‘tadi. 
Ana o‘shanda tomoshalarini ko‘raverasan. 
3 
 
Zohid Sharipov shom qorong‘isida uyiga qaytdi. To‘qqiz qavatli beton uyning ikkinchi 
yo‘lagi og‘zida xotinini ko‘rib, ajablandi. 
— Fotima? Nima qilib turibsan? 
— Voy, qayoqlarda yurasiz-a, — Fotima shunday deb erini quchoqladi-da, yig‘lab 
yubordi. U qalt-qalt titrardi. Zohidning yuragi g‘ashlanib, uning yelkasidan mahkam 
ushladi: 
— Nima bo‘ldi? Abduvohid qani? 
— Vohidjon qo‘shnilarnikida, sizni kutaverib sovqotib ketdik. 
— Nima bo‘ldi? 
— Uyga kelsak... dahlizda ikkita kishi yotibdi. Yuragim chiqib ketdi. 
Xotinining «ikkita kishi yotibdi», deyishi Zohidga daf’atan mayorning «indinga ikkita 
kavkazlikning o‘ligini topishimiz mumkin» degan gapini yodiga soldi. 
— Qanaqa kishi? — dedi u shoshilib, — kavkazliklarmi? 
— Qayoqdan bilay, qo‘l-oyoqlari bog‘lab tashlangan, basharasiga qarabmanmi, yuragim 
yorilib, qochib chiqqanimni bilaman. 
Zohid xotinini chetga surib yubormoqchi edi, Fotima uni mahkam ushladi: 
— Yo‘q, kirmaysiz, qo‘rqaman, — dedi yig‘idan to‘xtamay. 
Zohid unga «ko‘chada diydirab turaveramizmi?» deganday qaradi-da, yo‘lka sari qadam 
qo‘ydi. Xotini uni orqaga tortdi. 
— Sen Abduvohidning oldiga kir. Men telefon qilaman. — Zohid shunday deb birinchi 
qavatdagi qo‘shnisinikiga kirdi. Mayor Soliev hali uyiga ketmagan ekan. Zohidning gapini 
eshitib, qisqagina buyruq berdi: 
— Ichkari kirma. Ikkita odam — o‘sha kavkazliklar bo‘lishi mumkin. 
Soliev it yetaklagan milisa yigit, suratchi, ekspertlarni boshlab kelgunicha oradan yarim 
soat vaqt o‘tdi. Bu vaqt ichida Zohid xayolan turli-tuman boshi berk ko‘chalarga kirib 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
matematika fakulteti
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
bilan ishlash
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
Navoiy davlat
Buxoro davlat
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti