Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
185
osonroq», deb o‘ylovdi. Solievga duch keldiyu ish pachavaligini angladi. 
«— Nimaga qochdingiz? 
— Meni o‘g‘irlamoqchi bo‘lishdi. 
— Kim? 
— Mafiya bo‘lsa kerak. 
— Qanaqa mafiya? 
— Buni sizlar bilsangiz kerak?» 
Nazarida suhbat shu tarzda boshlanishi lozim edi. Biroq o‘zini mayor Soliev deb 
tanishtirgan odam, indamay, unga qattiq tikilib o‘tiraverdi. «Gipnozchimi, nima balo?» 
deb o‘yladi Tojimullaev. So‘ng avrab tashlamasin, degan tashvishda o‘ylab qo‘ygan 
gaplarini ayta boshladi: 
— Bu ukamiz hech qayoqqa ketmang, devdilar. Lekin men qo‘rqdim. Qo‘rqitishdi. O‘ldirib 
ketamiz, deyishdi. 
Soliev indamadi. «Kim, deb so‘rasa o‘ladimi», deb o‘yladi Tojimullaev. 
— Telefon qilishdi. Uyimga xat tashlab ketishdi. 
U shunday deb yon cho‘ntagidan to‘rt buklangan qog‘oz chiqardi. Katak daftarning bir 
varag‘iga kalla suyagining surati chizilgan edi. 
Soliev qog‘ozni olib bir nazar tashladi-da, Zohidga uzatdi: 
— Ekspertizaga, — dedi buyruq ohangida. 
— Qo‘lqopda chizgan bo‘lishi mumkin, — dedi Tojimullaev. 
U prokuratura tergovchisi bilan jinoyat qidiruv bo‘limining inspektori orasidagi farqni 
bilmas edi. Shu sababli mayorni shu idoraning ulug‘laridan deb bilib, unga umid ko‘zi 
bilan qaradi. Uning bu ko‘z qarashi shu tobda pichoq qayrayotgan qassobga qarab 
turgan qo‘zichoqni eslatardi. Qo‘zichoqning bunday qarashi, mungli ma’rashi qassobni 
yo‘ldan qaytarolmagani kabi, jinoyatchining bunday mo‘ltirashi Solievni chalg‘ita olmas 
edi. U Tojimullaevdan qahrli nigohini uzmagan holda yana bir oz jim o‘tirdi. So‘ng, 
Tojimullaev o‘zi kutmagan savolni eshitdi: 
— Komilovni ishga kim joylashtirgan? 
Tojimullaev gangib qoldi. Chunki u «Sizni kim qo‘rqitgan bo‘lishi mumkin» degan 
savolga javob tayyorlab o‘tirgan edi. 
— Bilmadim... aniqrog‘i... bu ukamizga aytganman. Oldingi boshliq... arizaga sarxat 
yozib berganlar... 
— Qamalib chiqqan bolani kim ishga kirityapti, deb qiziqmaganmisiz? 
— Endi... biz kichkina odammiz. 
— Siz aybingizni bilasizmi? 
— Aybimmi? Ishga rasmiylashtirib qo‘yganimmi?.. Vaqtida bo‘shatmadim... 
— Yo‘q, siz Komilovni oxirgi marta ko‘rgan odamsiz. Uning o‘limida sizni ham 
ayblashimiz mumkin. 
Qo‘zichoq yerga yiqilib, oyoqlari bog‘landi. Bo‘g‘ziga pichoq tortilishi aniq bo‘lib qoldi. 
Ma’sum qarash foyda bermadi. U endi tipirchilab, arqonga chap bermay, qutulib, qochish 
payiga tushdi. 
— Men... Men... nima deyapsiz? Men... yo‘q edim-ku?.. 
— Samolyotda to‘rt soatli yo‘l, — dedi Soliev sovuq ohangda. 
— Kelib-ketish ham shart emas. Bu yoqda sheriklar bor-ku? — dedi Zohid, go‘yo unga 
e’tiroz bildirganday. 
— Xudo... Xudo xayringlarni bersin. O‘g‘ri deng, poraxo‘r deng, lekin bunaqa demang. 
Xudodan qo‘rqaman. 
— Xudodan qo‘rqqan odam birovning haqini yeydimi? 
— Gunohkor bandamiz... adashamiz... tirikchilik... 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat