Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
183
e’tibor bermay. — Ular kimgadir xolis xizmat qilishgan. Taksoparkdan mashina 
so‘rashgan, ular yo‘q, deya olishmagan. Tojimullaev esa «ishlayapti», deb 
rasmiylashtirib qo‘ygan. Hozir birov bilan birovning ishi yo‘q. Komilov qamoqdan chiqqan 
mahallarda bu masalaga qattiq turilardi. O‘g‘rimi, chayqovchimi, bir idoraga ilinib olardi. 
Endi Tojimullaeving ikki tig‘ orasida tipirchilab qoldi. Bir biqiniga biz tirab turibmiz, 
ikkinchisiga ular. Komilov yashagan uyni ko‘rsatgani uchun ular Tojimullaevni siquvga 
olishgan bo‘lsa, u bechoraning yuragi chiqib ketgan. 
— Ularning o‘rnida men bo‘lganimda Tojimullaevga tuhmat qilardim. Komilovning qon 
tekkan kiyimini uyiga tashlab qo‘yardim. 
— Bunaqa ashulalar eskirib qolgan.  O‘qib yurganingda bir gap aytganman, esingdami? 
— Soliev eslab ko‘rsin, degan maqsadda sukut saqladi. 
— Siz menga ko‘p gaplarni aytgansiz. 
Soliev miyig‘ida kuldi: 
— Qaysi biri esingda? 
— Daraxt ko‘chada o‘sgani bilan ildizi ko‘rkam imoratlarning tagiga qarab ketgan bo‘ladi, 
devdingiz. O‘zingizning esingizdami bu gap? 
Soliev picha o‘ylanib, bu savol qopqonidan hazil bilan qutulmoqchi bo‘ldi: 
— Bunaqa aqlli gaplarni ko‘p aytganman. Men hozir sendan boshqa narsani so‘ramoqchi 
edim: senlar oliy ma’lumot olaman, deb besh yil kitob titasanlar. Kitoblarda o‘tgan 
gaplar yoziladi. Jinoyatchi kitobga tushgan yo‘ldan yurmaydi sira. Bu yo‘lda tez fosh 
bo‘lishini biladi. U bizdan oldinroqda yuradi. Bizning aqlimiz ham, texnikamiz ham 
ularning izidan boradi. Usta shaxmatchi raqibining hech bo‘lmasa uch-to‘rt yurishini 
oldindan bilib turadi. Senga o‘xshaganlar tamom bo‘lgan o‘yinni o‘rganib yuraverasanlar. 
— Usta shaxmatchilar ilgarigi o‘yinlarning yurishlaridan ham foydalanishadi. Odam eski 
ashulani ham ba’zan sog‘inib qoladi. 
— Harholda bizning sohada eski ashuladan qo‘rqish kerak. O‘tgan o‘yindagi yurishdan 
foydalanib, sira kutilmagan, motga olib boradigan zarbaga uchraysan. Chunki sen 
raqibingning usulini yod olgansan. U buni biladi. Sen «ha, o‘zimiz bilgan yurishda», deb 
xotirjam bo‘lasan. Shunda u bir zarb beradiki, o‘nglanib ololmaysan. 
Ular yo‘l-yo‘lakay o‘zlaricha falsafa so‘qib borishardi. Soliev bir jihatdan haq edi. G‘anim 
tomon besh-olti yil kitob titmagan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, erkin fikrlaydi, erkin 
yurish qiladi, kutilmagan zarba beradi. Solievlarni qiynaydigan yana bir tomoni bor: har 
qanday polvon kurashga tushganda avvalo o‘z kuchiga ishonadi. Ammo uni «ha 
barakalla», deguvchi rag‘batchisi, homiysi ham bo‘ladi. Solievlarning homiylari, 
shubhasiz, shinam xonalarda o‘tirishadi, ularni alqashadi, nishonlar, mukofotlar 
berishadi, biroq, zimdan raqib tomonga ham xizmat qilishadi. Ulardan qo‘rqishadimi yo 
ulushlarini olib turishadimi, harholda Solievlarning nozik tomonlarini ularga bildirib 
qo‘yishadi. Solievga bu yaxshi ma’lum. Shu bois biron jinoyat iziga tushganida 
daraxtning ildizi qaysi imorat ostida ekan, deb o‘ylaydi. Necha marta ildizni topdi, ammo 
qirqa olmadi — yo‘l qo‘yishmadi. «Sen daraxt kesuvchisan, ildiz kemiruvchi emassan», 
deyishadi. Zohid bu o‘yinlarni zohiran biladi. Eshitgan, lekin bu savdolar hali boshiga 
tushmagan. U ildizga yetib borishiga, bolta urishiga ishonadi. Noumid — shayton, yosh 
ko‘ngil shu umid bilan yashayversin. Yoshlik — asli umid deb atalgan, afsuski, qumdan 
yasalgan bir imorat. Uni shamol osongina to‘zitadi, yomg‘ir yuvib ketadi... 
2 
 
Buxorodagi qarindoshlarinikida konyak ichib o‘tirgan Tojimullaev uch soat deganda o‘zini 
katta shaharning jinoyat qidiruv bo‘limida ko‘rdi. Qarindoshlarinikiga milisalar kirib 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti