Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
182
Soliev kampirni boshqa savolga tutmadi. Unga ijozat ham bermadi. Ekspertlar yetib 
kelishgach, kampir bilan boshliqning guvohligida temir javon ochildi. Ustolning tortmalari 
tintib ko‘rildi. Biron-bir ashyoviy dalil topilmagach, Tojimullaevning uyiga yo‘l olishdi. 
Dang‘illama qilib solingan imorat ichi qashshoq ko‘rinishda edi. Parket pollardagi, 
devorlardagi izlarga qarab, uzoq vaqt gilam to‘shalgan, osilgan ekanini payqash qiyin 
emasdi. Devorni enlab turgan xorij javonining tokchalari ham g‘aribgina ko‘rinishda. 
Garchi chang-chung artilgan bo‘lsa-da, bu tokchalarda nimalar turganini aniqlash 
ekspert uchun cho‘t emasdi. Solievni hozir bu narsalar qiziqtirmas edi. Shu sababli ularni 
ishga solmadi. Tojimullaevning xotini avvaliga o‘zini go‘llikka soldi. «Qaydam, 
bilmayman, qayoqqa ketayotganlarini menga aytmadilar», dedi. Zohid Tojimullaev xavfli 
o‘yinga aralashib qolganini, hayoti xavf ostida ekanini aytgach, yig‘lamsirab turib: 
— Buxorodalar, — dedi. — Bugun telefon qildilar. Xavotir olma, dedilar. 
— Qaerda turishlari ma’lummi? 
— Ha, xolavachchalarinikida. 
— Manzilini ayting. 
Zohid ayol aytgan manzilni tez-tez yozib oldi-da, telefon turgan xonaga o‘tdi. Yarim soat 
o‘tmay, telefon jiringlab, Tojimullaev topilgani ma’lum qilingach, ular idoraga qaytishdi. 
— Tez topilganiga hayron bo‘lyapman, — dedi Zohid, yo‘lda bora turib. 
— Tojimullaev soddamug‘ambirga o‘xshaydi. U ishdan ishkal chiqishidan qo‘rqmagan. 
Uni cho‘chitishgan bo‘lishlari mumkin. 
— Kim, Komilovni o‘ldirganlarmi? 
— Balki. 
— Uning qotillikka aralashganiga ishongim kelmaydi. 
— Bevosita aralashmagandir. Lekin u bizga Komilov yashagan uyni ko‘rsatib berib 
nodonlik qildi. Har holda u bizdan qochmagan. Qidirib, topib, qo‘lga olishimizni o‘zi 
istagan. Bizdan qochganda farroshga «Buxoroga ketyapman», demas edi. 
— O‘zining soyasidan ham cho‘chiydigan odamga o‘xshaydi. Birinchi kelishidayoq 
to‘rvaxaltasini shaylab olgan ekan. 
— Shunaqa odamlarni jinim suymaydi. Sichqonga o‘xshab yashashning nima qizig‘i bor. 
Sichqonni hech kuzatganmisan? Nonni bir cho‘qilaydi, o‘n marta atrofiga qarab oladi. Bir 
qop bug‘doyni tashib ketadi indamasang. Holbuki unga bir chelagi ham yetib ortadi. 
Lekin u tashiyveradi, tashiyveradi. Oxiri qopda bir dona bug‘doy qolganida qopqonga 
tushadi. Endi tasavvur qilib ko‘r: bir qopda million don bormi? Demak, million marta 
qopqonga tushishdan qo‘rqib yashagan. Tojimullaeving ham shunaqa. O‘g‘ri bo‘l, mard 
bo‘l-da! Xudo yurakdan bermagan ekan, tinchgina, oziga shukr qilib, maoshingga 
yashayvermaysanmi? 
Yurak-ku, yo‘q, ammo ko‘z och-da. 
— Odamning ko‘zi tuproq bilan to‘yadi. Ungacha «ber, ber», deyaveradi. Mahmadona 
faylasuflaring jinoyat haqida gapirsa, «siyosiy-ijtimoiy ildizlar» deb miyani achitadi. Hech 
qanaqa ildiz yo‘q. Hamma balo ko‘zda. Nazar to‘q bo‘lsa, hasad ham, ig‘vo ham, ta’qib 
ham bo‘lmaydi. Kecha mahallamizda bir chol gapirib qoldi: ko‘z zinosi ham bo‘larkan. 
— Bu nima degani ekan? 
Soliev «rostdan bilmaysanmi?» degan ma’noda ajablanib qarab qo‘ydi. 
— Zino — buzuqlikmi, harom yo‘l bilan to‘shakka yotishmi? Agar bir pokiza ayolga 
shunday yomon fikr bilan qarab qo‘ysang, ko‘z zinosi bo‘larkan. Buning gunohi harom 
to‘shakda yotganning gunohidan kam bo‘lmas ekan. 
Zohid bu gapni eshitib, kulimsirab qo‘ydi: 
— Ko‘chada ko‘zimizni yumib yurarkanmiz-da endi? 
— Tojimullaev bilan taksoparkdagilarning xizmati bir, — dedi Soliev, uning haziliga 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar