Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
171
— Seni chaqirganimning boisini endi aytay, — dedi u. — Vakillarimiz Maskovdan quruq 
qaytishadi. Maskov yurtlaringga boraveringlar, degan bilan gurjilar uylarimizni 
bo‘shatishmaydi. Qon to‘kilishi aniqqa o‘xshab turibdi. 
— Qon to‘kilsa chechenlar sizlar tomondan bo‘lishadi. 
— Qon o‘sha yoqda to‘kiladi, deb o‘ylayapsanmi? 
Zelixon bu gapdan ajablandi: 
— Qaerda to‘kiladi? 
— Shu yerda. 
— Esing joyidami? Kim bilan urushasan? Kim qon to‘kadi? 
— O‘zbeklar bilan... 
— Ahad! — Zelixon o‘rnidan qo‘zg‘olib, tiz cho‘kib o‘tirib oldi. — Jinnimasmisan? Bizga uy 
bergan, non  bergan o‘zbek bilan urushasanmi? 
— Sen hovliqma. Biz urushmaymiz. Bizni urushtirishadi. Men kuzatib, sezib yuribman. 
Sen Fedyani  bilarmiding? 
— Qaysi Fedya? 
— Istansaning orqasiga turardi. Laqabi «Bo‘ri». 
— Ha... otilib ketuvdi shekilli? 
— Hukmni o‘zgartirishgan. O‘n besh yil berishuvdi. Yangi yildan oldin paydo bo‘lib qoldi. 
— Qochibdimi? 
— Qochganga o‘xshamaydi. Bemalol yuribdi. 
— Qutulib chiqqandir? 
— Yo‘q. Hali yarmini ham o‘tirmadi. Afvi umumiyga tushishi ham mumkinmas. Xullas, bu 
yog‘ini eshit: uni Quvasoyda ko‘rdim. Pivoxonada to‘rtta ulfati bilan o‘tirgan ekan. 
Ulfatlari bu yerlik emas, bilinib turibdi. Men bilan ko‘rishdi. «Nima qilib yuribsan?» 
desam, «ish bor, bratan», deb ishshayadi. Bitta-yarimtaning iziga tushib, sho‘rini 
quritmoqchimi, deb poyladim. Sheriklari bilan Quvasoyni aylanib chiqishdi. Asosan 
turklar ko‘proq yashaydigan ko‘chalarni aylanishdi. Keyin ikkita moshinga o‘tirib, g‘oyib 
bo‘lishdi. Ertasiga ularni bu yerda ko‘rdim. Ular tamoshaga kelishmagan. Ko‘nglim sezib 
turibdi. Kuyovim Quvasoydagi pivoxonada ishlaydi. Atay borib surishtirdim. Ular uch-
to‘rt marta kelishibdi. Turk yigitlari bilan pivoxo‘rlik qilishibdi. «Hozir hamma yoqda 
erkinlik, sizlar Turk avtonomiyasini talab qilinglar», deyishibdi. «Turklarning o‘z 
respublikasi bo‘lsin!» deyishibdi. Pivo ichgani kirgan ikkita o‘zbek yigitni turtib 
chiqarishibdi. Gapga tushunyapsanmi? 
— Fedya shu yerdami? 
Shu yerda edi, ko‘rinmay qoldi. 
— Yaxshi, uni o‘zim topaman. Selim qaerda, hali  ham Quvasoydami? 
— Ha. 
— Fedya bilan ko‘rishgandir? 
— Bilmayman. 
— Ko‘rishadi. Fedya keladi-ku, ko‘rishmaydimi? Tur, ketdik. — Zelixon shunday deb 
o‘rnidan turdi.  
— Oshni damladi, yeb olaylik. 
Zelixon «keyin», deb tashqariga chiqdi. Ahadbey unga noiloj ergashdi. 
«Zaporojets»ni o‘t oldirish uchun itarib yurgizishga to‘g‘ri keldi. Mashina o‘tgan yo‘lini 
ko‘k tutunga burkab yursa ham, manzilga yetib oldi. Hashamatli uy, yuk mashinasiga 
mo‘ljallab ishlangan katta darvoza oldida «Zaporojets» o‘yinchoqqa o‘xshab qoldi. 
Selim deganlari uzun bo‘yiga monand qorin qo‘ygan, qaddini tik tutib yuruvchi yigit, 
hovlida Zelixonni ko‘rib, dastlab tanimaganday qaradi, so‘ng birdan chehrasi ochilib
quchoq ochib keldi. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti