Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
170
xalqimni vatangado qilganingga aqlim lol. Nahot barchamiz baravar gunohkor bo‘lsak...» 
Shu gaplar xayoliga keladi-yu, Xudoga ta’na qilgani uchun darrov tavba  ham etadi. 
Umri poyoniga yetgani sayin xotira dengizi ham sayozlashib, mavjlari sustlashib borar 
edi. Ba’zan tushida, ba’zan esa xayol bulutlariga bandi bo‘lib o‘tirgan chog‘ida dengiz 
sohilida, qirg‘oqdagi mayda toshlarni ohista silayotgan ojiz to‘lqinlarni bezovta qilib 
yugurayotgan ishtonchan bola ko‘z oldiga keladi. Hayotni faqat shodlikdan iborat, deb 
o‘ylovchi bola qiyqirib, quvnab yuguradi. Sachragan suv tomchilari quyosh nurida 
zumrad misol bir tovlanish beradi-yu, yana o‘z o‘rniga qaytadi. Bolaning quvnashidan 
dengiz ham mast, quyosh ham yayrab nur sochadi. So‘ng... dengizning ufqqa tutash 
yerini yondirib quyosh botadi. So‘ng oy ko‘tarilib, bu yong‘indan azob chekkan dengiz 
yuzini silab ovutadi. Oy nuri dengiz uzra uzun poyandoz  soladi. Shu poyandoz ustida 
yurib ketging keladi... Bu bola — Ismoilbey. Sohil bo‘ylab chopayotgan bu bola unga 
urushdan hamroh bo‘ldi. Urushdan qishlog‘iga qaytgach, uni yana ko‘rdi. Bu safar 
uxlamasdan, hatto mudramasdan, ko‘zini yummasdan turib ko‘rdi. 
Gospitaldan chiqqanidan so‘ng, manzili o‘zgargach, uy bilan aloqasi tamom uzilgan, u 
urush olovida emas, xavotir olovida qovrilgan edi. Qishlog‘iga qaytib, uyida begona 
gurjilarni ko‘rgach, hayratdan yoqa ushladi. Shop mo‘ylovli gurji uni uyiga boshladi. 
Musallas bilan siyladi. «Biz aybdor emasmiz, birodar, bizdan xafa bo‘lma!» dedi. Yana 
allaqancha gaplar  aytdi. Ammo bu gaplar uning qulog‘iga kirmadi. Dengiz sohiliga bordi. 
Etigini yechib, shimining pochalarini qayirib, sohil bo‘ylab yurdi... O‘g‘lini yelkasiga 
mindirib olib, sohil bo‘ylab yugurishni orzu qilardi. O‘g‘li yo‘q. Yugurishga xohishi ham
majoli ham yo‘q. U ikki narsaga hayron, biri — oilasini qanday topishni bilmaydi. 
Ikkinchisi — qishloq yigitlari urushda jon olib, jon bersa-yu, bunda qolgan qariyalar, 
xotinlar, bolalar qanday qilib xoin bo‘lishsin? Qishloqdan bitta, nari borsa ikkita sotqin 
chiqar, lekin yalpi xoin bo‘lishi mumkinmi? U — Ismoilbey urushda bir narsani — Vatan 
uchun jang qilishi lozimligini bilardi. Endi hayron: qani o‘sha Vatan? 
Xayolida ko‘p jonlanadigan ikki manzara shu — sohil bo‘ylab quvnagan holda 
yugurayotgan bola... shimining pochasini himarib, qayg‘u yukini orqalab borayotgan 
askar... Ko‘kragida Vatan himoyasi uchun berilgan nishonlar. Ko‘krak sirtida nishonlar, 
ko‘krak ichidagi yurakka esa tig‘ sanchilgan... 
— Vatani yo‘qning imoni yo‘qtur, — Ismoilbey shunday deb, xayol bandiligidan ozod 
bo‘lib, ko‘zlarini ochdi. — Xudo ota-bobolarimizga Vatan bergan edi, bizdan tortib oldi. 
Bizning gunohlarimiz uchun sizlar  ham vatangado bo‘ldinglar. Sizlar  imonsiz 
ketmanglar, Vatanga qaytinglar. Xudoga shukrki, bizni kofirlar yurtida xoru zor qilmadi. 
Orqadoshlarimiz bizlarni ranjitishmaydi. Ularning ulug‘ligi shunda. Ammo Vatan ulug‘roq. 
Uning o‘rnini hech nima bosmaydi. 
Ismoilbeyning keyingi gaplarini teplovozning  qichqirig‘i bosib ketdi. So‘ng poezd gurillab 
o‘tib, uy tebranib, shiftlarigacha qisirladi. Uy egalari bunga ko‘nikib ketishgan, e’tibor 
ham berishmadi. Zelixon esa har o‘n daqiqada bir poezd o‘tib, zaminni silkitganda 
xavotir bilan shiftga qarab qo‘yadi. 
— Vakillarimiz Maskovga ketishdi, — dedi Ahadbey, — Qrim tatarlari bilan birgalashib, 
haqiqatga yetishar, inshoolloh. 
— Chechenlar ko‘p ketishdi. Seni ham ketdi, deb yuruvdim? — dedi Ismoilbey. 
— Onam shu yerda, buvam shu yerda. Men qayoqqa boraman? — Zelixon «men 
qamoqda edim», demadi. Chol gap kavlamasin, deb boshini egib, sukut saqladi. 
Ismoilbey «sizlar gurunglashib o‘tiringlar, men  samovarga chiqay» deb fotiha o‘qidi-da, 
o‘rnidan turdi. 
Ahadbey otasi kirganida xontaxta ostiga yashirgan shishani olib, piyolalarga aroq quydi-
da, «Sog‘ bo‘l», deb ko‘tardi. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati