Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
150
O‘shandan beri Zaynab bu xushsurat mashhur ashulachi bilan bir to‘shakda yotadi. 
O‘g‘irlanib, qorong‘i uyga qamalganida qo‘rquvni haydab chiqara olgan, nafasini 
qaytargan, badaniga iliq harorat bergan g‘alati his yo‘q. Elchinning erkalashlari, 
ehtiroslari unga ta’sir etmaydi. O‘zini xuddi ertaklardagi tosh malikaday sovuq his etadi. 
Kinodagi qizning qichqirig‘i Zaynabning xayollarini to‘zitdi. Beixtiyor o‘girilib, tamoshaga 
qaradi. Hozirgina jufti bilan yayrab ashula aytayotgan qiz, ko‘zlari kosasidan chiqquday 
ahvolda, dahshatga tushib o‘tiribdi. Ro‘parasida... ikki lunjini shishirib olgan ilon 
tebranyapti... «Hozir yigiti kelib tayoq bilan uradi», deb o‘yladi Zaynab. Chindan ham 
yigit keldi, ammo qo‘lida tayoq emas, miltiq bor edi. Bir o‘q bilan ilon jon berdi... ular 
yana qovushdilar... 
Zaynab xayolan o‘zini shu qiz o‘rnida, erini esa tebranayotgan ilon o‘rniga qo‘ydi. Bu 
ilonga kim bas kela oladi? Jamshidmi? 
4 
 
— Hozir borolmayman, dedi. Oshnasi unga bir narsalarni o‘qib beryapti shekilli? 
Jamshid shunday deb, aybdor bola singari boshini egdi. U xo‘jayin buyrug‘ini ado 
etolmadi. Otarchini topdi-yu, olib kelolmadi. To‘ydan oldin bo‘lganida qo‘l-oyog‘ini 
bog‘lasa-da, buyruqni bajarardi. Endi uning «kuyov» degan unvoni bor. Kuyovni 
payg‘ambarlar siylaganida Asadbekning yugurdagi siylamas ekanmi?.. 
Asadbek jag‘iga musht yeb, gangiganday bo‘ldi. Nima bu — nozmi, to‘nkalikmi yo atayin 
g‘ashiga tegmoqchimi?.. 
— Oshnasi kim? — dedi Asadbek, gangiganini yashirishga urinib. 
— Jinnixonada yotgan olim ekan. 
— Qanaqa olim? 
— Tarixchi ekan. O‘n yildan beri kichik ilmiy xodimlikdan bir enlik ham siljimabdi. 
Betgachoparroq ekan. Xo‘jayinini behurmat qilarkan. 
— Xo‘jayinni behurmat qilsa... tuzuk-ku? Kim ekan xo‘jayini? 
Katta olimmish, Xolidiy degan. Jinnixonaga o‘shaning buyrug‘i bilan yotqizilgan ekan. 
— Jinniligi rostmi? 
— Soppa-sog‘ deyishdi-ku? 
— Qani, opachang bilan ula-chi meni. 
Jamshid telefon go‘shagini ko‘tarib, raqamlarni chaqqonlik bilan terdi. Tabibboshi 
xonasida yo‘q ekan, uni topib kelgunlaricha picha fursat o‘tdi. 
— Xolidiy degan odam sizga buyruq beradigan bo‘lib qolibdimi? — dedi Asadbek 
tabibboshining salomiga alik olmay. — Kimning qudasi? Shundan qo‘rqdingmi? Biz-chi, 
biz go‘rda ekanmizmi? Kim u    yigit, Anvarmi, sog‘midi? Haddingizdan oshmang. Yana 
sog‘lar bormi? Xolidiy-polidiylarni-chi... — Asadbek gapni kalta qilib qo‘ya qoldi. 
Asadbek telefon go‘shagini joyiga qo‘ymay, ushlaganicha o‘yga toldi. «Kuyovning do‘sti 
ish bermasmikin», deb savoliga javob izladi. So‘ng bir qarorga kelib, Jamshidga qaradi: 
— Xolidiy tuzukroq olimmikin o‘zi? 
— Bilmadim. 
— Kim biladi? Deputatni top. 
Jamshid o‘rnidan turgan edi Asadbek qaytarib, telefon go‘shagini unga uzatdi: 
— Telefonda top. Hozir kerak. 
Deputatni topish oson bo‘lmadi. Topilgach, Asadbek salom-aliksiz savolga tutdi: 
— Xolidiyni taniysizmi, qanaqa olim u? 
— Xolidiymi, — deputat piching qildi: — Olim ekanmi? 
— Qanaqa olim deyapman? 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat