Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
147
yo kaltak yeydi, yo uydan haydaladi. Bitta gapdan qolsa yana yomon — xotindan javob 
qaytmagach, erning g‘azab toshlari ichida qolib, qiynab yuboradi. «Nimaga tumtayib 
olding, gaplarim yoqmadimi?» deb boshqa tomonga hujumga o‘tadi. 
Hozir ham shunday bo‘ldi. Sharif bisotidagi baqiriqlarni ishlatib bo‘lgunicha Nasiba 
indamay turaverdi. Keyin uyga kirishdi. Sharifning nazarida uy isib, dimiqib ketgan 
ekan. Nasiba bu uchun ham gap eshitdi. Sharif tajribaxonasiga kirib bir piyola o‘tkir 
musallasdan ichgach, hovuri sal bosildi. «Nasibaga nima uchun baqirdim?» degan savol 
uni insof ko‘chasiga qaytardi. 
Nasiba hozir turib ketadiganday divanda omonat o‘tirar edi. Sharif uning yonidan joy 
oldi. 
— Bo‘ldimi? — dedi Nasiba, zardali ovoz bilan. — Nafsingiz orom oldimi? 
Bir tomon o‘qlarini otib tamom qilgan, endi ikkinchi tomonning qarshi hujumga o‘tishi 
uchun sharoit yetilgan edi. 
— Hm, gaplarim yoqmadimi? — dedi Sharif, chekinish niyati yo‘qligini ma’lum qilib. 
— Yoqdi, moyday yoqdi. Nima bo‘ldi o‘zi? 
— Hech nima. Ustalarga javob berib yuborganingni... 
— Ustalarga men javob beribmanmi? Ustalar ishlasa ham baribir, alamingizni mendan 
olardingiz. Ayting, nima bo‘ldi? 
Endi chekinmasa bo‘lmaydi. Itning fe’li egasiga ma’lum, deganlariday, Nasiba erining 
odatini biladi. Qachonki, ishxonada yo ko‘chada noxushlikka duch kelsa, alamini uydan 
oladi, keyin hasratini to‘kadi. 
— Meni ham odam qatoriga qo‘shishibdi, — Sharif hazil ohangida gapirmoqchi edi, 
uddalay olmadi. So‘zlari labidan titrabroq uchdi. — Bittasi telefon qilib, «Sulaymonov 
qamoqdan qochdi», deydi. 
— Ado bo‘lsin, qochsa sizga nima? 
Sharif «u seni o‘ldirmoqchi» degan gapni aytmadi. Aytsa, Nasiba vahimaga tushishi 
mumkin edi. 
— Qochmagan ekan, ig‘vo qilishibdi. 
— Voy, adasi, bu ishlar menga sirayam yoqmayapti. Qo‘ying hammasini, tinchgina 
o‘tiraylik. 
Chekinish tadorigi aldamchi ekan. Musallasga aldangan g‘azab birdan bosh ko‘tardi. 
Xotinining dildan kuyinib aytgan gapi unga g‘arazday bo‘lib tuyuldi. 
— Sen tinchgina o‘tir. Boshqalar mening boshim-  ga chiqib olib istagan noma’qulchiligini 
qilaver-       sin, a?! 
Qarshi tomon javob bermay, yana ma’sumalik libosiga o‘randi. Sharif shart o‘rnidan 
turib tajribaxonasiga qarab yurdi. Nasiba chuqur uf tortib qo‘ydi. Sharif bir piyolaga 
qanoat qilmay, yana bittasini bo‘shatgach, xonasiga qaytdi. 
— Men kimman, bilasanmi? — dedi xotini oldiga kelib. Nasiba «kimsiz?» deganday unga 
qaradi-yu, yana indamadi. Savolga Sharifning o‘zi javob berdi: — Men olimman! Meni 
chet el ham biladi! Qaysi akademigingning orqasidan chet elliklar yuribdi. Bu 
akademiklaring, do‘kturlaring chet elga borib qolsa, ularga it qaramaydi. Chunki ularda 
ilm yo‘q. Menda ilm bor. Lekin suyanadigan tog‘im yo‘q! Endi tog‘ topildi. Odamlar nima 
desa deyaversin. Men faqat o‘sha toqqa suyanaman. Namozovning kimligini bilib 
qo‘yishsin. Men ham o‘sha yo‘limni to‘sgan akademiklaringga tupurib o‘taman. Endi tinch 
o‘tirish yo‘q, bilib qo‘y. Tinch yurib topganim qamoq bo‘ldimi? Qamoqda chirib ketishim 
kerakmidi? 
Shu payt qornida kuchli og‘riq qo‘zg‘alib, gapini davom ettirolmay qoldi. Bukchayib
o‘xchidi. Nasiba chaqqon turib, erini yelkalarini ushlab, divanga yotqizdi-da, xapdori 
berdi. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat