Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
145
— Yaqinda kelgan. Sobir qozoqning uyini sotib olgan. Tanimasang kerak uni. 
— Nima ishlari bor ekan? 
Men aytaymi, o‘zlaridan eshitasanmi? 
— Chaqir. 
Asadbek Jalilning izidan chiqib, oqsoqollarni videobarda kutib oldi-da, to‘rt kishiga 
mo‘ljallangan ustolga boshladi. Bo‘tqa buyruqni kutmayoq, dasturxon bezadi. Qariyalar 
yerto‘la ham shunaqa ajoyibxonaga aylantirilishi mumkin ekan, deb hayratlanib 
o‘tirishdi. Bir piyoladan choy ichilgach, Soli ota deganlari ohista so‘z boshladi: 
— Endi o‘g‘lim, biz otang rahmatli bilan vaqtida oshnachilik qilganmiz. To‘g‘ri odam edi. 
Birovning ko‘nglini og‘ritmasdi. 
— Joyi jannatda bo‘lsin, — deb gap qistirdi Jo‘ra cho‘loq deganlari. Soli ota «gap 
qo‘shmay turing», deganday unga qarab oldi. 
— Gap shuki, o‘g‘lim, sizdan ham rozimiz. Mahallaga xizmatlar qilib berdingiz. 
Xizmatlaringizni unutmaymiz. Ammo bir ishingizdan norozimiz, shuni aytgani keldik. 
— Ko‘pchilik norozi, yaxshi ish qilmabsiz, — dedi Jo‘ra cho‘loq. 
Asadbek ajablanib, Jalilga qaradi. U «hozir o‘zing eshitasan», deganday im qoqdi. 
— O‘g‘lim, bilasiz, mahallamiz eski, to‘kilaman, deb turibdi. Bitta katalakdekkina uyda 
o‘nta oila. Bolalarimiz turmush qurib o‘z uylariga sig‘may ijaralarda o‘tirishibdi. Bu 
eskilar qachon buzilarkin, qachon bizga ham uy tegarkin, deb kutaverib sarg‘ayib ketdik. 
— Bunaqada sil bo‘lib ketish hech gapmas, — dedi Jo‘ra cho‘loq. Soli ota unga yana bir 
marta norozi qiyofada qarab oldi. 
Asadbek bu tashrif tashabbusi Soli otadan emas, aynan shu cho‘loqdan chiqqanini 
anglab, g‘ijindi. Uzoqdan boshlangan gap mohiyatiga yetguncha toqat qildi. 
Gapning indallosi shuki, o‘g‘lim, bultur uylar buziladi, deb o‘lchab-netib ketishuvdi. 
Endi eshitsak, buzilmasmish. Uzunquloq gaplarga qaraganda sen to‘xtatgan emishsan. 
— Menmi? — Asadbek ajablandi. — Kim aytdi? 
— Shamol  bo‘lmasa,  daraxtning  uchi qimirlamay-di, — dedi Jo‘ra cho‘loq. 
Asadbek unga qovoq uyub qaradi: 
— O‘sha shamol qayoqdan keldi? 
— Endi eshitdik-da, o‘g‘lim. «Ota-onam yashagan uyni buzdirmayman» deganmishsan. 
Bir jihatdan sen haqsan. Mening ham ko‘zim qiymaydi. Sakson yildan beri ko‘rganim shu 
mahalla. O‘ligim shu uyimdan chiqsa armonim yo‘q edi. Lekin ilojim qancha? Bolalarimga 
achinaman. Qo‘lim kaltalik qilib, tuzukroq uy-joy eplab berolmadim. Nochorman-da... 
— Soli ota, siz shu gaplarga ishondingizmi? Hukumat buzaman desa, mendan so‘rab 
o‘tirarkanmi? Men hukumatga kimman? Hech kimman! Odamlar gapiraveradi-da. 
— Odamlar ahmoq emas, bo‘lar-bo‘lmasga gapiraverishmaydi, — dedi Jo‘ra cho‘loq. — 
Sizning kimligingizni bilamiz. Qayoqqa qo‘l uzatsangiz yetadi. 
— Shunaqami?! — Asadbek qo‘lidagi piyolani ustol ustiga taq etib qo‘ydi. Jo‘ra cho‘loqqa 
g‘azab bilan tikildi. 
Jalil ham, Soli ota ham ish buzilganini fahmlashdi. 
— Mayli, o‘g‘lim, xafa bo‘lma, odamlarning og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi-da, — dedi Soli 
ota vaziyatni yumshatishga harakat qilib. Ammo g‘isht qolipdan ko‘chgan, suhbatni 
davom ettirishning hojati yo‘q edi. 
Asadbek bir ko‘ngli Bo‘tqani chaqirtirgisi, bu cho‘loqni ko‘chaga uloqtirgisi keldi. Yonida 
o‘tirgan Jalil «o‘zingni bos», degan ma’noda soniga turtib qo‘ymaganida balki shunday 
qilardi ham. Biroq, faqat jisman emas, aqlan ham oqsoq bo‘lganlar valdiraganida jim 
o‘tirolmas edi. Bunaqalarning «Bopladimmi!» deb chiqib ketishiga yo‘l qo‘ya olmas edi. 
— Sen kimsan o‘zing? — dedi Asadbek, Soli otaning gapiga parvo qilmay. Uning 
dabdurustdan sansirashga o‘tishi Jo‘ra cho‘loqni andak dovdiratdi. U javobga og‘iz 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati