Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
144
o‘tiradigan dasturxonchi emasman, shekilli? 
— Uzr, okaxon, avval oldingizdan o‘tay devdimda... 
Hosilboyvachcha uzr ayta-ayta xayrlashdi. Asadbek go‘shakni joyiga qo‘yib, so‘kindi. 
«Hayvon-e, — dedi u, — endi kalaka qilishni boshladimi? Nima demoqchi? Otarchiga qiz 
berib, uning gumashtasiga aylanding, demoqchimi?.. Maqsad nima? Elchinni to‘yga 
aytishmi? Undan mashhurroq otarchilar turganda-ya? Ha, tulki! Elchinni to‘yga olib 
borib, kalaka qiladi. «Ko‘rib qo‘ylaring, Asadbekning kuyovi kerak bo‘lsa oyog‘imni 
o‘padi», deydimi? Nima uchun qo‘ng‘iroq qildi o‘zi? Maqsad shuni so‘rashmidi yo 
holimdan xabar olmoqchimidi? Sharifga shuning odamlari telefon qilmaganmi? Bu g‘alva 
kimga kerak?» 
Asadbek shu to‘xtamga keldi. Katta urushlarning mayda qitmirliklardan boshlanishi unga 
ma’lum. Hosilboyvachchaning yagona hokim bo‘lishga tirishishi ham unga sir emas. U 
tulki urushni o‘zi boshlamaydi. Birinchi bo‘lib qo‘l ko‘tarishga Asadbekni majbur qiladi. 
«Qani, g‘imirlayver-chi...» Asadbek shunday deb g‘ijinib, o‘tirgan yerida Bo‘tqani 
chaqirdi. 
— Jamshid shu yerdami, ayt, otarchini... Elchin akangni topib kelsin. 
— Xo‘p bo‘ladi, Bek aka, okaxon kelgandilar, — Bo‘tqa shunday deb xushxabar 
yetkazganday jilmaydi. 
— Qaysi «okaxon»? 
— Jalil akamiz-da. 
— O‘zimi? 
— Ko‘chada ikkita chol turibdi, birga kelishdi. 
— Qani, chaqir-chi. 
Jalil bir oz kutib qolganmi, tumtayganroq ko‘rinishda kirib keldi. Asadbek uni o‘rnidan 
turib qarshiladi. 
— Kiravermay, o‘tirdingmi? — dedi Asadbek. — Bunaqa odating yo‘g‘idi-ku? 
Hurmating bor, oshnam. Biz bir bekorchi odam bo‘lsak, — u shunday deb qo‘ltig‘iga 
qistirib olgan eski gazitga o‘rog‘lik narsani uzatdi. — To‘yga kelolmadim. Yaxshi o‘tkazib 
oldingmi? 
Asadbek kulimsirab gazitni ocha boshladi. Jalil nima keltirganini u bilardi. Bilsa ham 
do‘stining ko‘ngli uchun ochishga majbur edi. Ochmasa Jalil bobillab berishi tayin. Eski 
gazitga eski kalish o‘ralgan edi. Bu o‘sha eski falsafa — sudrab yurgan chorig‘ingni 
unutma. 
— To‘yga kelmaganingga gina qilib o‘tiruvdim, tinchlikmi o‘zi, nimaga kelmading? 
— Sen meni to‘yga aytdingmi? — Jalil ovozini bir parda ko‘tardi. 
— Birinchi bo‘lib senga xabar berdirganman. 
— Katta bo‘lsang o‘zingga, bu birinchidan, boyvachcha bo‘lsang ham o‘zingga, bu 
ikkinchidan, xo‘pmi! Laychalaringni yuborib to‘yga ayttirdingmi? O‘zingning oyog‘ing 
yetmadimi? 
— Endi oshna, to‘ychilik, shoshib qolarkansan. 
— O‘zingga o‘xshagan boyvachchalarni aytishga shoshmagandirsan? 
— Xo‘p, tavba qildim, men ahmoqman, — Asadbek ham ovozini ko‘tardi, — o‘zim 
bormabman. Oshna degan eshitsa kelaveradi. Og‘aynisining yonida dalda bo‘lib, qo‘l 
qovushtirib turadi. 
— Ha, bo‘pti, qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar, deb jirillayverma. Nimaga kelding, deb 
so‘ramaysan-mi? 
— Bir g‘alvani boshlab kelgansan-da, ko‘chadagi chollar kim? 
— Soli ota bilan Jo‘ra cho‘loq. 
— Jo‘ra cho‘log‘ing kim? 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar