Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
143
Chuvrindi Samarqandga shirinsuv korxonasini ishga tushirishga, Kesakpolvon esa 
Marg‘ilondagi muzqaymoq korxonasining nima sababdan to‘xtab qolganini aniqlash 
maqsadida ketishgan edi. 
Asadbek xonasiga kirishi bilan hisobchini chaqirdi. Videobarning o‘ng tomonidagi xona 
hisobchiniki. Yapon anjomlari bilan ish yurituvchi hisobchi Asadbekni qiziqtirgan har 
qanday ma’lumotni bir lahzada yetkazadi. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Viloyatlarga 
tariqday sochilgan, ko‘rinishi nazarga tushmas darajada kichik, ammo foydasi katta 
korxonalaridan xazinaga pul avvalgiday oqib turibdi. Asadbek vinzavod masalasini hal 
qilib olgach, bu xo‘jalikni teng ikkiga bo‘lib, a’yonlarga berishni niyat qilgan. A’yonlar 
buni bilishadi. Shu sababli korxonalardan hamisha boxabar bo‘lib turishadi. 
Asadbek hisobchining axborotidan ko‘ngli to‘lib o‘tirganida telefon jiringladi. Qo‘shni 
xonadagi qizlardan biri yoqimli ovozi bilan gapirib, vinzavod direktori yo‘qlayotganini 
bildirdi. Asadbek moviy telefon go‘shagini ko‘tardi. Ikki soatcha ilgari vinzavoddagi 
odamlar prokuror kelganini bildirishgan, Asadbek, «Qo‘rqmang, biz hammasidan 
xabardormiz», degan mazmunda ko‘ngliga dalda bergan edi. «Bunga yana nima jin 
tegdi», degan xayolda go‘shakni qulog‘iga tutdi. Sharifning xavotirga tushganini ovozi 
oshkor qilib turardi. U Qilich Sulaymonovning qamoqdan qochganini aytgach, Asadbek: 
— Bo‘lishi mumkin emas! — dedi keskin. — Kim telefon qildi? 
— Polkovnik Musaxo‘jaev degan odam. 
— Qaerdan? 
— Milisadan bo‘lsa kerak. 
— Nima ko‘p, milisaning idorasi ko‘p. Nima ko‘p polkovnik ko‘p. 
— To‘g‘ri... lekin Musaxo‘jaev bittadir? 
«Yana aql o‘rgatadi-ya», deb g‘ijindi Asadbek. 
— Vahima qilavermang. Qilich Sulaymonovdan o‘nta bo‘lsa ham qo‘rqmang. 
Asadbek ig‘voning isini tuygan bo‘lsa ham, kerakli bir joyga qo‘ng‘iroq qilib, aniqlab 
berishni topshirdi. 
«Qilichning qochishi hecham mumkinmas. Xohlasa shunday ham chiqib keladi. Yo Hosil 
aralashdimi? Qochganlar uning odamlari bo‘lsa, balki shu gap ham to‘g‘ri chiqar. Bu 
boyvachchaning qimirlashi yaxshi bo‘lmayapti. Qilichni o‘tqazib qo‘yib bekor qildimmi?..» 
Chorak soatga qolmay hammasi ayon bo‘ldi. Qamoqdan besh kishi qochgani to‘g‘ri, lekin 
Qilich Sulaymonov joyida edi. Polkovnik Musaxo‘jaev degan odam esa yo‘q. Demak, 
ig‘vo! Kimga kerak bu ig‘vo? Maqsad Sharifni qo‘rqitib qo‘ya qolishmi? Yo Asadbek 
saltanatiga tosh otib, g‘ashiga tegishmi? Kim bo‘lsa ham nozik joyidan olgan. 
Begonaning ishi emas bu. Asadbek bir to‘xtamga kelishga ulgurmay Hosilboyvachcha 
qo‘ng‘iroq qildi. 
— Akaxon, to‘yning charchoqlari chiqay dedimi? Ammo olamjahon zo‘r to‘y qildingiz-da! 
Hormang, deb supraqoqdiga borishga vaqt bo‘lmadi. To‘yingizning ertasiga Farg‘onaga 
jo‘nab qoldim. Bugun qaytdimu okaxonni bir yo‘qlab qo‘yay, dedim. 
— Tinchlikmi? — dedi Asadbek. 
— G‘alvali ishlar bor. Ko‘rishganda aytaman.  
— «Kamaz»ga ketganlardan darak bormi? Qo‘lidan ish keladigan bolalarmidi o‘zi? 
— Bu yog‘iga xotirjam bo‘ling, okaxon. O‘nta «Kamaz» sizniki. Shu hafta ichi yetkazib 
kelishmasa, basharamga tuflang. 
— Sizday ukaxonlarga ishonmasak, kimga ishonamiz, shunchaki so‘rab qo‘ydim-da. 
— Ammo, to‘yingiz jannatning to‘yidek bo‘ldi-da! Biz ham shunday to‘ylarga yetaylik, 
deb niyat qildik. Endi kichkinagina bir maslahatli ish bor. Kuyovingizga bir xizmatcha 
chiqib turibdi. Bir qadrdonimiz to‘y... 
— Hosilboy, jigarim, bunaqa gaplarni o‘ziga ayting... Men «amma-xolasi havodor», deb 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat