Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   238
XVI  b o b 
 
1 
 
Asadbek to‘ydan keyin bir oz halovat toparman, deb o‘ylagan edi. Qiz uzatgan odamda 
halovat bo‘lmasligini u qayoqdan ham bilsin! Qiz kuyovnikiga ketar oldidan otasi 
huzuriga bosh egib keluvi, otaning esa duo qiluvi rasm edi. Zaynabni shu rasmga binoan 
boshlab keldilar, ammo o‘z hovlisida emas, restoran ostonasida, mast-alast nigohlar 
guvohligida duo qilmog‘i lozim bo‘ldi. U ko‘p yaxshi niyatlarni diliga tugib qo‘ygan edi. 
Qizining mo‘’minlik bilan bosh egib kelayotganini ko‘rganidayoq hushi uchdi, tomog‘iga 
bir nima tiqildi. U onasining o‘limidan so‘ng ko‘ziga yosh olmagan edi. Hozir yig‘lagisi 
keldi. Qizi bir qadam berida to‘xtadi. Asadbek otasini quchoqlab yig‘lagan qizlarni 
ko‘rgan, o‘z qizining ham shunday qilishini kutib edi. Baxtiga bunday bo‘lmadi. Asadbek 
avvaliga «nima uchun to‘xtab qoldi?» deb ajablandi. Keyin «yaxshi bo‘ldi, yig‘lasa men 
ham o‘zimni tutib turolmas edim» dedi-da, fotihaga qo‘l ochdi. Hayajon o‘ylab qo‘ygan 
gaplarini to‘zitib yuborgan edi. O‘ylashga, gap topishga fursat yo‘q — yuzlab qo‘llar 
duoga ochilib, yuzlab ko‘zlar unga tikilgan, «Baxtli bo‘lgin, qizim», deyishdan o‘zga so‘z 
topolmadi. Qiziga yaqinlashib, peshonasidan o‘pdi. 
Qizi Asadbek yuragining bir parchasini yulib olib ketdi. 
Shundan beri xayoli qizida. Eshik tiq etsa xavotir bilan qaraydi. Telefon jiringlasa ham 
yuragi bir to‘lqin uradi. Nazarida qizi sharmandalik yukini ortmoqlab, ko‘zyoshini to‘kib, 
faryod urib kirib kelayotganday tuyulaveradi. 
A’yonlari uch-to‘rt kun dam oling, deyishganida ko‘ngan edi. Birinchi kuniyoq uyda qolish 
dam emas, azob ekanini his qilib shahar markazidagi qarorgohiga jo‘navordi. Bugun 
ham ertalabdan saroymonand xonasida a’yonlarini kutmoqda edi. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat