Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
140
olim ochdan emas, to‘qlikdan shishib o‘lishni ma’qul ko‘ribdi. Unga yordam bersinmi? 
Yashashga o‘zida rag‘bat bo‘lmagan odamni o‘limdan qutqarib bo‘larkanmi? 
Olim odam qanday qilib ilmni mansabga almashtirishi mumkin? Avval mansabga 
yetishib, so‘ng olim degan unvonga erishganlar son mingta. Bu odam esa... To‘g‘ri, 
boshqon bo‘laturib ham ilmiy ishini davom ettirar. Lekin hozirgi holda ilm yaxshilikka 
emas, jig‘ildonga xizmat qilishi aniq bo‘lib turibdi. «Tanlagan kasbining o‘zi mayda edi, 
— degan qarorga keldi Zohid. — Musallas ishlashning yangi usuli. Kimga kerak bu usul. 
Yangicha musallas jamiyatni yaxshilashga, tozalashga xizmat qiladimi? Uzumni olding
siqib sharbatini chiqarding, idishning og‘zini mahkamlab, qorong‘i joyga qo‘yding. 
Shunga ham ilm kerakmi? Odamlarni aljitish, miyasini suyultirishni ham «ilmiy asosda 
yo‘lga qo‘yish kerakmi?» Shuni olim dedimmi? Shunga achindimmi? E, ahmoq, Hamdam 
akaning gaplariga kirishim kerak edi. Hamdam akaga o‘xshab bu odamning qorniga bir 
tepmaymanmi, joni og‘rib turganida jinoyatini bo‘yniga qo‘yib, qog‘ozga imzo chekdirib 
olmaymanmi...» 
Zohid yo‘lga oq poyandozday to‘shalgan qorni g‘ichirlatib bosib picha yurgach, pishqirib 
to‘xtagan avtobusga chiqdi. 
O‘zi ishlagan xonaga kirganida Hamdam Tolipov deraza tokchasiga o‘tirib olib sigaret 
tutatardi. Xona tutunga to‘lib ketgan, demak, Hamdam anchadan beri shu yerda, balki 
kimnidir so‘roq qilgandir. Balki kimdir yaqinginada tepki yeb chiqib ketgandir... 
— Ha, odil prokuror, ishlar qalay? — dedi Hamdam o‘tirgan yerida qo‘l uzatib. — Haqiqat 
o‘rnatib bo‘ldingmi? 
— O‘rnatyapman, — dedi Zohid, jilmayishga harakat qilib. 
— O‘rnataver. Bizam bi-ir yayrab yashaylik. 
— Kayfiyat yo‘qmi? Nima bo‘ldi? 
— Kayfiyat joyida. Bu dunyoda haromilar bor ekan, kayfiyat joyida bo‘ladi. Sen haqiqatni 
o‘rnatganingdan keyin ishsiz siqilib, kayfiyatim buziladi,— Hamdam shunday deb 
cho‘ntagidan daftarcha chiqardi. — Yozib ol: Sherqo‘ziev. Taksoparkda yigirma ikki 
yildan beri ishlaydi. Komilovni aeroportda oxirgi marta shu odam ko‘rgan. Komilov ikkita 
kavkazlik yigit bilan savdoni pishitayotganda yonida bo‘lgan. Komilov ularni naqd ikki 
yuzga tushirib, soat to‘rtlarda Chimkentga qarab jo‘nagan. 
— Chimkentga? Unda Chinoz yo‘liga qanday borib qolgan? Balki Sherqo‘ziev 
yanglishgandir? 
— Chimkentgaligini aniq biladi. Yo‘lda kavkazliklar adashibmiz, bizga Chinoz kerak ekan
deyishi mumkinmasmi? U laqma esa bundan xursand bo‘ladi. Harholda Chinoz 
yaqinroqda. Balki yana besh-o‘n so‘m qo‘shishni talab qilgandir, ular ko‘nishgandir. 
— Sherqo‘ziev uni tanir ekanmi? 
— O‘sha kuni tanishibdi. Qarasa, mashina o‘zi ishlaydigan taksoparkniki, «Oshna, 
qachon keldingiz?» deb so‘rabdi. «Yaqinda keldim», debdi. «Moshin yangi-ku, qanday 
undirdingiz? Biz uch yildan beri kutaverib sarg‘ayib ketdik», debdi. Komilov 
«sarg‘aymaslik uchun tuzukroq uzatish kerak edi», debdi. Sherqo‘ziev shunga hayron. 
Xo‘jayinlarga beradiganini berib qo‘ygan ekan. Mashina biqiniga «ijara pudrati», deb 
yozilgan ekan. Taksopark xo‘jayinlari esa bunday emas, deb turishibdi. 
— O‘g‘irlanganmi? 
— Yangi mashina o‘g‘irlansa, ular jim o‘tirisharmidi? Bu yerda to‘dalarning qo‘li borligi 
sezilib turibdi. Asadbekmi, Hosilboyvachchami, Markanyanmi?.. Kim olgan mashinani? 
Komilov kimning xizmatkori? Ha, Sherqo‘zievning gapiga qaraganda Komilov Sibirdagi 
jononlarning qiliqlarini ta’riflab bergan ekan. U Sibirda nima qilgan? Gastrolga borganmi? 
Gap kavlasang, savol qaynab chiqaveradi. Sen unga javob topa olmasang kerak. 
— Shu darajada noshudmanmi? 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti